Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi


Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solishning maqsadi uning quyidagi vazifalarida aniq namoyon bo’ladi



Yüklə 24,09 Kb.
səhifə4/6
tarix17.04.2023
ölçüsü24,09 Kb.
#99220
növüReferat
1   2   3   4   5   6
bozor iqtisodiyotini tartibga solishda davlatning roli

Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solishning maqsadi uning quyidagi vazifalarida aniq namoyon bo’ladi:
1) Bozor tizimining samarali amal qilishiga imkon tug’diruvchi huquqiy asos va ijtimoiy muhitni ta‘minlash;
2) Raqobatni himoya qilish;
3) Daromad va boylikni qayta taqsimlash;
4) Resurslarni qayta taqsimlash;
5) Iqtisodiyotni barqarorlashtirish, ya‘ni iqtisodiy tebranishlar vujudga keltiradigan inflyatsiya va bandlilik darajasi ustidan nazorat qilish hamda iqtisodiy o’sishni rag’batlantirish.
Bozor xo’jaligi sharoitida iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish qonunchilik, ijro etish va nazorat qilish xususiyatidagi tadbirlar tizimidan iborat bo’ladi.
Davlat bozor iqtisoiyotini samarali amal qilishining shart-sharoiti hisoblangan huquqiy asosni ta‘minlash vazifalarini o’z zimmasiga oladi. Buning uchun xususiy korxonalarning huquqiy mavqeini mustahkamlash; xususiy mulkchilik huquqini ta‘minlash va shartnomalarga amal qilishni kafolatlash; korxonalar, resurslarni yetkazib beruvchilar va iste‘molchilar o’rtasidagi munosabatlarni tartibga soluvchi qonuniy bitimlarni ishlab chiqish va boshqalar.
Davlat ijtimoiy muhitni ta‘minlaydi, ya‘ni ichki muhitni tartibga soladi, daromadlar tengsizlikini kamaytiradi, yordamga muhtojlarga yordam beradi, iqtisodiyotda to’liq bandlikni ta‘minlash uchun umumiy sarflar, ya‘ni xususiy va davlat sarflarining hajmi yetarli bo’lmasa, davlat bir tomondan ijtimoiy ne‘matlar va xizmatlarga o’z xarajatlarini ko’paytiradi, xususiy sektorning sarflarini rag’batlantirish maqsadida soliqlarni qisqartiradi.


3-savol. Davlatning iqtisodiyotga ta‘sir qilish usullari va vositalari
Davlat milliy iqtisodiyotni tartibga solishda bir qator usullardan foydalanadi. Bu usullarni umumlashtirib quyidagicha guruhlash mumkin:
1. Bevosita ta‘sir qilish usullari;
2. Bilvosita ta‘sir qilish usullari;
3. Tashqi iqtisodiy usullar.
Ma‘lumki, markazdan boshqarish tartibi ustun bo’lgan mamlakatlarda dvlatning qitisoiy jarayonlarga aralashuvida bevosita ta‘sir qilish usullari ustun bo’lsa, bozor iqtisodiyoti esa birinchi navbatda, iqtisodiy jarayonlarni bilvosita tartibga solish bilan bog’langan. Shu bilan birga barcha mamlakatlarda iqtisodiyotning davlat sektori mavjud. Davlat sektorini boshqarish mulkchilikning davlat shakliga asoslanib, u asosan quyidagi uchta yo’l orqali shakllanadi:
1) Ishlab chiqarish vositalari egalariga pul yoki qimmatli qog’ozlar bilan tomon to’lash orqali mulkni milliylashtirish;
2) Davlat byudjeti mablag’lari hisobiga yangi korxonalar, ba‘zi hollarda yaxlit tarmoqlarni barpo etish;
3) Davlat tomonidan xususiy korporatsiyalarning aktsiyalarini sotib olish va apralash davlat-xususiy korxonalarini tashkil etish. Bu uchinchi yo’l ustun ravishda amal qilmoqda.

Yüklə 24,09 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin