Ызбекистон республикаси



Yüklə 1,29 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/39
tarix31.03.2023
ölçüsü1,29 Mb.
#91902
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   39
касбга йўллаш ўкув кўлланма



O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI 
OLIY VA O’RTA MAXSUS TA`LIM VAZIRLIGI 
SHaripov SHavkat Safarovich, Davlatov Karim,
Nasriddinova Gulchehra Salohuddinovna
KASBGA YO’NALTIRISHNING 
ILMIY-PEDAGOGIK ASOSLARI
O’QUV QO’LLANMA 
Magistratura mutaxassisligi:
5A142001 - Mehnat ta`limi metodikasi 
Toshkent – 2007 



SH.S.SHaripov, K.Davlatov, G.S.Nasriddinova.
Kasbga yo’naltirishning ilmiy-pedagogik asoslari. O’quv qo’llanma. –Toshkent, 
2007. 146 b. 
 
Mazkur o’quv qo’llanmada talabalarda umumiy o’rta ta`lim maktabi hamda o’rta 
maxsus, kasb-hunar ta`limi muassasalari o’quvchilarini kasbga yo’naltirishga 
muvaffaqiyatli rahbarlik qilish bo’yicha zarur bilim va ko’nikmalarni shakllantirish 
bo’yicha tavsiyalar berilgan. 
O’quv qo’llanma asosan mehnat ta`limi metodikasi mutaxassisligi bo’yicha tahsil 
olayotgan talabalarga mo’ljallangan bo’lib, shuningdek undan amaliyotchi 
o’qituvchilar, kasbga yo’naltirish muammolari bilan ilmiy izlanuvchilar va psixologlar 
ham foydalanishlari mumkin.
Pedagogika fanlari doktori, professor 
U.Nishonalievning umumiy tahriri ostida 
Taqrizchilar: 
Tolipov O’tkir Qarshievich – O’zPFITI direktor o’rinbosari,
pedagogika fanlari doktori, professor 
 
Muslimov Narzulla Alixanovich - TDPU Kasb ta`limi fakulteti
dekani, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent 
O’quv qo’llanma Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining 
Ilmiy Kengashi yig`ilishida ko’rib chiqilgan va nashrga tavsiya etilgan. 2007 yil 29 
martdagi 9-raqamli bayonnoma. 



KIRISH 
 
Magistrantlar uchun “Kasbga yo’naltirishning ilmiy-pedagogik asoslari” 
fanidan ushbu o’quv qo’llanmani yaratishdan maqsad va vazifalar “Ta`lim 
to’g`risidagi” Qonun va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”da belgilab berilgan 
vazifalarni ilmiy asoslarini ijtimoiy, iqtisodiy, pedagogik-psixologik nuqtai nazardan 
o’zlashtirish hamda amaliy jihatdan qo’llashga yo’naltirilgan. 
“Kasbga yo’naltirishning ilmiy-pedagogik asoslari” kursining asosiy maqsadi 
bo’lajak mutaxassislarni umumiy o’rta ta`lim maktabi hamda o’rta maxsus, 
kasb-hunar ta`limi muassasalari o’quvchilarini kasbga yo’naltirishga muvaffaqiyatli 
rahbarlik qilishdagi bilim va ko’nikmalarini shakllantirishdan iborat etib belgilangan. 
“Kasbga yo’naltirishning ilmiy-pedagogik asoslari” kursi belgilangan maqsad 
asosida talabalarni kasbiy tayyorlashning quyidagi vazifalarini hal etadi: 

ilmiy, pedagogik, tadqiqotchilik sifatlarini rivojlantirish; 

umumiy o’rta va kasb-hunar ta`limi muassasasida o’quvchilarni kasbga 
yo’naltirish faoliyatini tashkil qilish va unga rahbarlik qilishga tayyorlash; 

o’quvchilarni kasbga, kasb tanlashga va kasb-hunarga yo’naltirish ishida 
yangi axborot, innovatsion va pedagogik texnologiyalarini o’zlashtirish, zamonaviy 
metodlardan samarali foydalana olish maqsadlarini shakllantirish. 
“Kasbga yo’naltirishning ilmiy-pedagogik asoslari” kursi bo’yicha ma`ruza, 
amaliy va seminar mashg`ulotlari o’tilishida magistrantlar turli manbalardan 
foydalanib o’zlarining ilmiy izlanish va ilmiy pedagogik faoliyatlariga, ayniqsa ilmiy 
tadqiqotlar olib borishga o’zlarini tayyorlashlari maqsadga muvofiqdir. 

Yüklə 1,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   39




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin