Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti


O‘zbekistonda Elektron hukumatni joriy qilishning yakuniy maqsadi quyidagilardan iborat hamda u mukammal davlat boshqaruvi elektron apparatini yaratish hisoblanadi



Yüklə 0,72 Mb.
səhifə3/4
tarix02.05.2022
ölçüsü0,72 Mb.
#56799
1   2   3   4
J.Bebutov.(ATS-11-19. ex).27.04.2022(M2).

O‘zbekistonda Elektron hukumatni joriy qilishning yakuniy maqsadi quyidagilardan iborat hamda u mukammal davlat boshqaruvi elektron apparatini yaratish hisoblanadi.

-interaktiv xizmatlarini taqdim etilish imkoniyatlarining kengligi;

-hukumat organlari faoliyati hisobotlarining berib borilishi va oydinligi;

-xizmatlardan oson foydalanish imnkoniyatlari va yakka tartibligi;

-siyosiy jarayonlarda fuqarolarning faol ishtiroki va xabardorligi;

-erkin axborot almashuvi;

-aholi va tadbirkorlik faoliyati uchun davlat xizmatlarini taqdim etishda qulay sharoitlar yaratish;

-fuqarolarni o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish imkoniyatlarini kengaytirilishini qo'llab-quvvatlash;

-barcha saylovchilarni boshqaruv jarayonlarda va davlat boshqaruvida ishtirok etish imkoniyatlarini oshirishdan iborat.

Elektron hukumat” tizimini rivojlantirish markazining  asosiy vazifalari quyida keltirilgan.

-Jahon tendensiyalari va xorijiy davlatlar tajribasining tahlil va tadqiqoti asosida “Elektron hukumat” tizimini keyinchalik rivojlantirish va takomillashtirishni strategik yo‘nalishlarini ishlab chiqish;

-“Elektron hukumat” tizimi loyihalarini amalga oshirishning me’yoriy-metodik ta’minlanishini tashkil qilish, davlat organlarida foydalanilayotgan axborot tizimlari, axborot resurslari va ma’lumotlar bazalarini ishlab chiqish va integrasiyalashda kelishilgan loyihalashtirish mexanizmini ko‘zda tutadigan “Elektron hukumat” tizimini shakllantirishda yagona texnologik yondashuvni ta’minlash;

-Davlat xizmatlarini ko‘rsatish bilan bog‘liq bo‘lgan, innovatsion biznes jarayonlarini boshqarish mexanizmlarini joriy qilish, takomillashtirish va optimizatsiyalash bo‘yicha takliflar tayyorlash, davlat organlarining funksional va operatsion jarayonlari faoliyatini tizimli qayta tashkillantirish;

-“Elektron hukumat” tizimini samarali tatbiq qilish uchun yo‘naltirilgan tahlilni o‘tkazish va amaldagi me’yoriy- huquqiy bazalarni takomillashtirish bo‘yicha takliflar tayyorlash;

-“Elektron hukumat” tizimi miqyosida davlat organlari faoliyatidagi axborot kommunikatsiya texnologiyalarining samaradorligini baholash tizimini joriy etish, tizimli monitoring o‘tkazish, axborot kommunikatsiya texnologiyalarini joriy qilish va rivojlantirish holatini baholash, shu jumladan, axborot texnologiyalari va resurslari samaradorligini joriy etilganligini o‘rganish;

.-“Elektron hukumat” tizimi loyihalarini amalga oshirish doirasida yo‘naltirilgan indikatorlar va ko‘rsatkichlarni aniqlash, Interaktiv davlat xizmatlarini samarali taqsimlanishi va foydalanishining asosiy ko'rsatkichlarini aniqlash metodikasini ishlab chiqarish.



6-rasm:<> tizimining tashkillantirish chizmasi.

3.«Elektron hukumat» tizimi va interaktiv davlat xizmatlarini rivojlantirish.

O’zbekistonda Elektron hukumat tizimini shakllantirish va amaliyotga joriy qilish borasidagi ilk portal bu – O’zbekiston Respublikasi Hukumati portali – www.gov.uz bazasida boshlangan edi. Hukumat portalining asosiy sahifasida, saytga tashrif buyuruvchining e’tiboriga yaqqol tashlanadigan joyda alohida ajratib ko’rsatilgan havola-tugmalar orqali taqdim etilgan.

Shuni alohida ta’kidlab o’tish kerakki, hukumat portali –www.gov.uz dagi Bu, vazirliklar, idoralar va boshqa davlat tashkilotlarining veb-saytlarida taqdim etilayotgan interaktiv xizmatlarning yaxlit majmuasini tashkil qilib, zaruriy aloqa shakllari va giperhavolalar bilan interaktiv davlat xizmatlari tizimi, Yagona Portal (YDIXP)dagidan bir oz farq qiladi va u Interaktiv davlat xizmatlari uchun maxsus alohida portal – www.my.gov.uz tashkillangan va samarali faoliyat olib borayotgan bugungi kunda ham o’z funksional vazifalari hamda dolzarbligini saqlab kelmoqda. 2012-yil so’ngida, ya’ni Yagona Portal hali mavjud bo’lmagan davrda, Hukumat portalidagi interaktiv davlat xizmatlari soni 91 tani tashkil etar edi.



Hukumat portalidagi interaktiv davlat xizmatlari 27 ta tegishli bo’limlarga ajratilgan bo’lib, ulardan 11 tasi fuqarolar va biznesga (G2C va G2B) mo’ljallangan, 5 tasi esa xorijliklarga mo’ljallangan (G2FShuningdek hukumat portalida, Vazirliklar, Agentlik va boshqa Davlat organlarining saytlariga havolalar, ularning manzillari, aloqa shakllari va mas’ul shaxslarining qabul kunlari batafsil yoritilgan. Hukumat portali orqali bir tomonlama axborot taqdim qilish, qonunchilik manbalari bilan tanishtirish shaklidan, ikki tomonlama, ya’ni, haqiqiy interaktiv xizmat shakliga o’tish jarayonida birinchilardan bo’lib, Yuridik shaxslar uchun soliq deklaratsiyalarini on-layn to’ldirish va DSI ga yuborish, fuqarolar uchun esa, soliq idoralaridan shaxsiy STIR raqami, shuningdek, joriy sanaga soliqlardan qarzdorlik yoki haqdorlik mavjudligi haqidagi ma’lumotnomani shakllantirib, yuklab olish xizmatlari yo’lga qo’yilgan edi. Buning uchun Davlat Soliq Inspeksiyasining maxsus sayti (asosiy sayt www.soliq.uz)–www.hisobot.uz ga kirib, zaruriy ma’lumotlar – login, parol va ERI kalitini kiritish orqali shaxsiy kabinetga kirish va standart harakatlarni amalga oshirish bilan ko’zlangan maqsadga erishish mumkin. Mazkur yo’nalishda keyingi muhim qadamlar kommunal soha tashkilotlaridagi iste’molchilarning hisob-raqamlarining holati haqidagi ma’lumotlarni olish imkonini beruvchi xizmatlar bo'ldi. Xususan, iste’molchilar uchun foydalanilgan elektr energiyasi hisob-kitoblari haqidagi ma’lumotlarni on-layn taqdim etishni birinchilardan bo’lib, O’zbekenergo DAK (www.uzbekenergo.uz) yo’lga qo’ydi. Davlat statistika qo’mitasi saytida firma nomlarini on-layn ro’yxatdan o’tkazish tizimi, Bojxona qo’mitasi saytida esa, bojxona deklaratsiyalarini on-layn qabul qilish tizimi ish boshladi. Shu tarzda, hukumat portalida interaktiv davlat xizmatlarining soni ortib, ular sifat jihatdan ham takomillashib bordi. Xususan, keyingi davrda xar bir davlat idorasi, tashkiloti, muassasa va boshqa tuzilmalarning, mahalliy hokimiyatlarning rasmiy veb-saytlarida alohida interaktiv xizmatlar bo’limi tashkil etildi. Biroq, bul holatning bitta noqulaylik tarafi mavjud edi: ular tarqoq holda bo’lib, har bir muassasaga murojaat etishda, uning sayti saytidan foydalanish, agar murojaatni ko’rib chiqishda boshqa muassasaning ham ishtiroki talab qilinsa, bunda murojaat etuvchi fuqaro, ikkinchi muassasaga ham alohida murojaat bilan chiqishi kerak edi. Qolaversa, ayrim tashkilotlarning veb-saytlarida ko’rsatilgan manzillarning faol emasligi, yoki, murojaat e’tiborsiz qoldirilishi holati nazoratdan chetda qolar edi. Shu kabilarni bartaraf etish va davlat interaktiv xizmatlarini standartlashtirilgan yagona tizimga birlashtirish bu o’rinda mantiqan to'g'ri va optimal variant bo’lardi. Shu sababli ham Vazirlar Mahkamasining maxsus qarori bilan barcha davlat interaktiv xizmatlarining standartlashtirilgan yaxlit majmuini o’zida namoyon etuvchi Yagona Davlat Interaktiv Xizmatlari Portali (YIDXP)- www.my.gov.uz tashkil etildi va u 2013 yil 1-iyul sanasidan boshlab test rejimida ish boshladi:

Yagona Davlat Interaktiv Xizmatlari Portali (YIDXP) – aytish mumkinki, O’zbek elektron hukumat tizimining yuzi sifatida, hukumat tomonidan tasdiqlangan interaktiv xizmatlar ro’yxatida keltirilgan barcha interaktiv davlat xizmatlarini taqdim etadigan, o’z nomi bilan yagona tizim bo’lishi ko’zda tutilgandir. Aytib o’tganimizdek tizim test (beta) rejimida ish boshlagan va u hozircha ishlab chiqish va takomillashtirish bosqichini boshdan kechirmoqda. Yagona Portal, ramziy ma’noda aytganda, katta yo’lga endi chiqqan bo’lsa-da, o’zining qulaylik va texnik hamda texnologik jihatlari bilan anchagina katta potensialni namoyon qilib ulgurdi. Hozirgi kunda yagona portalda taqdim etilayotgan interaktiv davlat xizmatlari Litzeniyalash va ruxsatnomalar, Elektron to’lovlar, Bank va Moliya xizmatlari, Uy-joy va kommunal xo’jaligi sohasi, Axborot texnologiyalari va aloqa, Konsullik xizmatlari, Mehnat, Tadbirkorlik, Sug’urta, Ko’chmas mulk, Sog‘liqni saqlash, Soliqqa tortish, Arxiv, Investitsiyalar va savdo, Madaniyat va Sport, Intellektual mulk, Transport, Bojxona, Huquq va Ta’lim yo’nalishlarida, jami - 20 ta tematik bo’limlarga birlashtirilgan bo’lib, ular ham o’z navbatida tarkibiy qismlarga bo’linadi. Foydalanuvchilar YIDXPda shuningdek alohida bo’lim-ilova (вкладка) orqali, vazirliklar, davlat tashkilot, idora va muassasalarining ro’yxatiga o’tish va ularning aloqa manzillari, rahbariyat qabul jadvallari, on-layn murojaat shakllari bilan tanishishlari, giperhavolalar orqali kerakli tashkilot yoki idoraning rasmiy veb-saytiga o’tishlari mumkin. Ishonch telefonlari bo’limi ham portalning o’ziga xos jihatlaridan biri bo’lib, bu yerda hozircha 20 ta muassasaning ishonch telefonlari qayd etilgan. Undan tashqari YDXIPning o’zida ham Qo’ng’iroqlar markazi (Call center) tashkillangan bo’lib, internetga ulanish imkoniyatiga ega bo’lmagan fuqarolar mazkur funksiyadan foydalanib, o’z murojaatlarini bayon qilishlari imkoniyati mavjud:


Portaldan foydalanuvchi fuqaro, o’ziga zaruriy masalada taklif, shikoyat yoki ariza bilan, mazkur masalaga aloqador mas’ul davlat idorasiga to'g'ridan-to'g'ri murojaat etishi mumkin. Bunda murojaat etuvchi fuqaro, istagiga ko’ra o’z murojaatining ko’rib chiqilishi jarayoni qaysi bosqichga yetganligi haqida SMS ma’lumotlari orqali xabardor bo’lib turishi, murojaatiga javobni istasa elektron pochta orqali, xohlasa, oddiy pochta orqali olishi mumkin.

Interaktiv xizmatning mazkur shakli hozircha YDIXP ning eng ommabop xizmat turi bo’lib turibdi. Portal asosiy sahifasida, kelib tushgan va ko’rib chiqilgan murojaatlarning statistikasini kuzatish shunday xulosaga kelishga asos bo’lmoqda
Undan tashqari portalda, «Ko'p uchraydigan savollar» bo’limidan, foydalanuvchilar tomonidan ko’p beriladigan, an’anaviy savollarga javob olish, yoki, qanoatlanitiruvchi javob topa olmasa, maxsus shakl orqali o’z savoli bilan portal xodimlariga murojaat etishi mumkin. Shuningdek portalga tashrif buyuruvchilar, biror bir xizmat turi borasida o’z takliflarini kiritishlari yoki portal faoliyati bo’yicha mulohazalari bilan uforum da fikr almashinishi mumkin. Shuningdek, yagona portalda, sohaga oid qonunchilik tizimi, kalit so’zlar yordamida qidiruv, teglar majmuasi (buluti) kabi qulayliklarni alohida ta’kidlash joiz.



Yüklə 0,72 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin