G.H.To\'rayueva, D.H.Fayziyeva AXBOROT TIZIMLARI (o\'quv qo\'llanma) 2023
4 KIRISH Ma’lumki, hozirgi davrda O‘zbekiston Respublikasining barcha sohalarida ko‘plab axborot-kommunikatsiya texnologiyalari qo‘llanilmoqda. Ularni yaratish, faoliyat olib borish va keng tarqalishidan asosiy maqsad jamiyatning axborotlashtirish muammolarining еchimi hisoblanadi. Respublikamizning ijtimoiy va iqtisodiy rivojlanishida axborot kommunikatsiya texnologiyalari muhim o‘rin egallashini nazarga tutgan holda hukumatimiz tomonidan bir qator qonunlar, Prezident farmonlari va Vazirlar Mahkamasi qarorlari hamda vazirlik va idoralar tomonidan sohaning tashkiliyhuquqiy bazasini tashkil etuvchi me’yoriy hujjatlar ishlab chiqilgan. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining rivojlanishi turli tashkilot va korxonalarda axborot tizimlaridan foydalanish bilan uzviy bog‘liq. Shunday qilib, yangi axborot texnologiyalarini boshqaruv- chilar, mutaxassislar, texnik xodimlar uchun axborotni qayta ishlash, qarorlar qabul qilish hamda axborotlarni to‘liq va aniq ma’lumotlar bilan ta’minlashga yordam beruvchi zamonaviy axborot tizimlarini yaratish imkonini beradi. Inson, jamoa va tashkilotning samarali faoliyati ko‘p jihatdan axborotga egalik darajasi va undan samarali foydalanish imkoniyatiga bog‘liq. Boshqacha aytganda, biror to‘g‘ri qarorni qabul qilishdan avval axborotlarni to‘plash, qayta ishlash, tahlil qilish kerak. Istalgan sohada to‘g‘ri qaror qabul qilishda katta hajmdagi axborotlarni qayta ishlash zarurati mavjud, buni osonlashtirish uchun esa maxsus texnik va dasturiy vositalarni jalb etish mumkin. Buning natijasida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalariga tayangan yangi axborot tizimlarini yaratishga talab ortib bormoqda. Tashkilot, korxona yoki muassasalarning tashkiliy-huquqiy bazasidan qat’i nazar aynan dolzarb va aniq axborotga egalik bilan bir qatorda, ularga mos ravishda ushbu axborotlarni to‘plash, qayta ishlash va uzatishning samarali usul va uslublaridan foydalanish muvafaqqiyatning asosiy garovi hisoblanadi. Qo‘llanmada axborot tizimlari va texnologiyalarining asosiy elementlari va ularning faoliyatining nazariy jihatlari, ularning axborot, texnik, dasturiy ta’minoti, tashkiliy ta’minoti, shuningdek, axborot tizimlari va texnologiyalari iqtisodiyoti masalalari ochib
5 berilgan. Shuningdek, axborot xavfsizligi tushunchasi, tahdid turlari, himoya qilish usullari va vositalari tavsiflangan. Korxona va tashkilotlarning ma’lumot-huquqiy, boshqaruv, moliyaviy boshqaruv, avtomatlashtirilgan hujjat aylanishi, buxgalteriya hisobi, bank ishi kabi axborot tizimlarida zamonaviy amaliy axborot texnologiyalarining tuzilishi, funksionalligi, foyda- lanish imkoniyatlari ochib berilgan. Axborot texnologiyalari va tizimlarini loyihalash, ularni axborot bilan ta’minlash, amaliy dasturiy ta’minotni tanlashning asosiy masalalari ko‘rib chiqiladi. O‘quv qo‘llanmadan talabalar axborot va boshqarish tizimlari bilan bog‘liq bo‘lgan fanlarni o‘rganish jarayonida foydalanish mumkin. Taklif etilayotgan material korxonalarda axborot tizimlarini joriy qilish bilan shug‘ullanadigan keng doiradagi mutaxassislar uchun ham foydali bo‘lishi mumkin.