49
tizimidagi turli yo’nalish bo’yicha olib borilgan ishlarning sifatiga bog`liq.
Kasbga yo’naltirish tizimining asosiy tarkibiy qismlari: kasblar to’g`risida
nazorat, dastlabki kasbiy tashhis, kasb tanlashga oid maslahatlar, kasb-hunarga saralab
olish, ijtimoiy-kasbiy muvofiqlik, kasbiy tarbiya kabilardan iborat.
Kasblar to’g`risida axborot berish o’quvchilarni turli xil mehnat turlari, kasblar
shajarasi, kasblarning o’ziga xos xususiyatlari, xalq xo’jaligi jumladan, ular
yashayotgan hududning kadrlarga bo’lgan ehtiyojlari, eng yaqin joylashgan
kasb-hunar kollejlari va ularda tayyorlanayotgan mutaxassisliklar tavsifi bilan
tanishtirishni o’z ichiga oladi. Kasblar haqida tartibsiz ma`lumot bermaslik uchun
o’quvchilar oladigan bilimlarni ma`lum bir tizimga solish lozim. Kasblar haqida
axborot berish o’quvchilarning yosh va individual xususiyatlarini hisobga olgan holda
olib borilishi zarur.
Dostları ilə paylaş: