Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi



Yüklə 24,09 Kb.
səhifə2/6
tarix17.04.2023
ölçüsü24,09 Kb.
#99220
növüReferat
1   2   3   4   5   6
bozor iqtisodiyotini tartibga solishda davlatning roli

Birinchidan, davlat o’ziga milliy iqtisodiyotda bozor vositasida o’zini-o’zi tartibga solish orqali bajarish mumkin bo’lmagan yoki samarali ravishda amalga oshirib bo’lmaydigan vazifalarni oladi.
Ikkinchidan, bozor iqtisodiyoti sharoitida ishlab chiqarish va iste‘molning xususiy tavsifi bir qator ijobiy va salbiy oqibatlarni tug’diradi. Davlat yakka tadbirkor yoki iste‘molchidan farqli, jamiyat manfaatini ifodalab, qo’shimcha ijobiy samarani rag’batlantirishga va aksincha salbiy samara bilan bog’liq faoliyatni tartibga solishi va cheklashga harakat qilishi zarur.
Uchinchidan, davlatning iqtisodiy jarayonlarga aralashuvi shu sababli ro’y beradiki, inividual iste‘molchilar hamma vaqt u yoki bu tovarni iste‘mol qilishning oqibatlarini ob‘ektiv baholay olmaydi. Shu nuqtai nazardan, davlat foydali iste‘molni kamaytirish va aksincha sog’liqqa salbiy ta‘sir ko’rsatuvchi tovarlar iste‘molini cheklash vazifasini o’z zimmasiga oladi.
To’rtinchidan, dvlat o’z zimmasiga bozorning tabiatian kelib chiqadiga ayrim holatlari yengillashtirish vazifasini oladi.
Beshinchidan, hozirgi sharoitda barqaror izchil iqtisodiy o’sishni rag’batlantirish vazifasi ham davlatning zimmasiga tushadi.
Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solishning ma‘lum chegaralari ham mavjud bo’lib, ular davlatning ishlab chiqarish samaradorligiga ta‘chiridan kelib chiqadi. Iqtisodiyotga davlating har qanday aralashuvi ma‘lum xarajatlarni taqozo etadi. Ularga eng avvalo tartibga solishni tashkil etish va amalga oshirish bo’yicha xarajatlarni kiritish mumkin.
SHuningdek, tartibga solishning u yoki bu shakli bozor muvozanati, ishlab chiqarish hajmi, resurslarning qayta taqsimlanishiga ko’rsatish mumkin bo’lgan ta‘sirni ham hisobga olish mumkin. 90 yillardan boshlab iqtisodiyotni tartibga solishda Keynscha tendentsiyalar yangidan kuchaya boshladi. Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solishning yangi tipi davlat va xususiy sektor o’rtasidagi munosabatlarni ro’yobga chiqarish, davlat tomonidan tartibga solishning moslashuvchanligini oshirish, to’g’ridan-to’g’ri aralashuv shakllari va byurokratik nazoratning namoyishi bilan tavsiflanadi.



Yüklə 24,09 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin