Ызбекистон республикаси


Kasbga oid maslahatlarning maqsadi



Yüklə 1,29 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/39
tarix31.03.2023
ölçüsü1,29 Mb.
#91902
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   39
касбга йўллаш ўкув кўлланма

Kasbga oid maslahatlarning maqsadi o’quvchilarga o’rta maxsus kasb-hunar 
ta`limi muassasalari yo’nalishlari bo’yicha ta`lim turini tanlashlariga yordam 
berishdan iborat bo’lib, ularning qiziqishlari, moyilliklari, qobiliyatlari va boshqa 
xususiyatlarini o’rganishga tayanadi va quyidagi bosqichlarda amalga oshiriladi: 
Dastlabki 
kasb-hunarga 
oid 
maslahatni 
sinf 
rahbari, 
o’qituvchilar, 
psixolog-pedagoglar, mehnat ta`limi o’qituvchilari amalga oshiradilar. Ular 
o’quvchilarning kasb-hunar tanlashga oid dastlabki mulohazalari bilan tanishadilar. Bu 
boradagi niyatlar o’quvchilarning shaxsiy layoqatlari, qobiliyatlari, sog`liqlariga qay 
darajada mos kelish-kelmasligini muhokama qiladilar. Muhokama xulosasi 
yakkama-yakka suhbat paytida o’quvchilarga ma`lum qilinadi. Niyatning to’g`riligi 
ma`qullanadi yoki kasblarga oid axborot-ma`lumot natijalarini o’rganish haqida 
maslahat beriladi. 
Kasblarga oid axborot-ma`lumot maslahat dastlabki maslahat natijalariga 
qarab beriladi. Mazkur ma`lumotlar quyidagi yo’nalishlarni o’zida jamlaydi: kasblar 
tasnifi, kasblar professiogrammalari, psixogrammalar, hududning qaysi kasblarga 
ehtiyoji borligi to’g`risidagi axborotlar. O’quvchi ushbu ma`lumotlar asosida o’zini 
qiziqtirgan, jamiyat uchun zarur bo’lgan kasbni tanlaydi. 
Kasbga oid boshlang`ich shakllantiruvchi maslahatda o’quvchining bundan 


50 
oldingi bosqichlarga oid olgan bilimlari, mehnat va kasb ta`limiga doir dastlabki 
ko’nikma va malakalarning shakllanganlik darajasi aniqlanadi va zarur maslahatlar 
beriladi. 
Kasbga oid muvofiqlashtiruvchi maslahatda oldingi bosqichlarda o’tkazilgan 
tadqiqot, tashhis natijalari va individual psixofiziologik xususiyatlariga qarab o’quvchi 
tomonidan noto’g`ri tanlangan kasbiy ta`lim turidan uning shaxsiy ko’rsatkichlari, 
kasb-hunarga yaroqliligi, layoqatiga mos kasb ta`limiga muvofiqlashtirish 
maslahatlari beriladi. 

Yüklə 1,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   39




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin