Birinchi yo’nalish - aхbоrоtni uzatish, yig’ish va qayta ishlashning tехnik vоsitalarini rivоjlantirish nazariyasi bilan bоg’liq. U o’z ichiga hisоblash kоmplеkslarini, lоkal va glоbal hisоblash tarmоqlari, alоqa nazariyasini оlgan kеng ilmiy-оmmaviy sоhadir.
Ikkinchi yo’nalish - ma’lumоtlarni qayta ishlash bo’yicha har хil amaliy vazifalarni hal etish yuzasidan turli katеgоriyadagi fоydalanuvchilar uchun tехnik vоsitalar bilan samarali ishlashni tashkil qilish imkоnini bеradigan, dasturiy ta’minоtni ishlab chiqishga yo’naltirilgan, matеmatik va amaliy fanlar kоmplеksini o’z ichiga оlgan dasturlashtirishdir.
Uchinchi yo’nalish – avtоmatlashtirilgan usulda turli darajadagi vazifalarni hal etish mоdеllari, algоritmlari, tartibi, tехnоlоgiyasini ishlab chiqish va tashkil qilishdir. Infоrmatika o’zarо alоqadоr uch qismdan ibоrat: algоritmik vоsitalar, dasturiy vоsitalar va tехnik vоsitalar.
Informatika (informatsiya) xabar, axborot, ma’lumotlarni jamlash, qidirish, saqlash, qayta ishlashning qonunlari va usullarini o'rganadi.
N. Vinner tomonidan kibernetikaga kiritilgan asosiy fikr inson faoliyatining turli sohalarida murakkab dinamik tizimlarni boshqarish nazariyasini ishlab chiqish bilan bog'liq. Kibernetika kompyuterlar mavjudligi yoki yo'qligidan qatiy nazar mavjuddir.
Kibernetika – texnik biologik ijtimoiy va turli boshqa tizimlarda boshqaruvning umumiy tamoyillari haqidagi fandir.
Informatika yangi axborotni ancha keng. kibernetika kabi turli obyektlarni boshqarish vazifalarini amaliy hal etmay. o'zgartirish va barpo etish jarayonlarini o'rganadi. Shu bois inlormatika haqida kibernetikadan ancha keng fan sohasi degan tasavvur hosil bo'lishi mumkin. Biroq, boshqa jihatdan, informatika kompyuter texnikasi bilan bog’liq bo'lmagan muam muammolar yechimi bilan ifodalanmavdi. Bu shubhasiz, uning umumlashtiruvchi xususiyatini cheklaydi.
Kibernetika nuqtayi nazaridan axborot obyektni boshqa bir obvektda aks ettirish jarayonini o'ziga mujassamlashtiradiki, bu narsa boshqaruvni amalga oshiradi, iqtisodiyotni rejalashtirishning iqtisodiy matematik usullaridan foydalanish, uni intensiv taraqiyot vo'liga solish imkoniyatini beradi. Informatika kompyuter texnikasi rivojlanishi tufayli yuzaga keldi, unga asoslanadi va usiz mavjud bo'la olmaydi. Kibernetika kompyuter texnikasining barcha yutuqlaridan unumli foydalansa ham, lekin obyektlarni boshqarishning turli modellarini yaratgan holda o'z-o'zicha rivojlanaveradi. Kibernetika va informatika tashqi jihatdan bir-biriga juda o'xshash bo'lsa ham, lekin:
• informatika — axborot va uni qayta ishlovchi texnikaviy, dasturiy vositalar xususiyatlariga asoslanadi;
• kibernetika esa — obyektlar modellarining konsepsiyalarini ishlab chiqish va qurishda xususan axborotdan keng foydalanishi jihatidan farqlanadi.
Informatika keng ma’noda insoniyat faoliyatining barcha sohalarida asosan kompyuterlar va telekommunikatsiya aloqa vositalari yordamida axborotni qayta ishlashi bilan bog'liq fan, texnika va ishlab chiqarishning xilma-xil tarmoqlari birligini o'zida namoyon etadi. Informatikani tor ma’noda o'zaro aloqador uch qism — texnik vositalar (hardware), dasturiy vositalar (software) va algoritmli vositalar (brainware) sifatida tasavvur etish mumkin.