Ызбекистон республикаси



Yüklə 1,29 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə14/39
tarix31.03.2023
ölçüsü1,29 Mb.
#91902
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   39
касбга йўллаш ўкув кўлланма

Kasbiy tarbiya shaxsni shakllantirish jarayonidir. Tarbiyaning tarkibiy 
qismlariga: mafkuraviy, ekologik, mehnat, axloqiy, jismoniy, aqliy va estetik 
tarbiyalar kiradi. Kasbiy tarbiya dars va darsdan tashqari faoliyat jarayonida amalga 
oshirilib, kasbni o’zlashtirish bo’yicha o’quv-tarbiya jarayonini pedagogik yo’naltiradi. 
SHunday qilib, kasbiy tarbiyaning bosh maqsadi o’quvchilarning mehnatga va kasbiy 
faoliyatga bo’lgan ehtiyojlarini shakllantirishdan iboratdir. 
Kasbga yo’naltiruvchi xonalar – maktabda o’tkazilayotgan kasbga yo’naltirish 
ishlarining markazi bo’lib, quyidagi vazifalarni bajaradi: 
- o’quvchilarni xalq xo’jaligi tarmoqlari va mehnatning kasbiy bo’linishi bilan 
tanishtiradi; 
- ishlab chiqarish kasblarini targ`ib qiladi,
- maktablarni bitirib chiqqan yigit va qizlarni ishga joylashtirish to’g`risida, 
o’quv yurtlariga talabalar qabul qilish qoidalari haqida axborotlar beradi. 
Kasbga yo’naltiruvchi maktab xonalarining faoliyati quyidagilardan iborat: u 
o’quvchilar uchun metodik sektsiyalar, kengashlar va konferentsiyalar, seminarlar 
tashkil qiladi, ma`ruzalar o’qishni uyushtiradi, tematik konferentsiyalar, kasb-hunar 
kollejlari va akademik litseylar, bazaviy hisoblanadigan korxonalarga tematik 
sayohatlar tashkil qiladi, ilmiy-texnikaviy filmlarni va o’quv filmlarini namoiy qiladi, 
o’quvchilar bilan ishlash metodlari to’g`risida sinf rahbarlari uchun, maktab shifokori 
va o’smirlarning shifokori uchun doimiy ishlaydigan va davriy ko’rgazmalar, 
seminarlar, ota-onalar uchun ma`ruzalar uyushtiradi, maktablar uchun kasbga 
yo’naltirishga oid metodik materiallar tayyorlaydi va yuboradi, kasbga yo’naltirishga 
doir tavsiya etiladigan adabiyotlarning ro’yxatini tuzadi. 


53 
Kasbga yo’naltiruvchi maxsus xonalarda stendlar, ko’rsatmali qurollar bo’lishi 
lozim. 
Kasbga yo’naltirish ishini amalga oshirishda boshqaruv tizimi xodimlarining 
malakasini oshirish masalasiga muhim o’rin beriladi. Boshqaruv tizimini kasbga 
yo’naltirish rahbar hoimlarining mazmun jihatidan xilma xil ishlari asosiy o’rin olishi 
lozim. 
Kasb tanlashga ijobiy ta`sir o’tkazayotgan maktab o’qituvchilari va 
ota-onalarning roli ancha oshdi. Biroq shuni ham tan olish kerakki, 8-9 sinflarning 
talaygina o’quvchilari moddiy ishlab chiqarish sohasidan tashqari kasblarni tanlashni 
orzu qilmoqdalar. 
Tahlil ma`lumotlari shuni ko’rsatadiki, maktab, oila va ishlab chiqarish jamoalari 
birgalikda sobitqadamlik bilan ish olib borganliklari tufayli o’quvchilarning ishchi 
kasblarini egallashga ijobiy munosabatda bo’lishi o’sib bormoqda va kasbga bo’lgan 
qiziqishlar barqarorlashmoqda.
Mehnat ta`limi darslarining qo’yilishi yaxshilanganligi, ustaxonalarning ishlab 
chiqarish – o’quv, asbob-uskunalari bilan ancha to’ldirilganligi, kasbga 
yo’naltirishning faol metodlaridan foydalanilganligi, bitiruvchi o’quvchilarning kasb 
tanlashga mas`uliyatni sezib munosabatda bo’layotganliklari ishchi kasblari nufuzini 
40 foizdan 80 foizgacha ko’tarish imkonini berdi. 
Amaliy mashg`ulotlarning birmuncha mazmunli va qiziqarli tashkil etilganligi 
hamda maktabda, o’quv ishlab chiqarish kombinatida va bazaviy korxonalarda 8-9 sinf 
o’quvchilarining unumdor mehnati uchun yaxshi moddiy baza yaratilganligi tufayli 
ana shunday ahvolga erishish mumkin. 
YUqori sinf o’quvchilarining hayotiy rejalarini o’rganish maktab va yoshlar 
tashkiloti butun jamoaning ishi bo’lib, onglilik, mustaqillikni tarbiyalash va kasbiy 
ahamiyatga molik qiziqishlarni shakllantirish maktablarni bitirib chiquvchi yoshlarga 
pedagogik yordam berishni ko’zda tutadi. 
YOshlarni asosiy qismini akademik litsey va kasb-hunar kollejlariga hamda 
ayrimlarini ishga joylashtirish tajribasidan shu narsa ma`lumki, o’quvchilarning 


54 
hammasi to’qqizinchi sinfni tamomlaganlaridan so’ng o’qishni asosiy qismi: 15% 
akademik litsey, 85% kasb-hunar kollejlarida davom ettirmoqchilar. 
SHunday qilib, maktab o’quvchilarini faol kasbga yo’naltirish ishi bilan bog`liq 
holda mehnatga tayyorlashning asosiy bosqichlari: 
- mavjud bilimlarni barqaror qiziqishlar va umumiy manfaatni ko’zlab mehnat 
qilish istagi manbaiga aylantirishga; 
- har bir maktab o’quvchisining mehnat ahamiyatini va mamlakat turmushida 
uning rolini chuqur anglashiga; 
- o’quvchilarda avvalo bo’lg`usi kasbni tanlashga samarali psixologik ta`sir 
o’tkazadigan mehnat malakalarini rivojlantirishga; 
- maktab o’quvchilarida kasb jihatidan muhim shaxsiy xislatlarini 
(mustaqillikni, tashabbusni, jamoa oldida mas`uliyat hissini sezishni, erga, korxonaga, 
jonajon o’lkaga muxabbatni) tarbiyalashga ko’maklashmoqda. 
Tushuntirish ishini tsexda, dastgoh yonida, ta`mirlash ustaxonasida, 
mexanizatsiyalashgan chorvachilik fermasida, texnik xizmat ko’rsatish punktlaridagi 
unumdor mehnatda o’quvchilarni faollashtirish bilan qo’shib olib borish ishchi 
kasblarini tanlashdagi psixologik to’siqni bartaraf etishning asosiy vositasidir. 
Respublika yoshlarni kasbga yo’naltirishni boshqarish tizimining tarkibi quyidagi 
bosqichlar bo’yicha rivojlanadi: 
1-bosqichda. Kasbga yo’naltirishning samarali shakl va metodlarini izlash. 
Amaliy faoliyatini asosan tuman doirasida maktab va kasb-hunar kollejlarida olib 
boriladi. Umumiy ta`lim maktablari va kasb-hunar kollejlarida kasbiy yo’naltirish 
bo’yicha kengashlar, uchrashuvlar, kechalar, bahslar tuman xalq ta`limi bo’limlari 
huzurida esa kasbga yo’naltiruvchi kengashlar tashkil qilinadi. Qishloq yoshlarini 
dehqonchilik fermerlar kasblariga yo’naltirish borasida maktab, qishloq kasb-hunar 
kollejlari jamoa va davlat xo’jaliklarini birgalikda ishlashiga asos solinadi. 
2-bosqichda. Respublika miqyosida boshqaruv tizimi bo’g`inlarini shakllantirish 
harakatlari amalga oshadi. Kasbga yo’naltirish bo’yicha respublika, viloyat, shahar va 
tuman kengashlari, o’quvchilar orasida kasblar bo’yicha musobaqalar tashkil qilinadi. 


55 
3-bosqichda. Kasbga yo’naltirish bo’yicha amaliy faoliyatning mazmuni va 
metodlari takomillashtiriladi. Arxivdagi tegishli materiallar o’rganiladi. Bu tadbirlar 
boshqaruvning barcha bo’g`inlarida kasbga yo’naltirish ishlarini muayyanlashtirish 
imkonini beradi. 
Natijada, respublikada tarkib topgan kasbga yo’naltirish boshqaruvi tizimining 
umumlashtirilgan sxemasini tuzish va uni taxlil qilish asosida quyidagi xulosalarni 
chiqarish mumkin bo’ladi: 
Birinchidan, barcha tarmoq vazirliklari, idoralar, o’quv muassasalari, shulardan: 
maktablar, kasb-hunar kollejlari, akademik litseylar kasbga yo’naltirish tizimiga 
qamraladi; 
Ikkinchidan, 
kasbga 
yo’naltirish 
ishlarining 
barcha 
bo’g`inlari 
muvofiqlashtiriladi va ularning o’zaro aloqasi yo’lga qo’yiladi; 
Uchinchidan, boshqarishning har bir bo’g`iniga yuklangan vazifalar aniqlanadi. 
Pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot institutida, Respublika ta`lim markazida 
mehnat ta`limi va boshqa bo’limlar faoliyat yuritmoqda. 
Kasbga yo’naltirish bilan shug`ullanuvchi yangi tuzilgan va qayta tashkil qilingan 
bo’limlarning vazifasi tuman, viloyat va respublika miqyosida rahbarlikning tashkiliy 
tajribalarini umumlashtirishdan, kasbga yo’naltirish boshqarmasi bo’g`inlari ishini 
kuchaytirishning tashkiliy-metodik tadbirlarini ishlab chiqish va tajribada tekshirib 
ko’rishga yo’naltirilgan. 
SHu tariqa respublikada kasbga yo’naltirishning boshqarish tizimining tarkib 
topishi va rivojlanishi xalq xo’jaligini malakali kadrlarga talab-ehtiyojini hisobga olib, 
kasb tanlashda o’g`il va qizlar yordam berishi: kasbga yo’naltirish ishini rejalashtirishi, 
uning mazmunini belgilash, vazirliklar, idoralar, muassasalar, korxonalar bilan birga 
ta`lim 
muassasalarining 
birgalikdagi 
kuch-g`ayratlarini 
muvofiqlashtirishga 
qaratilgan. 
Kasbga yo’naltirishni ilmiy boshqarishni hukumat, korxonalar va tashkilotlarning 
ishchi reja asosida tayyorlash va yoshlarni ishchi kasblariga yo’naltirish sohasidagi 
harakatlari tizimi deb hisoblash lozim. SHu boisdan kasbga yo’naltirish ishining 
tashkilotchilari faqat tarmoqlarning emas, balki ayrim korxonalarning ham kadrlarga 


56 
talab-ehtiyojlarini bilishlari va shu haqda maktablar va o’qituvchilarga axborot berib 
turishlari, amaliy tadbirlar dasturini ishlab chiqishlari va uni bajarish uchun kuch va 
mablag`larni safarbar etishlari, boshqaruv tizimining barcha bo’g`inlarida nazorat 
o’rnatishlari va ularga yordam berishlari lozim. 
Bu borada maktab bitiruvchilari uchun mehnat va kasbgacha tayyorgarlik 
yo’nalishi (soha va kasbkorlik) bo’yicha o’qish va ishga joylashtirish imkoniyatlari 
kengroq. 
Mehnat va kasbgacha tayyorgarlikni o’qituvchilar, muhandis-muallim
usta-hunarmandlar bilan ta`minlash va ularni kasbiy va shaxsiy imkoniyatlarini 
oshirishga sharoitlar mavjud. 
YUqoridagilarni hisobga olgan holda mehnat ta`limi, tarbiyasi va kasb tanlash 
ishlari quyidagi bosqichlar asosida rivojlanadi: 
1-bosqich. Bu davrda davlatning yangi iqtisodiy munosabatlarga o’tish siyosatida 
muhim zveno bo’lib maydonga chiqadigan mehnat ta`limi, tarbiya va kasb tanlash 
ishlari uyg`unlashgan tizimi uchun ximoyaviy chora-tadbirlar talab qilinadi. Mehnat 
ta`limi, tarbiya, kasb tanlash ishlarining bu davrdagi asosiy vazifalaridan biri mehnat 
bozorini malakali raqobatbardosh ishchi kuchi bilan ta`minlash, mazmunini 
muvofiqlashtirish, o’quvchilar uchun ma`lum darajada ijtimoiy kafolatlarni amalga 
oshirishdir. 
2-bosqich. Iqtisodiy vaziyatning barqarorlashtirilishi va rivojlangan mehnat 
bozori shakllanishining boshlang`ich davri bilan xarakterlanadi. Ikkinchi bosqich 
davomida tajribalar jarayonida sinovdan o’tkazilib ma`qullangan yangi turdagi 
maktablar, maktablararo o’quv-ishlab chiqarish kombinatlari, mehnat va gimnaziyalar, 
bozorning aniq ehtiyojlarini qondirish hamda uzoq maqsadlarga qaratilgan mehnat va 
kasbkorlik ta`limining yangi ko’rinishlari faoliyati huquqiga ega bo’lish va real keng 
qo’llash lozimdir. 
3-bosqich. Respublikada bozor munosabatlarini uzil-kesil barpo etish davriga 
mos keladi. 
Bu o’rinda xalq ta`limining mukammalligi, o’qish-o’qitish ishlarini mustaqillik 
talablari asosida isloh qilish va yaxshilash, yangi avlod ta`lim-tarbiyasining ma`no va 


57 
mazmunini kengaytirish uchun bilimdon, mustaqillik g`oyasi, mafkurasi va 
ma`naviyati bilan qurollangan o’qituvchi-xodimlar tayyorlash zarurligini hamisha 
esda tutish zarur. SHu vazifa va muammolarni hal etish to’g`risida O’zbekiston 
Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov shunday deydi: ―nafaqat umumiy ma`lumot va 
tarbiyani, balki kadrlarning kasbkorga yo’nalish olishini, ularni tayyorlash – qayta 
tayyorlash va malakasini oshirishni o’z ichiga oluvchi yagona uzluksiz milliy ta`lim 
tizimini yaratish vazifasi qo’yilmoqda‖
1

Bu borada magistrantlar qayd etilgan fikrlarni o’zlarining izlanishi va magistrlik 
dissertatsiyalarida boyitib, kengaytirib va chuqurlashtirib ifodalaydilar. Unda 
o’quvchilarni kasbga yo’naltirish, kasb tanlash, tanlagan kasbiga moslashtirish 
jarayonida ―kasbiy layoqat va uni tiklanish muassosi‖ga e`tiborni qaratishlari lozim. 
Ilmiy-pedagogik tadqiqotlarning metodologik tamoyillari: insonparvarlik, fanlararo 
aloqa, asoslanganlik va isbotlilik, tadqiqotlarda evristik va nazariy izlanishlar 
nisbatining o’zaro mutanosibligi o’z aksini topishi lozim. 
Magistrantlarni o’qitish texnologiyasida muhim o’rin egallashi lozim bo’lgan 
o’quvchilarni kasb-hunarga yo’naltirilishida pedagogik madaniyat, umuman 
madaniyatda bo’lganidek, predmet hosila va texnik-texnologik jihatlar mavjudligiga 
batafsil to’xtash lozim, shunda mazkur mavzuning ko’p echimlari o’z javobini topadi. 

Yüklə 1,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   39




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin