Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish v
. Musulmonchilikda erkak kishi zimmasiga oilani boshqarish uchun katta mas’uliyatlar yuklatilgan va shuning uchun erga tegishli vakolatlar berilgan.
. Musulmonchilikda erkak kishi zimmasiga oilani boshqarish uchun katta mas’uliyatlar yuklatilgan va shuning uchun erga tegishli vakolatlar berilgan.
Erkak oilaning boshlig’i ekan, oilada erkak xotini va farzandlari oldida rahbar vazifasini bajaradi. Shundan kelib chiqib Kur’onda so‘z boradi: «Erkaklar xotinlari ustida rahbardirlar. Bunga sabab Alloh ularning birodarini birodaridan (ya’ni erkaklarni ayollardan) ortiq qilgani va erkaklar (xotinlari va oilalari uchun) o‘z mol-mulklaridan sarf-xarajat qilganlaridir» (Niso surasi 4:34).
Erning xotin oldidagi burchi qoidasi. Ibn Umarning guvohlik berishicha Muhammad Payg’ambarning hayoti haqidagi Hadis kitobda batafsil ifodalangan: «Har biringiz sizning (oilada va jamiyatda) mavqeingiz bevosita majburiyatlarning himoyachisi va muhofaza hisoblanasiz va sizga tobelikda yoki naslingizda bo‘lganlarning harakatlari uchun javob beradi. Erkak o‘z uyida yashovchilar uchun tartib o‘rnatuvchi hisoblanadi. O‘z navbatida ayolning ham o‘z eri va bolalariga nisbatan haqi bor. Boshqacha aytganda xar biringiz o‘z urug’ingiz sarboni va o‘z qavmingiz uchun mas’ul hisoblanasiz»
Oilada ayol kishining roli ham katta ahamiyatga ega, chunki har bir musulmon ayoli alohida fazilatlarga ega bo‘lishi kerak:
Oilada ayol kishining roli ham katta ahamiyatga ega, chunki har bir musulmon ayoli alohida fazilatlarga ega bo‘lishi kerak:
... U eri yo‘qligida nomusi va mol-mulkni saqlaydi: «ibodat-itoatli va erlari yo‘qligida Allohning hifzu himoyasi bilan (erlarining mol-mulklarini va o‘z iffatlarini) saqlovchi xotinlar yaxshi xotinlardir» (Niso surasi).
U sababsiz taloq so‘ramaydi. Hadislardan birida shunday deyiladi: «(Islomda) ruxsat berilganlardan Alloh eng xushlamaydigani taloqdir» va «sababsiz taloq so‘ragan ayol hatto jannat bo‘yini hidlamaydi».
Ayol eriga biror zarar etkazishdan tiyiladi, doim uydan chiqishga, mehmon chaqirishga va boshqa muhim masalalar bo‘yicha eridan ruxsat so‘raydi.
Bolani chaqaloqlikda ko‘tarish, o‘stirish va unga g’amxo‘rlik qilish ayolning vazifasiga kiradi. Payg’ambar deganki: «o‘z erlariga yaxshi munosabatda bo‘lgan, bolalar tuqqan (agar tug’olsa) va doim o‘z erining ehtiyojlarini bajarishga yordam bergan ahli ayollaringiz jannatga kiradi...»2. Bu nafakat buyuk, balki o‘ta muhim vazifa hamdir.