Nazorat savollari
Bog’langan ro’yxat asosiy nima uchun ishlatiladi?
Ro’yxat elementlari ustida qanday amallar bajarish mumkin?
Swap va clear funksiyasi nima uchun ishlatiladi?
LABORATORIYA ISHI - 15
Mavzu: Bog’langan ro’yhat. Ikkala bog’langan ro’yxat bilan ishlash.
Ishdan maqsad. Ushbu laboratoriya ishida talabalar ikki tomonlama bog’langan ro’yxat(double linked list)lar bilan ishlashni o’rganishlari kerak.
Qo’yilgan masala. Talabalar topshiriq variantiga mos ravishda ro’xatlar ustida berilgan funksiyalar bilan ishlash ko’nikmasiga ega bo’lishlari kerak.
Ish tartibi:
Tajriba ishi nazariy ma’lumotlarini o‘rganish;
Berilgan topshiriqning algoritmini ishlab chiqish;
C++ dasturlash muhitida dasturni yaratish;
Natijalarni tekshirish;
Hisobotni tayyorlash va topshirish.
Massivlar singari, bog'langan ro'yxat ham ma'lumotlarning chiziqli tuzilishi. Massivlardan farqli o'laroq, bog'langan ro'yxat elementlari tutashgan joyda saqlanmaydi; elementlar ko'rsatgichlar yordamida bog'lanadi(1-rasm).
1-rasm.
Yuqoridagi rasmda ko’rib turganimiz oddiy bog’langan ro’yxat. Bu yerda:
Head – ro’yxatning boshi ya’ni dastlabki ro’yxat hisoblanadi. Massivdan farqli o’laroq bog’langan ro’yxatlarda ikkita element mavjud. Birinchisi ma’lumot(data), ikkinchisi esa ko’rsatgich (next) hisoblanadi. Ya’ni birinchi ro’yxat ko’rsatgichi ikkinchi ro’yxatdagi ma’lumotga bog’lanadi. Shu sababli bunday turdagi ma’lumotlar tuzilmasi bog’langan ro’yxat deb nomlanadi.
Ikki marta bog’langan ro’yxat. Ikki marta bog'langan ro'yxat (DLL – Double linked list) qo'shimcha ko'rsatgichni o'z ichiga oladi, ya’ni oddiy bog’langan ro’yxatdan farqli o’laroq ikkitalik bog’langan ro’yxatda ikkita ko’rsatgich mavjud, bular prev va next nomli ko’rsatgichlar(2-rasm).
Dostları ilə paylaş: |