LABARATORIYA ISHI №4
Ishning borishi tartibi:
1.Soliq xizmati organlaridagi axborot tizimlari va texnologiyalarining tarkibi, tuzilishi va
vazifalari.
2.Soliq xizmati organlaridagi axborot tizimlari va texnologiyalarining vazifalari
3.Davlat soliq xizmati organlari ma’lumotlarini uzatishning korporativ tarmog‘i.
Soliq xizmati organlaridagi axborot tizimlari va texnologiyalarining tarkibi, tuzilishi va vazifalari.
. Hozirgdavrda fan va texnikada ko‘p qo‘llaniladigan tushunchalardan biri - tizimdir. Tizim-yunoncha so‘z bo‘lib, tashkil etuvchilardan iborat butunlik degan ma’noni anglatadi. Tizimlarni ularning turli belgilariga qarab turkumlash mumkin. Umuman olganda, tizimlar moddiy yoki mavhum bo‘lishi mumkin (mavhum - inson ongi mahsuloti).
Moddiy tizimlar, asosan moddiy obyektlar to‘plamidan tashkil topadi. Moddiy tizimlarda asosiy
o‘rinni ijtimoiy va iqtisodiy tizimlar egallaydi. Bunday tizimlarning xususiyatlaridan biri insonlar o‘rtasidagi va insonlar bilan jamiyat o‘rtasidagi munosabatlarni aks ettirishdir. Iqtisodiy tizimda soliq tizimi alohida o‘rin egallaydi.
Soliq tizimi – mamlakat doirasida (hududida) to‘lovchilardan (yuridik va jismoniy shaxslardan)
belgilangan tartibda olinadigan soliqlar, yig`imlar va boshqa to‘lovlar hamda ularning tarkibiy tuzilishiningshakl va uslublari yig`indisi.
Soliq sohasida mavhum tizimlar inson ongining mahsuloti bo‘lib, turli nazariyalar, bilimlr, hozirgi kunda soliqlar sohasida olib borilayotgan islohotlaridan iborat.Soliq xizmati organlari axborot tizimi ham , ham nomoddiy tizim unsurlarini ham o‘z ichiga oladi.
Soliq xizmati organlari axborot tizimlari – soliq organlariga yuklatilgan vazifalarni to‘liq va o‘z
vaqtida amalga oshirish maqsadida soliqqa oid axborotlar, ularni yig`ish, qayta ishlash va soliq, moliya hamda boshqaruv organlarini ma’lumotlar bilan ta’minlash uchun mo‘ljallangan texnik, texnologik va telekommunikatsiya vositalarining o‘zaro bog`langan majmuasidan iborot.
Soliq xizmati organlari axborot tizimi 3 bosqichdan iborat bo‘lib, ular:
1.Davlat soliq qo‘mitasi;
2.Davlat soliq boshqarmasi;
3.Davlat soliq inspeksiyasi.
Soliq idoralari ma’lumotlarini ishlashning yagona kompyuter tizimi soliq to‘lovchilar tarkibini
tahlil qilish, soliq tushumlari va boshqa to‘lovlarni bashoratlash, tushgan soliq to‘lovlarining o‘z vaqtidaligi va to‘liqligini tahlil qilish, tushgan soliq to‘lovlari bo‘yicha hisobot hujjatlarini shakllantirish, me’yoriyma’lumotnoma axboroti ma’lumotlari bazasini yuritish, xarajatlar smetasini rejalashtirish va uning bajarilishini nazorat qilish, soliq tizimida boshqaruvi amalga oshirish kabi masalalarni yechishga mo‘ljallangan. Ma’lumotlarni ishlashning yagona kompyuter tizimi axborot tizimining.
Bosqichlarigaqarab vertikaliga 3 tizim osti bo‘lagiga bo‘linadi, ular:
1.Respublika miqyosidagi ma’lumotlarni ishlashning yagona kompyuter tizimi;
2.Hudud miqyosidagi ma’lumotlarni ishlashning yagona kompyuter tizimi;
3.Tuman miqyosidagi ma’lumotlarni ishlashning yagona kompyuter tizimidan iborat
Har bir tizim osti bo‘lagida unga muvofiq amaliy dasturiy ta’minot qo‘llaniladi. Uchta vertikal
tizim osti bo‘lagining bog`lovchi bo‘g`ini bo‘lib - DSQ axborot texnologiyalarining
telekommunikatsiya tizimi hisoblanadi Gorizontaliga har bir tizim osti bo‘lagi dasturiy texnik majmualardan tashkil topgan.
Soliq tizimi axborot texnologiyasi soliq to‘lovchi obyekt va subyektlar, soliqlar va to‘lovlarning yig`ilishi, soliq qonunchiligini bajarilishi va soliq sohasida sodir etilgan huquqbuzarliklar bo‘yicha yangi ma’lumot olish maqsadida soliqqa oid ma’lumotlarni yig`ish, qayta ishlash va uzatish vositalari hamda usullar majmuasidan foydalanish jarayonidir ya’ni, axborotlargaishlov berish.jarayonidir.
Soliq tizimida axborot texnologiyasi soliq xizmati organlari oldiga qo‘yilgan masalalarni hal etish uchun ishlab chiqilgan maxsus algoritmlar asosida joriy etilib, ular to‘langan soliqlar va yillik tushumlar haqida ma’lumotlar statistikasini olib borish va tegishli organlarga uzatis, tushumlar dinamikasini tahlil qilish, boshqaruv qarorlarini qabul qilish uchun tahliliy ma’lumotlarni berish, tahliliy ma’lumotlar asosida hisobotlar tayyorlash masalalarini yechishga mo‘ljallangan. Soliq xizmati organlari axborot tizimlari va texnologiyalari axborotli texnologiyalarni yaratishning umumiy tamoyillariga asoslangan holda yaratilgan. Jumladan, umumtuzilmaviy tamoyil: Hujjatlar mazmunini va shaklini standartlashtirish va unifikatsiyalashtirish; Axborotlarni klassifikatsiyalashtirish va kodlashtirish; Bo‘g`inlar va tizimning bosqichlari o‘rtasida axborotni uzatish; Avtomatlashtirilgan tizim hamda u bilan bog`liq bo‘lgan axborot tizimlar o‘rtasida axborotlar almashish;
Dasturiy – texnik majmua va tizimli dasturiy ta’minotni unifikatsiyalash.
Texnik jihatdan amalga oshirish tamoyili:turli texnik platforma va muvofiq operatsion tizimga o‘tkazish imkoniyati;
foydalanilayotgan ma’lumotlar bazasi turiga bog`liq bo‘lmaslik;
tizimga telekommunikatsion kirish, tizim bo‘yicha ma’lumotlarni taqsimlash, arxiv va qidiruv tizimini yuritish, ma’muriy va boshqaruvlarni o‘z ichiga olgan texnik yechimning kompleksliligi; tizimning himoyalanganligi, ma’lumotlarni va tizimni himoya qilish bo‘yicha tashkiliy va texnik tomonlarining ishlab chiqilganligidan iborat.
Soliq tizimini boshqarishni takomillashtirish masalasi axborot texnologiyalari, iqtisodiy-
matematik usullarni keng joriy etish va ulardan foydalanish, soliq ma’muriyatchiligi jarayonida Axborot-kommunikatsiya vositalaridan keng foydalanish, barcha joylarda avtomatlashtirilgan boshqarish tizimlarini (ABT) rivojlantirish bilan ma’lum darajada hal qilinishi mumkin. Bu butuntizimni boshqarish samaradorligini keskin oshirish, rejalashtirishni ilmiy asosda tashkil etih,ichki imkoniyatlaridan to`laroq foydalanish imkonini beradi.
Dostları ilə paylaş: |