Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi



Yüklə 24,09 Kb.
səhifə1/6
tarix17.04.2023
ölçüsü24,09 Kb.
#99220
növüReferat
  1   2   3   4   5   6
bozor iqtisodiyotini tartibga solishda davlatning roli


AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA KOMMUNIKATSIYALARINI RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI
TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI FARG’ONA FILIALI
“Kompyuter injiniring” fakulteti

­­­­­­­­­­­­­­­­­­­­­­­­­“Axborot texnologiyalari” kafedrasi


“Iqtisod nazaryasi” fanidan



REFERAT

Bajardi: Mamasodiqov SH


2015- Farg’ona
Bozor iqtisodiyotini tartibga solishda
davlatning roli
.
Reja:

  1. Davlatning milliy iqtisodiyotni tartibga solishdagi roli haqidagi nazariya va qarashlar.

  2. Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish, uning maqsadi va vazifalari.

  3. Davlatning iqtisodiyotga ta‘sir qilish usullari va vositalari.


1-savol. Davlatning milliy iqtisodiyotni tartibga solishdagi
roli haqidagi nazariya va qarashlar

Iqtisodiyot nazariyasi tarixida davlatning iqtisodiyotdagi roli masalasi ilmiy asosda dastlab A.Smit tomonidan o’rganilgan va tegishli nazariy ta‘limot berilgan. A.Smitning “Xalqlar boyligining tabiati va sabablarini tadqiq qilish haqida” (1776 yil) degan kitobida bozor usullari orqali iqtisodiyotning o’zini-o’zi tartibga solishning zarurligi ta‘kidlab o’tilgan. A.Smitning fikricha, xususiy tovar ishlab chiqaruvchilar bozori davlat nazoratidan to’liq ozod bo’lishi zarur. Bu qoidaga amal qilinsa, iste‘molchilar talabiga mos ravishda ishlab chiqarishni tashkil qilish imkoni vujudga keladi. Bunda bozor vositasida tartibga solish, har qanday chetdan aralashuvsiz ishlab chiqaruvchilarni butun jamiyat manfaatlari uchun harakat qilishga majbur qiladi. A.Smit davlatning iqtisodiy jarayonlarga har qanday aralashuvi oxir oqibatda faqat yomonlashtiradi deb hisoblagan. Biroq, uning mazkur nazariyasi 1929-1933 yillarda bozor iqtisodiyotiga asoslangan deyarli barcha mamlakatlarni qamrab olgan iqtisodiy inqiroz davrida tanqidga uchradi. Iqtisodiy tanazzul va ommaviy ishchizlik davlatning iqtisodiy jarayonlarga aralashuvini kuchaytirishni taqozo qildi.


Davlatning iqtisodiyotdagi rolini oshirishmasalasi J.M.Keynsning “Ish bilan bandlik, foiz va pulning umumiy nazariyasi” (1936 yil) nomli kitobida o’z aksini topdi. J.M.Keyns o’zining kitobida davlat fiskal va kreditli tartibga solish vositalaridan foydalanib, jamiyatning yalpi talabini rag’batlantirishni va aholining ish bilan bandligini ta‘minlashi zarurligini isbotlaydi. Urushdan keyingi davrda Keyns nazariyasidagi ko’rsatmalardan bozor iqtisodiyoti amalda ustun bo’lgan barcha mamlakatlarda foydalanildi. Hozirgi davrda davlat tomonidan tartibga solishning muhim maqsadi sifatida nafaqat tsiklga qarshi tartibga solish va ish bilan bandliki ta‘minlash, balki iqtisodiy o’sishning yuqori darajasini va yaxlit takror ishlab chiqarish jarayonini optimallashtirish (maqbullashtirish)ni rag’batlantirish tan olinadi.
Ma‘muriy-buyruqbozlikka asoslangan tizimdan bozor iqtisodiyotiga o’tish sharoitida lavlatning milliy iqtisodiyotga aralashuvi quyidagi holatlar orqali izohlanadi:

Yüklə 24,09 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin