Dastlabki axborot tizimlarida axborotga ishlov berishning barcha jarayonlari qo’lda bajarilgan. Bunday tizimlarda axborotni qidirish uchun oddiy selektiv moslamalardan foydalaniladi. Bu qurilmalar arzon, ular bilan ishlatish uchun oliy malakali xizmat ko’rsatuvchi xodimlar talab etilmaydi. Dastlabki axborot tizimlarida axborotga ishlov berishning barcha jarayonlari qo’lda bajarilgan. Bunday tizimlarda axborotni qidirish uchun oddiy selektiv moslamalardan foydalaniladi. Bu qurilmalar arzon, ular bilan ishlatish uchun oliy malakali xizmat ko’rsatuvchi xodimlar talab etilmaydi.
Mexanizatsiyalashgan axborot tizimlarida axborotga ishlov berish va qidirish uchun turli mexanizatsiyalshgan vositalardan foydalaniladi, ular orasida hisoblash perforatsiya mashinalari keng tarqalgandir. Mexanizatsiyalashgan axborot tizimlarida axborot eltuvchilari bo’lib perfokartalar hisoblanadi. Bunday mexanizatsiyalashgan tizimlarning texnik vositalari takibiga perforatsiya mashinalari kiradi. Ularning har biri muayyan bir vazifani bajaradi. Perforator yordamida axborot dastlabki hujjatdan perfokartalarga o’tkaziladi. Saralovchi umumiy belgilarga ega bo’lgan perfokartalarni alohida guruhlar bo’yicha joylashtiriladi.
Avtomatlashtirilgan axborot tizimlari axborotni saqlash, unga ishlov berish va qidirish uchun hamda kompyuterlarda axborotni to’plash, tayyorlash va uzatish, shuningdek axborotni istemolchiga chiqarib berish bilan bog’liq operatsiyalarni bajarish uchun ham foydalaniladi. Bu tizimlar keng funksional imkoniyatlarga ega va axborotni juda katta hajmlarini saqlash va ishlov berishga qodir. Bu yerda axborot eltuvchilar kompyuterning xotira qurilmalaridir.
Dostları ilə paylaş: |