Ызбекистон республикаси



Yüklə 1,29 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/39
tarix31.03.2023
ölçüsü1,29 Mb.
#91902
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   39
касбга йўллаш ўкув кўлланма

Kasbga yo’naltirish yoshlarga ularning qiziqish, layoqat, qobiliyatlariga va 
jamiyatning turli xil kasblarga bo’lgan ehtiyojiga muvofiq holda kasb tanlashga 
yordam beruvchi maqsadli faoliyatdir. U fanlararo rivojlanuvchi nazariya va 
amaliyotning birligi asosida vujudga kelib, o’quv-tarbiya jarayonida amalga oshiriladi. 
Bunda asosiy rolni nazariya egallaydi. YA`ni muayyan nazariya asosida u yoki bu 
g`oya shakllanadi, u amaliy ishni ilmiy-amaliy ishga aylantiradi. Nazariya faoliyat 


46 
kabi tez hosil bo’lib, yillar mobaynida rivojlanadi. Kuzatish va tadqiqot natijasida 
nazariya shakllantiriladi va u asosiy faoliyatni ixchamlashtirishga xizmat qiladi. 
Kasbga yo’naltirish nazariyasi kasb-hunarga yo’naltirish faoliyatini samarali 
tashkil etishga qaratilgan turli xil qarashlar majmuasi, g`oyalar va tasavvurlar 
yig`indisi bo’lib, u ayni vaqtda ikki jarayonni bir-biriga bog`liqligi qonuniyatlari 
to’g`risida to’liq tasavvur beradigan ilmiy bilimlarni tashkil etish shakli, yoshlarni 
shaxsiy qiziqishlari, layoqat va qobiliyatlariga mos keladigan, jamiyat uchun zarur 
kasblarga yo’llashdir. 
Kasbga yo’naltirish nazariyasining tarkibiy qismlariga: dalillar, qonuniyatlar 
va tamoyillar kiradi.
Kasbga yo’naltirishda ilmiy metodlar asosida olingan ishonchli dalillar juda oz 
bo’lishi sababli, bu boradagi muhim vazifalar yangi dalillarni yig`ish hisobiga, bir yoki 
bir necha farazlar yordamida amalga oshiriladi. Masalan, har bir hududda yoshlarni 
ma`lum bir kasbni tanlashlariga ta`sir ko’rsatadigan o’ziga xos omillar mavjud.
Kasbga yo’naltirish nazariyasining ikkinchi tarkibiy qismi - qonuniyatlardir. 
Qonuniyatlarni bilish ilmiy tadqiqotning asosini tashkil etadi. Topilgan qonuniyatlar 
fanning maxsus tilida kasb-hunarga yo’naltirish tushunchasini boshqa fanlarga oid 
tushunchalar bilan o’zaro aloqadorligini ma`lum aniqlikda ifodalaydi. 
Har bir nazariyaning rivojlanganlik darajasi faoliyat asosidagi mavjud tamoyillar 
tarkibi va sifati bilan aniqlanadi. Kasbga yo’naltirish tamoyillarini belgilashda 
quyidagilarga e`tibor qaratiladi: 
- onglilik; 
- muvofiqlik (shaxs qiziqishlari qonuniyatlari bilan jamiyat uchun zarur bo’lgan 
kasblarga nisbatan ehtiyojning mos kelishi);
- kasb tanlash faolligi; 
- rivojlantirish (ushbu tamoyil kasbning shaxs rivojlanishiga xizmat qilishi 
lozimligi haqidagi g`oyani o’zida aks ettiradi). 
SHuningdek, kasb-hunarga yo’naltirishda boshqa bir qator tamoyillar guruhi ham 
mavjudki, ular umumpedagogik tamoyillar bilan uzviy aloqada ifodalanadi. Bular 
quyidagilardan iborat: 


47 
- kasb-hunarga yo’naltirishning hayot bilan, mehnat va amaliyot bilan bog`liqligi; 
- kasb-hunarga yo’naltirishning yoshlar mehnat tayyorgarligi bilan bog`liqligi; 
- mehnat ta`limi va tarbiyasining yaxshi yo’lga qo’yilishi; bunda o’quvchilarning 
texnikaviy ijodkorligini tashkil etish, ularning ijtimoiy foydali, unumli 
mehnatidan mohirlik bilan foydalanish kerak.

Yüklə 1,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   39




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin