3. Davlat soliq xizmati organlari ma’lumotlarini uzatishning korporativ tarmog‘i.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1993 yil 3 avgustdagi ―O‘zbekiston Respublikasi soliq idoralarida ma’lumotlarga ishlov berish yagona kompyuter tizimini yaratish to’g’risidagi 338-sonli qarorini amalga oshirish maqsadida davlat soliq hizmatlari organlarida jorey etilgan ma’lumotlarni uzatish korparativ tarmog’ining maqsadi, umumiy va asosiy masalalarni, texnik talablari va asosiy modullari blan tanishib chqamzi. Davlat soliq xizmati organlaridagi ma’lumotlarni uzatish korpotariv tarmog‘ini joriy etishning asosiy maqsadlari quyidagilardan iborat:
Soliqlar yig`ilishini nazorat qilish bo‘yicha soliq inspektorlarining ish faoliyatini DSQning hamma bosqichlarida yanada samarali bo‘lishini ta’minlash; Har bir soliq to‘lovchi tomonidan to‘langan soliqlar bo‘yicha aniq ma’lumotlarni ko‘rsatish;
turli foydalanuvchilarning haqiqiy va to‘la ma’lumotlari bilan DSQda hamda undan tashqarida ta’minlash; soliq to‘lovchilar ma’lumotlarining daxlsizligini kafolatlash;
ma’lumotlardan kelajakda foydalanish uchun, ularni himoya qilish.
Davlat soliq qo‘mitasi ma’lumotlariga ishlov berishning yagona kompyuter tizimining
masalalari tarkibidagi umumiy (tipovoy) masalalar quyidagilardan iborat:
soliq to‘lovchilar tarkibini tahlil qilish;
soliq tushumlari va boshqa to‘lovlarni bashoratlash;
tushgan soliq to‘lovlarining o‘z vaqtidaligi va to‘liqligini tahlil qilish;
tushgan soliq to‘lovlari bo‘yicha hisobot hujjatlarini shakllantirish;
me’yoriy-ma’lumotnoma axboroti ma’lumotlari bazasini yuritish;
xarajatlar smetasini rejalashtirish va uning bajarilishini nazorat qilish;
kadrlar bilan, moddiy-texnik va ijtimoiy ta’minlash.
Dostları ilə paylaş: |