Axborot tizimlari tushunchasi «Tizim»


---Telekommunikatsiya. Global kompyuter tarmog’i – Internet



Yüklə 137,7 Kb.
səhifə4/12
tarix07.01.2024
ölçüsü137,7 Kb.
#207028
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Axborot tizimlari tushunchasi «Tizim»

3---Telekommunikatsiya. Global kompyuter tarmog’i – Internet


Keng ma’noda telekommunikatsiya - bu bir-biri bilan bevosita aloqada boʻla olmaydigan masofada turuvchi sub’ektlar (odamlar, uskunalar, kompyuterlar) oʻrtasidagi muloqotdir. ( “Tele”- uzoqdagi, “ kommunikatsiya”– aloqa, xabar).
Masalan: kemalar oʻrtasidagi yorug’lik signallari almashuvi, telegraf, televidenie, telefon va boshqalar. Kompyuter telekommunikatsiyasining rivojlanishi Internet va Windows ning kelib chiqishidan ancha oldin boshlangan.
Misol qilib oladigin boʻlsak, asrimizning 80 yillarida butun dunyoda, shu jumladan, sobiq ittifoqda ham MS DOS muhitida ishlovchi BBS (Bulletin Board System) faylli serverlar faoliyat koʻrsatgan.
BBS abonentlari tekinga e’lonlarni koʻrib chiqish va yozib qoldirishi, pochta ma’lumotlari va fayllari bilan almashinish imkoniyatiga ega boʻlishdi.
Kompyuterlarning lokal tarmoqlari (LVS), bir – biridan uncha uzoq boʻlmagan (bir necha yuz metr atrofida foydalanuvchilarga xizmat koʻrsatadi.
LVSni “mijozlari” (terminallari) ulangan katta bir kompyuter deb tasavvur etishi mumkin. Biroq kompьterlar va LVS lar turli xil aloqa vositalari orqali xududiy va jahon (xalqaro) tarmoqlariga ulanishi mumkin.
Kompyuterlarni telekomunikatsion tarmoqqa ulash uchun quyidagilar zarur:

  1. Kommunikatsion jihozlar va aloqa kanali (hech boʻlmaganda modem va telefon tarmog’i);

  2. Kommunikatsion dasturlar.

Modem – bu kompyuterni xalqaro tarmoqqa ulanish imkonini beruvchi standart qurilma (Modulyator – Demodulyator).
Modemning bir tomoni kompyuterga, ikkinchi tomoni telefon tarmog’iga ulanadi.
Modemning yagona funktsiyasi – bu kompyuterning diskret ( raqamli ) signalini, telefon tarmog’ida uzatiladigan uzluksiz ( analogli ) signalga aylantirish va aksincha.
Modem bilan ishlash uchun maxsus dastur ta’minoti ishlatiladi. Kompyuter bilan provayder uzeli oʻrtasidagi aloqa vositasi sifatida oddiy yoki maxsus telefon tarmog’idan foydalaniladi. Biz asosan telekommunikatsiyaning dasturli ta’minotini koʻrib chiqamiz va u oʻz navbatida ikki sinfga boʻlinadi.

  1. Mijoz – dasturlar. Bu dasturlar sizning kompyuteringizda joylashgan boʻlib, oʻz talablarini (savollarini) serverga yuboradi.

  2. Server – dasturlar .Bu dasturlar tarmoqning narigi uzelida joylashgan boʻlib, ular sizning kompyuteringizga xizmat koʻrsatadilar.

Telefon tarmog’iga qiyos qilganda, ATS – bu server, sizning telefoningiz – bu mijoz. Kommunikatsion tarmoqlar texnologiyasini koʻpincha “mijoz – server” texnologiya deb atashadi. Bu tushuncha keng ma’noda toʻg’ri, lekin shu narsani esda saqlashimiz lozimki, axborotlar tizimida “mijoz – server” tushunchasi ma’lumotlarning qayta ishlashning funktsional modelini bildiradi. Umuman olganda, server va mijozlar universal emas: tarmoqli xizmat koʻrsatishning har bir turi oʻz serveri va mijoziga ega. Masalan, pochta serverlari va mijozlari mavjud, FTP – serverlar va FTP - mijozlar.
Koʻpincha server deb, serverli dasturlarga ega boʻlgan kompyuterlarni ham aytishadi. SHu narsani esda saqlash lozimki, bir server - kompyuterda bir necha server dasturlar ish olib borishi mumkin.
Zamonaviy telekommunikatsiyalarning rivojlanishida ikki xil jarayonni ajratish mumkin: Bir tomondan, tarmoqli xizmat turlari asta sekin Internet texnologiyalari bilan qoʻshilib ketmoqda.
Ikkinchi tomondan, Internet vositalari grafikli texnologiyaning tarkibi boʻlib kelmoqda.
Hozirda eng katta global axborot tizimi bu Internet tarmog’idir. Haqiqatdan olganda, Internet aniq bir tashkiliy tuzilishga ega emas.
Internet tizimi hukumatlar, ilmiy, tijorat va notijorat tashkilotlari tashabbusi
bilan tashkil etilgan bir qancha mustaqil kompyuterlar tizimlarini birlashmasidan iborat.
Internet tarixini asrimizning 60 yillarida AQSH mudofaa vazirligida hisoblash tarmog’ining – ARPAnet ning paydo boʻlishi bilan bog’lashimiz mumkin. Bu tarmoq urush vaqtida harbiy operatsiyalarni hamda mamlakatni boshqarish uchun moʻljallangan boʻlib, uning asosiy kontseptsiyasi quyidagidan iborat:
Tarmoqdagi har bir kompyuter bir – biridan mustaqil ravishda muloqatda boʻladi, ular orasidagi aloqa mutlaqo ishonchsiz boʻlib, xoxlagan paytda buzilishi mumkin. (Misol uchun, bombordimon qilinganda). Bunda, birinchidan, butun bir tarmoqning ish qobiliyati saqlanib qoladi, ikkinchidan esa, sog’ qolgan kompyuter boshqa butun qolgan aloqa kanallari orqali tarmoqqa ulanishi mumkin. Boshqacha qilib aytganda, tarmoqning hamma uzellari bir – biridan ma’lum darajada mustaqil ishlashi kerak.
SHunday qilib, Internet ning asosiy printsipi – bu tarmoqdagi har bir uzel (kompyuter)ning shu uzel bilan bevosita bog’liq boʻlmagan tarmoq qismlaridagi buzilishlardan hamda nuqsonlardan mustaqilligidir.
Foydalanuvchining nuqtai nazaridan qaraganda, zamonaviy tarmoq – bu bir-biri bilan aloqa kanallari orqali ulangan yirik uzellarning toʻplamidan iborat. Har bir uzel

  • koʻpincha UNIX operatsion sistemasi boshqaruvi ostida ishlovchi, bitta yoki bir nechta qudratli server- kompyuterlardir. Koʻpincha bu kompyuterlarni bosh kompyuter yoki xost kompyuter (anglizcha “xost”– xoʻjayin) deb atashadi.

Bu uzelni uning egasi boʻlmish provayder deb ataluvchi tashkilot boshqaradi (ingl. “Provide”– ta’minlamoq soʻzidan olingan). Koʻp hollarda alohida olingan tarmoqning nomi - bu uning provayderining nomi. Provayderlar ma’lum bir turdagi xizmatlar bilan ta’minlaydilar. Rossiyadagi koʻp taniqli provayderlardan biriga: GlasNet ni, Relkomni, Demosni, Sovam Teleport ni kiritishimiz mumkin. CHet eldagi eng yirik provayderlar bu– CompuServe va Amerika - Online hisoblanadi. Provayderlarning darajasi, ixtisosligi va boshqa omillariga qarab, kompaniyalarning xizmat turlari va xizmat xaqlari farqlanadi.
SHunday qilib Internet ga ulanish degani bu:

  • Modemga ega boʻlish va kompyuterga uni ulash;

  • Provayder bilan shartnoma tuzib, u bilan telefon tarmog’i yoki alohida boshqa aloqa kanali orqali muloqot oʻrnatish demakdir;

Internet qanday ishlaydi.

Yüklə 137,7 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin