O„ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O„RTA MAXSUS TA‟LIM
VAZIRLIGI
JIZZAX POLITEXNIKA INSTITUTI
Eshonqulov Sh.U., Qarshiboyev N.A.
AXBOROT
XAVFSIZLIGI
fanidan (amaliy) mashg‗ulot uchun
O‟QUV QO‟LLANMA
Jizzax-2022
2
J
Axborot xavfsizligi.
Mualliflar:
JizPI ―Energetika va radioelektronika‖ fakulteti ―Ishlab
chiqarish jarayonlarini avtomatlashtirish va boshqarish‖ kafedrasi katta
o‘qituvchisi Sh.U. Eshonqulov., assistenti N.A.Qarshiboyevlar tomonidan
―Axborot xavfsizligi‖ fanidan o‘quv qo‘llanma, JizPI, 148 b.,
Jizzax-
2022.
Ushbu o‘quv qo‘llanma ―Axborot xavfsizligi‖
fanining tanlov fanlari
bo‘yicha tuzilgan bo‘lib, xavfsizlikning asosiy tushunchalari, ularning vazifalari,
maxfiy xabarlarning xavfsizligini ta‘minlash usullari bilan ishlash kabi
ko‘nikmalarni o‘z ichiga olgan. Bu fanni o‘qitishdan maqsad –
axborot
xavfsizligi profiliga mos, ta‘lim standartida talab qilingan bilimlar, ko‘nikmalar
va tajribalar darajasini ta‘minlashdir.
Ushbu o‗quv qo‗llanma ―Axborot xavfsizligi‖ fanini o‗qitishga
mo‗ljallangan bo‗lib, oliy ta‘limning 60711400 – Texnologik jarayonlar va
ishlab chiqarishni avtomatlashtirish va boshqarish (kimyo, neftkimyo va oziq-
ovqat sanoati), 60610300- Axborot xavfsizligi (sohalar bo‗yicha), 70610302 –
Axborot xavfsizligi (yo‘nalishlari bo‘yicha), 60610400
- Axborot xavfsizligini
boshqarish bakalavriat ta‘lim yo‘nalishida tahsil oladigan talabalar uchun
tayyorlangan. Ushbu o‘quv qo‘llanmada axborot xavfsizligini ta‘minlashning
asosiy tushunchalari,
ularning vazifalari, maxfiy xabarlarning xavfsizligini
ta‘minlash usullari jadal o‘sishi bilan tavsiflanadi. Kriptografiya,
kriptoanaliz,
kriptotahlil, kriptobardoshlilik, axborot xavfsizligi siyosati,
va usullarining
yutuqlari standart shifrlash algoritmlari asosida yaratilgan va kriptobardoshli
hisoblangan ayrim kriptotizimlar bardoshliligi bahosini katta savol ostiga
qo‘yilishiga sabab bo‘lmoqda.
Axborot
xavfsizligi, Axborot xavfsizligi mutaxassisligi kabi sohalarda
eng zamonaviy kodlashtirish usullari va OT(Operatsion tizim)da o‘rnatilgan
dasturiy vositalardan foydalanish kabi bir qancha mavzular yoritilgan
.
Ushbu o‘quv qo‘llanmadan oliy ta‘limda talabalarni o‘qitish jarayonida
foydalanish katta samara beradi deb hisoblayman va
uni ochiq nashrga tavsiya
etaman.
O‘quv qo‘llanma JizPI Bakalavrda ta‘lim oluvchi talabalar uchun o‘quv
jarayonida foydalanish uchun mo‘ljallangan.
Ushbu o‘quv-uslubiy qo‘llanma institut ilmiy-uslubiy kengashining qarori
bilan chop etishga tavsiya etildi (2022 yil ―26‖ ―yanvar‖ ―6‖ sonli bayonnoma).