Axborot tizimlari fanidan tayyorlangan mustaqil ishi



Yüklə 152,61 Kb.
tarix12.11.2022
ölçüsü152,61 Kb.
#68740
FOZILOV DILMUROD

AXBOROT TIZIMLARI FANIDAN TAYYORLANGAN MUSTAQIL ISHI

916-21 GURUH TALABASI FOZILOV DILMUROD


MAVZU:BERILGANLAR OMBORI
RE’JA:
1-ASOSIY TUSHUNCHALAR VA MODELLAR
2-MBBT ARXITÅKTURASI
3-IYERARXIK TIZIMLAR
Informatsion tizimlarni yaratish bo‘yicha jadal harakatlar va ma’lumotlar hajmining tez sur’atlar bilan oshib borishi 60-yillar boshida maxsus “Ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimi” (MBBT) deb ataluvchi dasturiy komplåksning yaratilishiga olib kåldi.
Ma’lumotlar bazasi — biror sohaga oid o‘zaro bog‘langan ma’lumotlar yig‘indisining disk tashuvchidagi tashkiliy jamlanmasidir. Boshqacha qilib aytganda, ma’lumotlar bazasi — bu kompyuter xotirasiga yozilgan ma’lum bir strukturali, o‘zaro bog‘langan va tartiblangan ma’lumotlar majmui bo‘lib, u biror bir obyåktning xususiyatini, holatini yoki obyåktlar o‘rtasidagi munosabatni ma’lum ma’noda tavsiflaydi.
Ma’lumotlarni boshqarish tizimi quyidagi xossalarga ega:
< fayllar to‘plami mantiqiy kålishuvni quvvatlaydi;
< ma’lumotlar ustida ish yuritish tili bilan ta’minlaydi;
< har xil to‘xtalishlardan kåyin ma’lumotlarni qayta tiklaydi;
< bir nåcha foydalanuvchilarning parallål ishlashini ta’minlaydi.
MBBT funksiyalari tarkibiga yanada aniqroq qilib quyidagilar qabul qilingan:
Tashqi xotirada båvosita ma’lumotlarni boshqarish
Tezkor xotirani bufår bilan boshqarish
Tranzaksiya bilan boshqarish
Jurnalizatsiya
MBBT ARXITÅKTURASI
MBBT istalgan foydalanuvchiga ma’lumotlarga kirishga ruxsat etadiki, ularning hech biri amaliy jihatdan quyidagilar haqida tasavvurlarga ega bo‘lmaydi:
< ma’lumotlarning xotirada fizik joylashishi va ular ko‘rinishi;
< so‘raladigan ma’lumotlarni izlash måxanizmi;
< bir xil ma’lumotlarga bir vaqtning o‘zida ko‘pchilik foydalanuvchilar tomonidan bo‘ladigan so‘rovlar muammosi (amaliy dasturlar bilan);
< mumkin bo‘lmagan va ruxsat etilmagan o‘zgarishlarni kiritishdan ma’lumotlarni himoyalashni ta’minlash usullari;
< ma’lumotlar bazasini va boshqa ko‘pgina MBBT funksiyalarini aktiv holatda ta’minlash
Insonlarga tushinarli bo‘lgan tabiiy til, matEmatik formulalar, jadvallar, grafiklar va boshqa vositalar yordamida bajarilgan bu tavsif ma’lumotlar bazasini loyihalash ustida ish yuritishda ma’lumotlarning infologik modeli deb ataladi.
MBBT ARXITEKTURASI
Ma’lumotlarning iyerarxik strukturasi
Iyerarxik MB tartiblangan daraxtlar to‘plamidan tuziladi. Yanada aniqrog‘i, bir xil turdagi daraxtlarning bir nechta tartiblangan nusxalari to‘plamidan iborat bo‘ladi. Daraxt turi bitta “ildizli” tur yozuvidan va tartiblangan bitta yoki bir nechta daraxt osti turlaridan (ular har biri daraxtning turidir) tashkil topadi. Daraxt turi umuman olganda iyerarxik ravishda tashkil topgan yozuvlar turlari to‘plamini tasvirlaydi.
Mbning iyerarxik sxemasi
Iyerarxik sxemasi nusxasi
Barcha (avlod) davomchi turdagi nusxalar (ajdod) oldingi turdagi umumiy nusxalar bilan yaqin, ya’ni egizak deyiladi. MB uchun pastdan yuqoriga, chapdan o‘ngga o‘tish tartibi to‘liq aniqlangan. IMS da original va standart bo‘lmagan terminlar ishlatilgan: “ñåãìåíò” o‘rnida “yozuv”, hamda “MB yozuvi” tushunchasida barcha daraxtlar sigmenti tushuniladi

Mavzu shu bilan yakunlandi.

E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT


Yüklə 152,61 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin