Markaziy Osiyo mutafakkirlari Or-nomus va shaʼn kategoriyalari Markaziy Osiyo mutafakkirlari axloqiy taʼlimotlarida ham uchraydi. Inson qadr-qimmati, or-nomusi va shaʼni At-Termiziy, Abu Nasr Forobiy, Beruniy, Bahovuddin Naqshband, Ahmad Yassaviy, Xoʻja Axror, Amir Temur, Alisher Navoiy va boshqa oʻrta asr Sharq mutafakkirlarining ijodiy merosida alohida oʻrin tutadi. Garbda esa “or-nomus” va “shaʼn” kategoriyasi Uygʻonish davri mutafakkirlari N.Kopernik, Jordano Bruno, Lorenso Valla, Erazm Rotterdamskiy, Galileo Galiley va boshqa mutafakkirlar ijodidan keng oʻrin olgan. Ayniqsa, Oʻrta asrlarda ritsarlik or-nomus va shaʼni, u yoki bu unvonga mansublik (lord, graf va hokazolar) alohida maʼnaviy fazilatlar boʻlishligini, shaxsiy va oilaviy qadr-qimmatini, or-nomus va shaʼnni cheksiz hurmat qilish va qadrlashni axloqiy qoida va prinsip darajasiga koʻtardi. Or-nomus va shaʼn kategoriyalarining inson hayotida ustivorligi Pushkin, Lermontov, Dantes, Bayron ijodi va hayotida duel – yakkama-yakka olishuv qiyofasida ham boʻladi. Amaliy mashgʻulotda or-nomus va shaʼn haqida gapirganda milliy istiqlol mafkurasida mazkur kategoriyalarga alohida eʼtibor berishini taʼkidlash lozim. Milliy gʻurur, milliy qadr-qimmat aynan shunday asoslardir. Davlatimiz shaʼni va or-nomusi – oʻzbek halqi tarixiy qadrqimmatining hayotimizda qaror topshining maʼnaviy garovidir. Milliy ornomus, shaʼn va qadr-qimmatni himoya qilmasdan turib milliy mustaqillikni mustahkamlash mumkin emas. Or-nomus va shaʼn har bir kishida shakllangan boʻlishi ijtimoiy ravnaq va maʼnaviy poklikning garovidir. Shaxsiy or-nomus va shaʼnni kamol toptirilsa jamiyatimizda jinoyatchilik, buzuqchilik, giyohvandlik kabi axloqsizliklar kamayadi. Navbatdagi axloqiy kategoriya – vijdon kategoriyasidir. Vijdon ornomus kabi oliy axloqiy fazilatdir. Vijdon oʻz tabiatiga koʻra ijtimoiytarixiy fazilat boʻlib, kishining fuqorolik yetukligi va ijtimoiy masʼuliyati asosida shakllanadi. “Vijdon amri”, “vijdon azobi”, “vijdon ovozi” kabi tushunchalar kishining turli xatti-harakatlari va hulqini ijtimoiy foyda yoki zarar nuqtai-nazaridan baholashni ifodalaydi. Vijdon kishida tugʻma xususiyat boʻlmasdan, uni individual-shaxsiy kamoloti, shaxsiy hayotiy taqdiri asosida shakllanadi. Vijdon shu sababli turli kishilarda turli darajada shakllangan boʻladi. Vijdon oʻz tabiatiga koʻra ikki tomondan- aqliy va hissiy tomonlardan iborat boʻladi. Vijdon ijtimoiy aql, ijtimoiy qoidalariga rioya qilish darajasini ifoda etar ekan, u insonda turlicha his-tuygʻularni uygʻotadi. Bu tuygʻular gohida qoniqish, taskin topish yoki aksincha uyalish, qiynalish, azoblanish shaklida namoyon boʻladi. Qadimgi Rimda vijdon ijtimoiy mohiyatini nazarda tutib “vijdon – bu mingta guvohdir”, - deb ham taʼkidlashgan. Vijdon shu maʼnoda kishining ijtimoiy masʼuliyatini individual-shaxsiy ifoda etilishidir. Vijdon aynan shu tomonlari bilan oʻzining normativ tomonlarini yaqqolroq koʻrsatadi. Vijdonlilik – bu ijtiomiy burchni anglash va shunga mos xattiharakatlar qilishdir. Vijdonlilik – bu masʼuliyat hissining shaxs faoliyatida ustivorligidir. Vijdonlilik – inson qarorlarida, harakat yoʻnalishlarini tanlashida odamiylikning, insonparvarlikning, mehr-oqibatning ustivorligidir. Burch kategoriyasi ham vijdon kategoriyasi kabi kishilarda turli darajada kamol topgan boʻladi. Burch koʻproq shaxsning individual xususiyatlariga bogʻliqdir. U kishida qay darajada masʼuliyat, uyat, or-nomus va shaʼn hissi taraqqiy ekanligi bilan bogʻliqdir. Burch inson taraqqiyotining yuksak ijtimoiy pogʻonalarida tarixan kamol topgandir. Burch – ijtimoiy va shaxsiy maʼnaviy qarzdorlikni, ijtimoiy hayotga individual tarzda mansublik va qaramlikning ifodasidir. Burch asosan ikki koʻrinish yoki pogʻonada namoyon boʻladi. Birinchisi – ijtimoiy-tarixiy burch. U milliy ravnaq, milliy madaniyat, vatan oldidagi masʼuliyat shaklida koʻrinadi. Shaxsiy individual burch – ikkinchisi bir koʻrinish boʻlib, u ota-ona oldidagi burch, qarindosh-urugʻ oldidagi burch, aka-uka, opa-singil oldidagi burch, doʻstlar oldidagi burch, shuningdek shaxsning umr yoʻldoshi oldidagi burch shaklida namoyon boʻladi. Burchning u yoki bu koʻrinishi shaxsning umumiy madaniyati saviyasi, axloqi, vijdonligi va tarbiyasiga bogʻliq. Burchning oliy koʻrinishi – ijtimoiy burchga shaxsiy-individual burch rivoji orqali erishiladi. Burchning kasbkor bilan bogʻliq koʻrinishini ham alohida koʻrsatish maqsadga muvofiqdir. Baxt kategoriyasi ham asosiy axloqiy kategoriyalardan biri hisoblanadi. Baxt haqidagi ilk tushuncha va tasavvurlar ijtimoiy taraqqiyotning birmuncha keyingi davrlarida (quldorlik tuzumi) shakllangan. Baxtni diniy-mistik va dunyoviy tushunishlar mavjud. Diniy tushunishga binoan haqiqiy baxt – bu xudo marhamatiga ega boʻlish, jamiyatga tushish, deb tushunilgan. Baxtni dunyoviy tushunish kishilarning real turmushlarida farovonlikka, osoyishtalikka, saodatga, roʻshnolikga erishishga qaratilgan individual-shaxsiy tasavvurlariga asoslangandir. Baxt tushunchasi abstrakt axloqiy tushuncha boʻlsa-da, u konkret hodisalarda ifoda boʻlishlikni taqozo etadi. Baxt deganda, ayrimlar cheksiz mol-mulkga, moddiy boyliklarga ega boʻlishni tushunishsa, ayrimlar esa bironbir katta lavozimga ega boʻlishni tushunishi mumkin. Baxt tushunchasi shuning uchun shaxsiy-konkretlikni talab qiladi. Yaʼni u yoki bu shaxsning maʼnaviy va madaniy saviyasiga funksional ravishda bogʻliqdir. Shu maʼnoda kim uchundir baxt – bu sihat-salomatlik boʻlsa, kim uchundir baxt – bu sadoqatli doʻstlarga, sevimli kasbga ega boʻlishdir. Insof kategoriyasi metodologik jihatidan falsafiy “meʼyor” kategoriyasi bilan bogʻliqdir. Insof kategoriyasi ijtimoiy baho asosida shakllanib kishini qator maʼnaviy xislatlari – halollik, ezgulik, vijdon, rostgoʻylik, mehr-oqibat, odamgarchilikni oʻzida mujassam etadi. Insof kategoriyasi har qanday axloqiy sistema va madaniyatda boʻlavermaydi. Insof kategoriyasi oʻzbek milliy axloqiga xos boʻlgan kategoriyadir. Uning roli ijtimoiy hayotda benihoyat kattadir. U yoki bu xattiharakatda ijtimoiy koʻlamdan, meʼyordan chetga chiqish-noinsoflik, demak axloqsizlik hisoblanadi. Bu azaliy axloqiy kategoriya milliy istiqlolimiz shabadasi tufayli hayotimizda yana tiklanmoqda. Insof kategoriyasi oʻz mazmuniga va kishilar hayotida bajaradigan vazifalariga koʻra insof, shaʼn, or-nomus bilan uzviy aloqada turadi. Iymon mazkur kategoriyalar asosida inson maʼnaviy dunyoqarashining negizieʼtiqodni shakllantiradi. Iymon kishida hayotiy koʻnikmalar, taassurotlar, tajriba va tarbiya asosida vujudga keladi va eʼtiqod darajasiga koʻtariladi. Eʼtiqod kishini u yoki bu hodisaga nisbatan boʻlgan hayotiy mavqeini (pozitsiyasini) ifodalaydi. Iymon sobiq marksacha-lenincha etikada diniymistik kategoriya tarzida baholanar, uning jamiyat hayotidagi roli kamsitilar edi. Natijada iymonsizlik hayotiy normaga aylanib qolgan edi. Xoinlik, sotqinlik, chaqimchilik, adovat, hasad, qabihlik, yolgʻonchilik, beburdlik, yovuzlik va hokazo hodisalar iymonsizlik namunasidir. Bunday maʼnaviy tuban axloqiy xislatlar aksariyat sovet fuqorolari ongida shakllanib qolgan edi. Buning oqibatida Vatanimizning iymonli va insofli, vijdonli va ornomusli oʻgʻil-qizlari quvginga va qatagʻonga duchor boʻlishgan edi. Iymon milliy ong, milliy madaniyat va milliy maʼnaviyatning koʻzgusidir. Mustaqillik mafkurasining oʻzagini boshqa yuksak axloqiy kategoriyalar bilan bir qatorda iymon kategoriyasi ham tashkil etadi. Amaliy mashgʻulotda mazkur kategoriya misolida konkret hayotiy faktlarga sharhlar tavsiya etiladi. Sevgi kategoriyasi inson axloqiy kamolotining eng oliy va ezgu koʻrinishidir. Sevgi oʻz mazmuniga koʻra hissiy va aqliy tomonlarning oʻzaro dialektik birligidan iboratdir. Sevgi haqidagi tasavvur insonning tabiatdan tarixiy ajralib chiqishi va ijtimoiy maxluqot qiyofasiga kirishi bilan bogʻliqdir. Kishilik jamiyati uchun xos boʻlgan yuksak tuygʻu – sevgi ijtimoiy taraqqiyotning mahsulidir. U ikki – biologik va maʼnaviy birlashish ehtiyoji oʻzaro birligining maʼnaviy ifodasidir. Sevgi, sevish va sevilish hissi insonning maʼnaviy quvvatidir. Sevgi ezgulik, muruvvat, saxiylik, jasurlik, botirlik, sadoqat, burch, ishonch va baxt kategoriyalari bilan bogʻliqdir. Sevgi axloqiy-maʼnaviy hodisa sifatida individual-betakror boʻladi. Sevish va seva olish qobiliyati har bir kishida oʻziga xos, qaytarilmas xarakterga ega. Biroq ijtimoiy-maʼnaviy taraqqiyot sevgi haqida oliy andoza - sevgining obrazli qiyofasini yaratadi. Bu “ideal” tushunchasi orqali ifodalanadi. Maʼnaviy taraqqiyot oʻz davrining ideali tarzida Farhod va Shirin, Layli va Majnun, Romeo va Julyetta, Tohir va Zuhra, Otabek va Kumush obrazlarini keyingi avlodlar uchun yaratdi. Ular chin sevgining namunasi hisoblanadi. “Sevgi” kategoriyasini “ishq” va “muhabbat” kategoriyalaridan farqi
“Sevgi” kategoriyasini “ishq” va “muhabbat” kategoriyalaridan farq
qilmoq lozim. “Sevgi ” va “ishq” kategoriyalari mohiyatan bir-biriga yaqin kategoriyalardir. Biroq ular umumiyroq boʻlgan axloqiy kategoriya “muhabbat” kategoriyasining tarkibiy qismlari hisoblanadi. Masalan, sevgi, ishq konkret bir shaxsga nisbatan yaqinlikni, ehtiyojni ifodalasa, “muhabbat” kategoriyasi kengroq boʻlgan hodisalarni ham ifoda etadi. Masalan, “ona Vatanga muhabbat”, “sevimli kasbga nisbatan muhabbat”, “onaga va otaga muhabbat, mehr-oqibat, saxovat, hamdardlik, hamnafaslik, manfaatdorlik, bogʻliqlik” kabi tushunchalarni ham oʻz ichiga oladi. Axloqiy kategoriyalar tizimida “halol” va “harom” kategoriyalari alohida oʻrin tutadi. Oʻzbek milliy axloqida mazkur axloqiy kategoriyalar maʼnaviyatimizning ustuni hisoblanadi. Oʻtmish ajdodlarimizning maʼnaviy hayotida mazkur kategoriyalar ustivorlik qilgan. “Halol” va “harom” kategoriyalari diniy – mistik tabiatga ega, musulmon axloqininggina tushunchalari degan aqida uydirma ekanligi bugungi maʼnaviy poklanish, axloqiy uygʻonish davrida tobora sezilib qolmoqda. Umuminsoniy axloq prinsiplari muayyan ijtimoiy munosabatlarga muvofiq, moddiy va maʼnaviy hayot jarayonida kishilar ijtimoiy turmushining, axloqiy munosabatlarining talablarini birmuncha umumlashgan holda aks ettiradigan axloqiy ong shakllari sifatida vujudga kelgan qonunqoidalar hisoblanadi. Umuminsoniy axloq tamoyillari deb insonning maʼnaviy mohiyatiga, burchiga, hayotning mazmuniga va kishilar oʻrtasidagi oʻzaro aloqalarning tabiatiga taalluqli boʻlgan umumiy talablarni aks ettiradigan, insonlar faoliyatining umumiy yoʻnalishini koʻrsatib beradigan va muayyan xulq-atvor normalariga asos boʻlib xizmat qiladigan qonun-qoidalarga aytiladi. Umuminsoniy axloq tamoyillariga quyidagilar kiradi: insonparvarlik, oʻzaro yordam, ishonch, hamjihatlik, tinchliksevarlik, vatanparvarlik, adolatlilik, odamiylik, qonuniylik va h.k. Insonparvarlik tamoyili – odamlarga mehr-muhabbat bilan qarash, ularning haq-huquqlarini xurmat qilish, baxt-saodati, har tomonlama kamol topishi hamda ijtimoiy hayotda inson uchun qulay shart-sharoitla yaratib berish haqida gʻamxoʻrlik qilishni ifodalovchi tuygʻular, qarashlar majmuidir. Insonparvarlik axloqiy tamoyil sifatida kishilarning xulqini birbiriga xurmat va gʻamxoʻrlik, insonning kuch-qudratiga ishonch ruhida tartibga solib boradigan xatti-harakatlarni bildiradi. Insonparvarlik tamoyili oʻzining huquqiy ifodasini «Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi (1948-yil 10-dekabr), ―Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi (1992-yil 8-dekabr) kabi hujjatlarda topgan. ―Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasida: ―Hamma odamlar oʻz qadrqimmati hamda huquqlarida erkin va teng boʻlib tugʻiladilar. Ularga aql va vijdon ato qilingan. Binobarin bir-birlariga nisbatan birodarlarcha ruhda munosabatda boʻlishlari kerak (1-modda). Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida: ―Yashash huquqi har bir insonning uzviy huquqidir. Inson hayotiga suiqasd qilish eng ogʻir jinoyatdir (24-modda). Oʻzbekistonda demokratik huquqiy davlatni barpo etishning maʼnaviy negizlaridan birini insonparvarlik tashkil etadi. ―Insonparvarlik – bu oʻzbek xalqi ruxiyatining ajralmas fazilatidir. Shafqatsizlik va zoʻravonlik uning tabiatiga yotdir, - deb yozgan edi I.A.Karimov ―Oʻzbekiston: milliy istiqlol, iqtisod, siyosat, mafkura asarida. Insonparvarlik oʻzbek xalqining barcha hayot jabhalariga kirib ketgan boʻlib, uning qonun-qoidalari axloqiy huquqiy munosabatlarni qamrab olgan holda ularni tartibga solib turuvchi, boshqaruvchi vosita hisoblanadi. Hozirgi kunda insonni, uning haq-huquqlarini himoya qilish eng dolzarb masalalardandir. Bu ayni vaqtda huquqni muhofaza qiluvchi barcha idoralarning faoliyatini tubdan qayta qurishni insoniylashtirishni taqozo etmoqda. Bu ish 2 xil yoʻnalishda olib borilishi kerak: 1) Huquqni muhofaza qilish xodimlarining butun faoliyatini insoniylashtirish, 2) har bir xodimning faoliyatini insoniylashtirish. Insoniylashtirish – insonparvarlikning amaldagi ifodasidir. Vatanparvarlik tamoyili – «Vatanni sevmoq iymondandir, - degan edilar paygʻambarimiz Muhammad alayhissalom. Vatanni sevish vatanparvarlikning negizini tashkil etadi. I.A.Karimov: «.... Vatanga sodiqlik, vatanparvarlik oʻzining qudratli ildizlari bilan oʻz oilasining, avlod-ajdodlarining nomus-origa, chuqur ehtiromiga, insonning shaxsiy vijdoniga, burchga va oʻz soʻziga sodiqlikka borib taqaladi. «Vatan tuygʻusi: ―Vatan xissi - shu Vatanning egasi boʻlmish xalqni bilishdan, uning qadriga yetishdan, nimalarga qodir boʻlganligini tan olishdan, buyukligini eʼtirof etishdan boshlanadi deyiladi. Vatan tuygʻusi – ajdodlarimizning Vatan deya, uning ozodligi va mustaqilligi yoʻlida jon fido qilganliklarini, jabrsitam, zulm-istibdodga uchraganliklarini yod etish, mustaqil, ozod va obod Vatanimizga yuksak eʼtiqod bilan yashash, unga hamisha sadoqatli boʻlishdir. Axloq normalari deb bir xildagi ish-amallarga joriy qiladigan umumiy buyruqlar va taqiqlar orqali kishilar xatti-harakatini tartibga soluvchi axloq-odob talablarining shakliga aytiladi. Axloq normalari ikki xil koʻrinishda boʻladi: axloqiy munosabatlarning tarkibiy qismi shaklida mavjud boʻladi, axloqiy ong shakllarida mavjud boʻladi. Axloq normalarining birinchi shakli koʻpchilik kishilarning bir xildagi xatti-harakatlari tufayli kelib chiqqan va keyinchalik barcha uchun bajarilishi shart qoidalar tusini olgan normalardir. Ikkinchi xil koʻrinishdagi axloqiy norma inson ongida oʻz aksini topgan muayyan qoida sifatida namoyon boʻladi (masalan, «oʻldirma, ―oʻgʻirlama va h.k.). Yaʼni buyruq moyillik xususiyati koʻzga tashlanadi. Demak axloq tamoyillari – umumlashgan axloqiy tushunchalar boʻlsa, axloqiy normalar ularni muayyanlashtirishga xizmat qiladi, yaʼni axloqiy tamoyillarga rioya qilish uchun qanday axloqiy xislatlar zarurligini, bunda kishi irodasi qay tarzda namoyon boʻlishi kerakligini koʻrsatadi. Axloq normalari nafaqat elementar axloqiy ong, balki shu bilan birga, kishilarni harakatga undovchi motiv hamdir. Ular maʼnaviy va amaliy xodisalarning sintezi sifatida nima qilish mumkinu, nima mumkin emasligini, u yoki bu sharoitda qanday harakat qilish okragu, nimadan oʻzimizning tiyishimiz lozimligini koʻrsatgan holda xulqimizni yoʻlga soladi, yaʼni mumkin va nomumkinlik meʼyorini belgilab beradi. Huquqni muhofaza qilish idoralari xodimlarining kasb axloqiy normalariga quyidagilar kiradi: xushmuomalalik va odoblilik, oddiylik va kamtarlik, halollik va rostgoʻylik, ochiq koʻngillik va dangallik, saxiylik va muruvatlilik, oʻzaro hurmat, samimiylik, sipolik va h.k. Xushmuomalalik – oʻzga kishilarga boʻlgan ichki hurmatning tashqi koʻrinishi. Uning 10 ta belgisi bor: insof, aql, ilm, oliyjanoblik, koʻrkam feʼl, yaxshilik, sabr, shukr, muloyimlilik. Xushmuomalalik –koʻngildagi ardoqli fikrlarni, eng noyob xistuygʻularni, eng ezgu niyatlarni odamlar bilan baham koʻrish, osoyishtalik, vazminlik, xotirjamlik bilan ish tutish demakdir. Odoblilik – yaxshi tarbiy koʻrganlikning namoyon boʻlishi, oʻzini tuta bilish, hukm chiqarishda shoshilmaslik, kishilarning orqasidan gʻiybat qilmaslik, oʻzgalar fikrini tinglay bilish, shirinsoʻzlik. Halollik – har bir insonning oʻz kuchi bilan mehnat qilishi, shuning evaziga topgan mol-mulki, obroʻsi, jamiyatda tutgan oʻrni, xulqining toʻgʻriligi. Rostgoʻylik xalollikning bir koʻrinishi boʻlib, haqiqatni gapirish, oʻzining ham, oʻzgalarning ham qadr-qimmatini toʻgʻri baholash, yaxshini yaxshi, yomonni yomon deb ochiqchasiga aytishdir. Hayolilik – bu uyalish, xijolat tortish, oʻzini har xil nojoʻya xattiharakatlardan tiya olish demakdir. ―Hayo imondandir. Hayoli, odoli boʻlmoq har vaqt xayrli ishlarga sabab boʻladi (xadislardan). ―Vafosizda hayo yoʻq, hayosizda vafo yoʻq. Hayosiz inson – imonsizdir, imonsiz esa inson emasdir (Navoiy). ―Insonda doimo turadigan husn va latofat hayo ila iffatdir Hayosiz yuz jonsiz jasad kabidir(Ibn Sino). Sabr –qanoat – hayot qiyinchiliklarini chidam bilan yengishdir. Kamtarlik – kishining oʻzini tabiiy holda, qanday boʻlsa shundayligicha hamma bilan teng tutishdir. ―Kuchli odamlar hamisha oddiydirlar (L.Tolstoy). ―Kamtarlikning yetishmasligi, aqlning yetishmasligidandir (A.Pop). Estetik tarbiyaning turlari va yo‘nalishlari
1.1.Ta’lim berish texnologiyasining modeli.
Mashg’ulot vaqti -2 soat
Talabalar soni : 20-25 gacha
Mashg’ulot shakli
Amaliy mashg‘ulot
SHaxsni estetik tarbiyalashda fan, ta’lim va madaniyatning o‘zaro bog‘liqligi.
Insonning tabiiy, ahoqiy va estetik didining mutanosibligi.
“Ommaviy madaniyat”ning yoshlar estetik didiga ta’siri.
Voqe’likka estetik munosabatni milliy va umumbashariy ahamiyati.
Estetik tarbiyaning turlari va yo‘nalishlari. SHaxsni estetik tarbiyalashda fan, ta’lim va madaniyatning o‘zaro bog‘liqligi. Mehnat- turmush estetikasining muhim omili. Insonning tabiiy, ahoqiy va estetik didining mutanosibligi. “Ommaviy madaniyat”ning yoshlar estetik didiga ta’siri. Sport va uning ma’naviy-estetik jihatlari. Voqe’likka estetik munosabatni milliy va umumbashariy ahamiyati. Olamni estetik anglashda texnologiyalarning roli. Reklamaning estetik jihatlari va g‘ayriestetik holatlar.
O’quv mashg’ulotning maqsadi:
Estetik tarbiyaning turlari va yo‘nalishlari. SHaxsni estetik tarbiyalashda fan, ta’lim va madaniyatning o‘zaro bog‘liqligi. haqida tasavvurga ega bo’lishi lozim.
Ta’lim berish usullari
Ko’rgazmali, suhbat, aqliy hujum
Ta’lim berish shakllari
Ommaviy, jamoaviy
Ta’lim berish vositalari
O’quv qo’llanma, darslik, ma’ruza matni, kom’pyutyer
Ta’lim berish sharoiti
Metodik jihatdan jihozlangan auditoriya.
Monitoring va baholash.
Og’zaki nazorat:savol-javob.
Estetik tarbiyaning turlari va yo‘nalishlari amaliy mashg’ulotining texnologik kartasi.
Ish bosqishlari va vaqti.
Ta’lim byeruvshi
Ta’lim oluvshilar
Tayyorlov bosqishi
(5 daqiqa)
Auditoriya tozaligini nazorat qiladi
Talabalarni mashg’ulotga tayyorgarligini tekshiradi
Davomatni nazorat qiladi
1. O’quv mashg’ulotiga kirish bosqishi
(10 daqiqa)
1.Mavzu bo’yisha o’quv mazmunini tayyorlash.
2.Fanni o’rganishda foydalaniladigan adabiyotlar ro’yhatini ishlab shiqish
2 – asosiy bosqish
(55 daqiqa)
1. Talabalarni kishik guruhlarga bo’lib, mavzu bo’yisha savollarni beradi.
2. Ko’rgazmali plakatlardan foydalanadi 3. Slaydalar, mul’timyedialardan foydalanadi
5. Mavzular asosida byerilgan ma’lumotlarni umumlashtiradi va hulosalaydi, faol ishtirokshi talabalarni rag’batlantiradi va umumiy baholaydi
Kishik guruhlarga bo’linadilar
Tomosha qiladilar
Qatnashadilar
javob beradilar
yakuniy bosqish
(10 daqiqa)
1. Yakunlovchi hulosa qiladi
2. Mustaqil ish beradi
3. Uyga vazifa beradi
Tinglaydi
Yozib oladi
Yozib oladi
SHaxsni estetik hamda badiiy jihatdan tarbiyalash favqulodda murakkab va serqirra jarayondir. Bugungi kunda jamiyatimizda amalga oshirilayotgan ijobiy ishlarning barchasi ana shu maqsadni to‘g‘ri yo‘naltirishga qaratilgan. «Ta’lim to‘g‘risidagi qonun» va «Kadrlar tayyorlash Milliy Dasturi»ni qabul qilishdan maqsad ham insonparvar jamiyat qurishdek ulug‘vor vazifani amalga oshirishga qaratilgan. CHunonchi, «Kadrlar tayyorlash Milliy Dasturi»da ta’limning ijtimoiylashuvi, ta’lim oluvchilarda estetik boy dunyoqarashni hosil qilish, ularda yuksak ma’naviyat, madaniyat va ijodiy fikrlashni shakllantirishga alohida e’tibor qaratilgan. Bu o‘z navbatida, fuqarolarni, ayniqsa yoshlarni estetik jihatdan tarbiyalash bugungi kunning zaruriy talabi ekanligidan dalolat beradi.
Informatsion texnologiyalar - estetik tarbiyaning global vositasi. Bir paytlar tabiiy va texnika bo‘yicha mutaxassislar tayyorlaydigan oliy ta’lim muassasalari talabalariga “Sizning ideallaringiz asosan qaysi sohalarda aks etadi?”, degan savolga ularning ko‘pchiligi san’at, adabiyot va ma’rifat sohasida ko‘proq aks etadi, degan javob berishgani ham fikrlarimizni isbotlaydi.
Biroq, endilikda estetik tarbiyaning shunday vositalari mavjudki, uning ma’naviy jarayonlarga ko‘rsatayotgan global ta’siriga befarq bo‘lish aslo mumkin emas. Ana shunday ta’sirlardan biri - bu elektron axborot vositalardir. Bu borada “YUksak ma’naviyat – engilmas kuch” asarida qayd etib o‘tilganidek, “Bugungi kunda ular bir vaqtning o‘zida ham axborot maydoni, ham ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy-ma’rifiy minbar, shu bilan birga, insonga madaniy, badiiy-estetik oziq beradigan va hordiq chiqaradigan makon vazifasini bajarmoqda”.
Biroq, elektron axborot vositalari qanday xususiyatga egaki, uning ta’sir doirasi bunchalik tez yoyilmoqda? Bu borada mutaxassislarning fikriga ko‘ra, avvalo: narxining arzonligi; asosiy mahsulot – bilim, axborot, moda va imidj; yangi iqtisodiyot - u axborotga ega bo‘lishni xoxlaydigan odamlarga imtiyoz bag‘ishlaydi;- chinakam global xarakterga ega ekanligi.
Estetik tarbiya ma’naviy tarbiyaning ajralmas qismi sifatida inson ma’naviy va jismoniy olamining uyg‘un tarzda rivojlanishiga ulkan xissa qo‘shadi. Estetik tarbiyada insonning tashqi ko‘rinishi, uning jamoat orasida o‘zini tutishi, jismoniy baquvvat bo‘lishi ham katta ahamiyatga ega. SHubhasiz, yuksak did ma’lum darajada kishining estetik tarbiya ko‘rganidan dalolat beradi.
2. “Ommaviy madaniyat” aksariyat xollarda haqiqat, go‘zallik, ezgulik singari muqaddas tushunchalarni umumiste’molchilik ehtiyoji bilan bog‘lab, iste’mol va tovar sifatida haridorgir bo‘lishiga qaratilgan maqsadni targ‘ib qiladi. Bu esa pirovardida “bozor adabiyoti”, “bozor san’ati” degan ma’naviyatga tahdid soluvchi hodisalarning “gullab-yashnashi” uchun imkon yaratadi. Bugun turli arzonbaho ishqiy yoki detektiv sarguzashtlarning bozori chaqqon. Didsiz, saviyasiz, “millati”ning tayini yo‘q “badiiy” filmlar ham ko‘payib ketgan. “Bozor san’ati” deganda, birinchi navbatda, anna shunaqa filmlar va bayram sahnalarida qarsillatib aytiladigan yangroq ashulalar esga tushadi.
“Ommaviy madaniyat”ning illat sifatida namoyon bo‘lishi:
1.“Ommaviy madaniyat” namoyondalarining amallari o‘zlari uchun har taraflama manfaatdorlikka asoslangan: ular “noyob san’at” namunalari-g‘oyalarini nafaqat targ‘ib qiladi, balki pullaydi ham.
2.Faqat bugunni, yana ham aniqrog‘i hozirni ko‘radi va tan oladi.
3.Umuminsoniy madaniyatni bo‘ysindirish va o‘z ta’sir doirasiga tortish kabi tuban maqsadlarni amalga oshirishga harakat qiladi.
4.U odamzodning fikrlashiga tish-tirnog‘i bilan qarshi. Andozalashgan axborot-u mahsulotlar qurshovida qolgan odamlarning o‘zi ham bora-bora bir o‘lchamga tushadi: hammaning yurish-turishi, o‘y-kechinmasi, fikrlash tarzi, bari bir xil.
5.SHaxsning ijtimoiylashuviga imkon bermaydi. U voqea jarayonlarga loqayd, befarq avlodni shakllantiradi.
6.“Ommaviy madaniyat” o‘z navbatida mafkuraviy, informatsion, iqtisodiy qadriyatlardan foydalangan xolda “ma’rifatparast”lik g‘oyalari asosida o‘ziga xos muomala va muloqot madaniyatini ham targ‘ib qiladi. Buni biz bugungi kunda yoshlar orasida ko‘rishishdagi “boshni boshqa suqishtirish”, imo-ishora, o‘zaro muloqotning “kurakda turmaydigan so‘zlar”ga tayanilishi orqali ko‘rib guvohi bo‘lmoqdamiz.
“Ommaviy madaniyat”ning asl maqsadi har kuyga solish mumkin bo‘lgan olomonni shakllantirish bo‘lgani bois, u ma’naviy oziq beradigan, badiiy yuksak, o‘quvchini mushohadaga undab, tasavvur olamini kengayishiga xizmat qiladigan asarlarni yaqiniga yo‘latmaydi. SHuning uchun “ommaviy madaniyat” namunalari badiiy-estetik qimmatga ega emas.
3.Milliy ma’naviyatga ta’sir o‘tkazuvchi tashqi tahdidlar ayni paytda estetik tarbiya jarayoniga ham sezilarli ta’sir ko‘rsatmoqda. Ta’kidlash o‘rinliki, estetika niqobi ostida turli xil ko‘rinishdagi “sog‘lom turmush tarzi targ‘ibotchilari”, “ko‘ngilochar” va “musaffo tuyg‘u” baxsh etuvchi saytlar talaygina. Eng dahshatlisi keyingi paytlarda internet tarmog‘ida vampirizm estetikasi va uning targ‘iboti bilan bog‘liq saytlarning ko‘payib borayotganligi tashvishlanarli xoldir. Bunday tahdidlarga qarshi go‘zal qadriyatlarni dunyoga tanitish, xalqimizning boy va betakror estetik dunyosini aks ettiradigan personajlarni yaratish orqali kurashishni zamon talab etmoqdaki, bu yoshlarni ma’naviy jihatdan yuksaltirishda estetik tarbiyaga zaruriyat mavjudligidan dalolat beradi. Bu estetik tarbiyaga nisbatan tahdidlarning birinchi jihati.
Estetik tarbiyaga tahdidning ikkinchi jihati insonning tashqi va ichki ko‘rinishidagi bog‘liqlikni o‘rganishga bo‘lgan zaruriyat bilan belgilanadi. Bu ilm bugungi kunda biologiya va tibbiyotda fizionomiya nomi bilan mashhur. Vaholangki, o‘tmishda bu sohaga jiddiy e’tibor berilib, qator risolalar yaratilgan.
Estetik tarbiyaga tahdidning uchinchi jihati psixologik jihatlar. Buni ong osti hodisasi orqali izoxlash mumkin.
1. Sezgilar. Aytish mumiknki, mana shu 5 ta sezgi ilg‘amagan narsani ong osti ilg‘ash qobiliyatiga ega.
2. Kuzatish. Bu borada reklama va uning estetik tabiatini misol qilib ko‘rsatish mumkin. SHuning uchun ham mahsulot reklamalari odamlar gavjum bo‘ladigan joylarga o‘rnatiladiki, bunda bevosita kuzatish muhim omilga aylanishi bejiz emas.
3. Tashviqot. Ongosti tashviqotga tabiiy xolda eshitilmaydigan ovozlar orqali ta’sir qilishni kiritish mumkin. Ko‘ngilochar maskanlarda qo‘yiladigan musiqalarda ham xaridorlarni chorlash maqsadi ko‘zlanadi.
4. YAshirin kadr orqali ta’sir qilish. Insonning ong osti xislariga yashirin ta’sir qilish xususan 25-kadr ko‘pchilik davlatlar tomonidan ta’qib ostiga olingan.
2. Estetik tarbiyaning turlari va yo’nalishlari.
Estetik tarbiya – jamiyatda ma’naviy muhitni paydo qilishga ko’mak beruvchi
muhim unsur bo’lib, u inson didini shakllantiruvchi, rivojlantiruvchi hamda ana
shu orqali insonni jamiyat munosabatlariga yaqinlashtiruvchi kuchdir.
Hozirda estetik tarbiyaning ko’lami tobora kengaymoqda. Shunga
ko’ra, u o’z oldiga talaygina muhim vazifalarni qo’ygan. Bular:-kishilarda
san’at asarlari, badiiy ijod namunalarini nafaqat faol o’zlashtirish balki, ularning
estetik mohiyatini anglash va baholash qobiliyatini takomillashtirish;
-jamiyat a’zolarining ijodiy imkoniyatlarini namoyon qildirish va ulardan
foydalana bilishga ishonch tuyg’usini uyg’otish;
- tabiat hamda jamiyat ijtimoiy jarayonlariga sof tuyg’u bilan munosabatda
bo’lishga va ularni ravnaq toptirish yo’lida astoydil faoliyat olib borish
ko’nikmalarini hosil qilish;
- o’tmish ma’naviy merosimizga hurmat hissini uyg’otish, milliy g’urur,
milliy iftixor tuyg’ularini shakllantirish uchun zamin yaratish;
- ijodning barcha turlarini taraqqiy ettirib jahonga yuz tutish va ularni millat
manfaatlari uchun naf keltiradigan tomonlarini targ’ib qilishga undashdir.
Estetik tarbiyaning asosiy vositalari tarkibiga- san’at, information
texnologiyalar, tabiat, mehnat, sport kabi sohalarni kiritish mumkin.
San’at- estetik tarbiyaning muhim vositasi. Bugungi kunda
jamiyatimizda inson faoliyatini boshqarib borishdan ko’ra, ushbu jarayonni
insonning o’zi tashkil etishi kerakligi bot-bot uqtirilmoqda. Bu jarayonda san’at
mohiyatan shaxsning his-tuyg’ulariga ta’sir ko’rsatishga qodir bo’lgan muhim
vosita sifatida insonni doimo o’ziga jalb etib kelgan. San’at insonning ehtiroslar va tuyg’ular olamiga singib borib ularni yig’latadi, kuldiradi,
o’ylashga majbur qiladi. Shuning uchun bo’lsa kerak san’at barcha davrlarda
insonga hamroh bo’lib kelgan.
San’at o’zining estetik bisotini to’laligicha namoyon qilishi uchun ham
tarbiya jarayoni bilan chambarchas bog’lanadi. Chunonchi, inson tafakkurini
go’zallashtirish estetikaning tadqiqot obyekti hisoblansa, estetik tarbiyaning
predmeti esa ma’naviy dunyoni inson tomonidan estetik anglash bilan
belgilanadi.
Informatsion texnologiyalar-estetik tarbiyaning global vositasi. Bir
paytlar tabiiy va texnika bo’yicha mutaxassislar tayyorlaydigan oliy ta’lim
muassasalari talabalariga “ Sizning idealingiz asosan qaysi sohalarda aks
etadi?”, degan savolga ularning ko’pchiligi san’at, adabiyot va ma’rifat sohasida
ko’proq aks etadi, degan javob berishgani ham fikrlarimizni isbotlaydi.
Aytish mumkinki, axborot va kommunikatsiya texnologiyasi bugungi
kunda insoniy va iqtisodiy taraqqiyotning muhim vositasiga aylanishi natijasida
odamlarning turmush tarzini, o’zaro aloqasini hatto tashqi ko’rinishi ham
tubdan o’zgarishiga olib keldi.
Mahalla-estetik tarbiyaning muhim vositasi. Mahallaning shaxs estetik
tarbiyasi ta’siri nihoyatda katta. Modomiki, mahalla jamiyat ichidagi kichkina
jamiyat bo’lib, u bugun shaxsning ijtimoiy- siyosiy faolligini oshirishga, uning
ijtimoiy- huquqiy madaniyatini shakllantirishga ko’mak beruvchi makon
sifatida ham yuksak ahamiyat kasb etadi. Shuningdek, mahalla shaxs nafosatli
tarbiyasiga yaqindan ta’sir ko’rsata olishi bilan boshqa omillardan ajralib
turadi. Shu jihatdan mahalla o’z navbatida o’z oldiga qo’ygan ezgu
maqsadlarni bajarishi bilan zamonaviy insonni nafosatli jihatdan tarbiyalaydi.
Tabiat- estetik tarbiyaning zaruriy vositasi. Shuni maxsus ta’kidlash
kerakki, zamonaviy inson tarbiyasini estetik jihatdan kamol toptirishda oila
qanchalik ustuvor omil bo’lib hisoblansa, bu jarayonda tabiat ham undan kam
ahamiyat kasb etmaydi. Chunki tabiat bilan ongli tarzda murosa qilmaslik
shaxsni nafosatli jihatdan mukammal bo’lib yetishishiga monelik ko’rsatadi.
Shuning uchun inson va tabiat o’rtasidagi munosabat inqiroz va halokat
yoqasiga kelib qolgan hozirgi vaqtda bu muammoni chetlab o’tish maqsadga
muvofiq bo’lmaydi.
Mehnatning estetik tarbiya vositasi sifatidagi ahamiyati. Mehnat ham
moddiy, hamda ma’naviy go’zalliklar yaratish bilan estetik tarbiyaning
muhim vositasiga aylanadi. Bu jarayon ijtimoiy- foydali mehnatning badiiylik
bilan aloqasi ta’sirida vujudga keladi. Mazkur munosabat pirovardida mehnat
vositalarining insonga keltiradigan zararini kamaytiradi. Qolaversa, mehnatga
ijodiy yondashuv jamiyat ma’naviy qiyofasini belgilovchi omil hisoblanadi.
Sport- estetik tarbiyaning zamonaviy vositasi. Sport estetik tarbiya
vositasi sifatida zamonaviy insonni kamol toptirishda alohida e’tiborga ega.
Hozirda sportni rivojlantirish mamlakatimizda davlat siyosati darajasiga
ko’tarildi. Bundan ko’zlangan asosiy maqsad avlodni jismonan baquvvat,
sog’lom, vatanning jasur himoyachisi qilib tarbiyalashdir. Hozirda yurtimizda
sportni rivojlantirishga doir ko’plab dasturlar ishlab chiqilgan va ular jamiyat
munosabatlaridan amalda ishtirok qilmoqdalar. Keyingi kunlarda O’zbekiston
ko’plab sport turlari bo’yicha jahon musobaqalarni uyushtiruvchi va
o’tkazuvchi mamlakat sifatida jahon hamjamiyatda ko’zga ko’rinib bormoqda.
Ana shularning barchasi muayyan ma’noda inson nafosatli dunyoqarashini,
tafakkurini sog’lomlashtirishga qaratilgan. Bir so’z bilan aytganda, sport estetik
tarbiyaning muhim vositasi sifatida “ Farzandlari sog’lom yurtning kelajagi
porloq bo’ladi”,- degan maqsadni amalga oshirishga muhim hissa qo’shadi.
Milliy ma’naviyatga ta’sir o’tkazuvchi tashqi tahdidlar ayni paytda
estetik tarbiya jarayoniga ham sezilarli ta’sir ko’rsatmoqda. Bu esa ijtimoiy-
ma’naviy munosabatlar tizimida estetik tarbiyani maqsadli yo’naltirishni taqozo
etmoqda. Ta’kidlash o’rinliki, estetik niqobi ostida turli xil ko’rinishdagi
“sog’lom turmush tarzi targ’ibotchilari”, “ko’ngilochar” va “musaffo tuyg’u”
baxsh etuvchi saytlar talaygina. Eng dahshatlisi keyingi paytlarda internet
tarmog’i vampirizm estetikasi va uning targ’iboti bilan bog’liq saytlarning
ko’payib borayotganligi tashvishlanarli holdir. Bu targ’ibot saytlarni oddiygina
qidiruv buyrug’i orqali topish mushkul emas. Bunday tahdidlarga qarshi go’zal
qadriyatlarni dunyoga tanitish, xalqimizning boy va betakror estetik dunyosini
aks ettiradigan personajlarni yaratish orqali kurashishni zamon talab etmoqdaki,
bu yoshlarni ma’naviy jihatdan yuksaltirishda estetik tarbiyaga zaruriyat
mavjudligidan dalolat beradi.Bu estetik tarbiyaga nisbatan tahdidlarning
birinchi jihati.
Estetik tarbiyaga tahdidning ikkinchi jihati insonning tashqi va ichki ko’rinishidagi bog’liqlikni o’rganishga bo’lgan zaruriyat bilan belgilanadi. Bu
ilm bugungi kunda biologiya va tibbiyotda fizionomiya nomi bilan mashhur.
Vaholangki, o’tmishda bu sohaga jiddiy e’tibor berilib, qator risolalar
yaratilgan. Jumladan, olmon mumtoz faylasufi I.Kant bu ilmga “ichki olamni
o’rganuvchi ilm” deb ta’tif bergan bo’lsa, sharq allomalari bu borada “Risolai
fil farosa” (X asr), “Farosatnoma” (XVI asr) kabi asarlarni yozib qoldirganlar.
Odatda, farosat tushunchasi estetik baho bilan belgilanadi. U ranjish,
nomunosib holat, ko’ngilga xush yoqmagan ishlar qilganda munosabat
bildiramiz. Shuning uchun bo’lsa kerak,kamdan kam hollarda “farosatli kishi,
farosati bor, farosatli”degan so’zlarni ishlatamiz. Biroq. did, fahm, farosat kabi
tushunchalar aynan estetika ilmiga tegishli bo’lib, fahm-haqiqatga, farosat-
ezgulikka,did-go’zallikka munosabat orqali namoyon bo’ladi. Har uchchala
hodisaning asosida ham qobiliyat yotadi. Shu ma’noda fahm-aqliy, farosat-
axloqiy, did-estetik qobiliyatni yuzaga chiqaradi. Ayniqsa, estetik did va farosat
murakkab tarbiya jarayonini taqozo etadi. Chunki u ham aqliy, ham axloqiy,
ham hissiy tarbiya uyg’unlashgan umumiylikdan iborat.
Shuning uchun ham fiziologik jihatdan yomonlikka moyil shaxs estetik
tarbiya ta’sirida xulqini o’zgartirib, go’zal axloqli kishiga aylanishi mumkin.
Shuning uchun o’ziga mavjud yomon hislatlarni yaxshi tomonga o’zgartirgan
va ma’naviy kamolotga erishgan kishi haqida faqat yuziga qarab hukm
chiqarish adolatdan emas.
Shu o’rinda estetik tarbiyaga tahdidning uchinchi jihati haqida fikr
bildirish va bu borada alohida ta’kidlash shart bo’lgan bir necha mulohazalar
bor. Ular orasida insonning estetik tarbiyasiga ta’sir etishning psixologik jihatlarni alohida ahamiyat kasb etadi. Buni ong osti hodisasi orqali izohlash
mumkin.
1.Sezgilar. Aytish mumkinki, mana shu 5ta sezgi ilg’amagan narsani ong
osti ilg’ash qobiliyatiga ega. Uzluksiz jarayonni tuyg’ular xotiraga uzluksiz
yozadi. Ammo biz ularning hammasini ajrata olmaymiz. Zero, kamalakda
millionlab, balki cheksiz miqdordagi rang bo’lishiga qaramay bizlar ulardan
faqatgina 7tasinigina ajrata olamiz xolos.
2.Kuzatish. Bu borada reklama va uning estetik tabiatni misol qilib
ko’rsatish mumkin. Shuning uchun ham mahsulot reklamalari odamlar gavjum
bo’ladigan joylar (bozorlar, ko’chalar va hokazo)ga o’rnatiladiki, bunda
bevosita kuzatish muhim omilga aylanishi bejiz emas. Ayni paytda mahsulotga
bo’lgan qiziqish reklamada ko’rsatilgan shaxsga ixlos tufayli ortadi.
3.Tashviqot. Ongosti tashviqotga tabiiy holda eshitilmaydigan ovozlar
orqali ta’sir qilishni kiritish mumkin. Supermarket, kafe-bar, bozor hamda
ko’ngilochar maskanlarda qo’yiladigan musiqalarda ham haridorlarni chorlash
maqsadi ko’zlanadi.
4.Yashirin kadr orqali ta’sir qilish. Insonning ong osti hislariga yashirin
ta’sir qilish xususan 25-kadr kopchilik davlatlar tomonidan ta’qib ostiga
olingan. Mutaxassislarning fikricha bu turdagi tashviqot har doim ham yaxshi
yo’lda ishlatilavermasdan, aksar shum niyatli insonlarga qo’l kelishi mumkin.
Misol uchun kino yoki seriallarda, “Agar bir insonga davomli ravishda
“Qo’shningni o’ldir!” shaklidagi yashirin kadr bilan ta’sir qilinsa, u hech
ikkilanmasdan qotillikka qo’l urishi mumkin ekanligini tibbiyot psixologiyasi
isbotlab beradi.
Yuqorida ko’rsatib o’tilgan 4ta jihatga e’tiborsizlik bugungi kunda
tashvishli va tahdidli hodisa sifatida e’tirof etilayotgan “ommaviy madaniyat”ni
avj olishiga olib keladi. Bu borada Prezidentimizning “Yuksak ma’naviyat-
yengilmas kuch”asarlarlaridan “Tabiiyki “ommaviy madaniyat”degan niqob
ostida axloqiy buzuqlik va zo’ravonlik, individualizm, egosentrizm g’oyalarini
tarqatish, kerak bo’lsa shuning hisobidan boylik orttirish, boshqa xalqlarning
necha ming yillik an’ana va qadriyatlari, turmush tarzining ma’naviy
negizlariga bepisandlik, ularni qo’porishga qaratilgan xatarli tahdidlar odamni
tashvishga solmay qo’ymaydi”-degan purma’no hikmat bor.