Ызбекистон республикаси



Yüklə 1,29 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə22/39
tarix31.03.2023
ölçüsü1,29 Mb.
#91902
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   39
касбга йўллаш ўкув кўлланма

 
1-jadval. 
Maishiy xizmat ko’rsatish sohani, uning tarmoqlarini, korxonalarini o’rganish 
jarayonida o’quvchilarni mazkur sohaga tegishli kasblarni tanlashga yo’naltirish 
Maishiy xizmat tarmoqlari 
Aholiga uy-ro’zg`or 
yuzasidan xizmat 
ko’rsatish 
Savdo xizmati 
Umumiy ovqatlanish 
xizmati 
Maishiy xizmatga mansub 
kasblar 
* sartaroshlik 
* oshpaz 
* tikuvchi 
* sanoat mollari sotuvchisi * kulinar 
* xammom va kir yuvish 
qabulchisi 
* oziq-ovqat mollari 
sotuvchisi 
* qandolatchi 
* teleradio ustasi 
* molshunos ta`minotchi 
* ofitsiant 
* yotoqxona navbatchisi 
* shef-oshpaz 
* kassir 
* oshxona rahbari 
* oshxona xizmatchisi 
SHu tarzda bolalarni oiladagi mehnat qilish ―ota-kasb‖ tizimidagi kasblarni 
tanlashga olib keladi. Bu holat bolalarni mehnatga jalb etish asosida kasb tanlashga 
qisman foydalaniladi: qishloq holatidan ko’ra – shaharda yashovchi bolalarning 
yarmidan ko’pi doimiy mehnat topshirig`iga ega emaslar hamda oila sharoitidan kelib 
chiqib kasb tanlashga imkoniyatlari cheklangan. 
SHunga qaramasdan, oila sharoitidan kelib chiqqan holatda, bolalarga 
mehnatsevarlikni shakllantirish, mehnatning hamma turi qo’lidan keladigan ish 
mazmunini bajarishda mehnatga va kasb tanlashga qiziqishlarini rivojlantirish bilan 
chambarchasuzviy bog`langan.Bu borada, muntazam qiziqish bolalarni faollikka, 


81 
ijodga, yaxshi sifatli natijaga erishish uchun kuch jamlashga undaydi. Kichik yoshdagi 
bolalarning mehnatini tashkil qilishda quyidagilardan kelib chiqish kerak: mehnat ular 
uchun quvonchli hissiyotlar bilan to’la qiziqarli jarayon sifatida namoyon bo’lishi 
lozim. 
Kasbga yo’naltirishda mehnat resurslarini hududiy xususiyatlarini hisobga 
olmaslik natijasida bir necha kamchiliklarga yo’l qo’yilishini kuzatishimiz mumkin: 
1. O’quvchilar u yoki bu kasbdagi odamga munosabatni kasbning o’ziga bo’lgan 
munosabat bilan bir xil deb qaraydilar. Muayyan odam, uning yuksak ma`naviy 
xislatlari, aql-farosati, dadil ishlari o’quvchiga ma`qul bo’ladi. Bunday qoyil qolish 
beixtiyor sevimli qaxramon shug`ullanayotgan ishga ham o’tiradi. Binobarin, o’smir 
unga taqlid qilish yo’lidagi muddaosiga qandaydir axloqiy xislatlardagina unga 
o’xshash bo’lishni emas, balki o’zini ham ana shu kasbga bag`ishlashni istaydi. Bunda 
o’quvchi o’sha ma`naviy fazilatlar boshqa ishda ham namoyon bo’lishi mumkinligi 
haqida o’ziga ko’pincha hisob bermaydi. Badiiy adabiyotlardagi, kinofilmdagi 
qahramonlar ko’pincha ana shunday munosabatni tug`diradi, tanish-bilishlaridan, 
qarindosh-urug`lardan birontasi, chunonchi o’qituvchilar taqlid qilish uchun ko’pincha 
namuna bo’lib xizmat qiladilar. 
Taqlid qilish uchun o’qituvchi namuna bo’lgan chog`da o’quvchi unga bo’lgan 
yaqinligi, mehribonligi u o’qigan fanga ham tadbiq etadi. SHunday ham bo’ladiki, 
masalan, o’quvchida biologik fanlarga bo’lgan qiziqish, havas aniq -ravshan ko’rinib 
turadi, lekin unga adabiyot o’qituvchisi yoqqanligi uchun u o’zining butun fikr-zikrini 
adabiyot bilan bog`laydi. 
2. O’quv fanini kasb bilan bir xil deb tushunish. O’smir maktabdagi fanlarni 
o’zlashtirishdagi muvaffaqiyatlariga asoslanib, ko’pincha bo’lg`usi kasbni belgilaydi. 
O’quvchiga adabiyot yoqib qolgan bo’lsa, bu u adabiyotni amaliy jihatdan qo’llanish 
bilan bog`liq bo’lgan kasblar to’g`risida tasavvurga ega bo’lmasa ham adabiyot 
mening sevgan fanim, deydi. U kasbni emas, balki bilimning o’zini qiziqturuvchi 
sohasinigina tanlaydi, bu sohada nimani istayotganini va nima qilish mumkinligini 
mutlaqo tasavvur qilmaydi. 


82 
3. Kasbni tashqi jihati bilangina qiziqish. O’smirlarni romantika bilan yo’g`rilgan 
kasblar qiziqtiradi. Ular uchuvchi, geolog, ixtirochi bo’lishni orzu qiladilar. Bu - 
mutlaqo tabiiy hol, albatta. Lekin o’quvchilar ko’pincha o’zlarini qiziqtirayotgan 
kasblarning faqat romantik jihatlarinigina ko’rib, shu kasblarga xos bo’lgan 
qiyinchiliklarni bilmaydilar. 
CHunonchi, geolog kasbida o’quvchilarni ko’pincha sayohat qilish imkoniyati 
qiziqtiradi, ammo ular geologning kundalik og`ir ishini: uzoq vaqt davomida 
mashaqqatli kuzatishini, juda aniq o’lchashlar bilan shug`ullanishzarurligini, turli 
joylarda o’sha bir xil qidiruv ishini oy sayin takrorlash kerakligini esdan chiqarib 
qo’yadilar yoki bilmaydilar. 
O’quvchi kasbi esa ko’pincha turli jasoratlar, odatdan tashqari tez parvozlar, 
qahramonona qutqaruv ekspeditsiyalari, dadil uchishlar va shu kabilar haqidagi 
tasavvurlar bilan bog`langan. Holbuki, uchuvchilar avvalo va hammadan ko’proq 
yo’lovchi, yuk va bagaj tashish bilan shug`ullanadilar, o’quvchining faoliyati esa 
shoferning ishini eslatadi. 
O’quvchilar u yoki bu kasb to’g`risidagi o’z romantik tasavvurlarigagina amal 
qilib, kasb egallashga o’zlarini jiddiy tayyorlamaydilar va natijada maxsus o’quv 
yurtlarida yoki tajribada kasb qiyinchiliklariga duch keladilar. 
4. Mehnatning aqliy mazmuni aqliy mazmuni ba`zi kasblarda, ayniqsa ommaviy 
kasblarda o’sish imkoniyatlari haqidagi noto’g`ri tasavvurning mavjudligi navbatdagi 
kamchilikdir. YOshlarimiz, odatda, engil yo’llarni qidirmaydilar, balki ma`naviy 
xislatlarni, qobiliyatlarni, mahoratni rivojlantirish mumkin bo’lgan joylarda ishlashga 
harakat qiladilar. Bu esa juda soz, albatta. Lekin ayni shu sababdan maktab 
o’quvchilari jamiyatga zarur bo’lgan kasblar ijodiy, aqliy jihatdan o’sish uchun etarli 
darajada imkoniyat bermaydi, deb ana shunday kasblarni ko’pincha e`tiborsiz 
qoldiradilar. Kiyim tikishda zo’r qobiliyat ko’rsatayotgan qiz qanday bo’lmasin 
shifokor bo’lishni orzu qilishini, dastgohda yuksak mahorat bilan ishlayotgan yigit 
tokarlik kasbi haqida eshitishni ham istamayotganligi singari faktlarni ayni shu narsa 
bilan izohlash mumkin. 


83 
5. O’z qobiliyatlariga to’g`ri baho bera bilmaslik. O’quvchi biron ishni ado etishi 
uchun o’zida ko’proq qanday qobiliyat borligini ko’pincha aniqlay olmaydi, maktab 
esa bu borada unga kam ko’maklashadi. Biroq hamma joyda uning oldida barcha 
yo’llar ochiq ekanini, hammadan ko’ra ko’proq qiziqarli bo’lgan narsalarni qilish 
lozimligini unga ta`qidlayodilar. SHu boisdan kasbni umuman u tanlaydi: o’z 
xususiyatlari va imkoniyatlarini hisobga olmay, ko’proq yoki kamroq yoqadimi
baribir ma`lum kasbni tanlab oladi. 
SHunday hollar ham bo’ladi, o’smir chizgan surat va rasmlar o’rtamiyona bo’lsa 
ham u zo’r berib rassom bo’lishga yoki matematikani yaxshi bilmasa ham texnika 
ta`lim muassasalariga kirishga harakat qiladi. 
Afsuski, bunday holda kam emas. Ana shunday yoshlar turmushda omadsizlarni, 
notavon xodimlarning paydo bo’lishiga olib keladi. 
6. O’quvchilarning bu yoki bu kasbga zid bo’lgan o’z jismoniy xususiyatlari va 
nuqsonlarini nazar-pisand qilmaslik. Masalan, mayda ish (soat zavodida, aniq asboblar 
zavodida va shu kabi joylarda) bilan bog`liq kasblar uchun ko’rish organining zaifligi, 
transportda ishlash uchun to’g`ri kelmaydigan daltonizm xastaligi, o’smir geolog 
bo’lishni xoxolasa ham lekin yuragining zaif bo’lishi, radiolokatsiyada ishlashni 
tanlagan yoshlarning eshitish borasidagi kamchiligi, dengizda suzish va erdagi 
transportning ba`zi turlarini va shu kabilar ana shunday kamchiliklar jumlasidandir. 
O’smirlar o’zlari tanlagan kasblarga to’g`ri kelmaydigan bu nuqsonlarini bilmasliklari 
oqibatida mos bo’lmagan kasblar bo’yicha ishga yoki tegishli o’quv yurtlariga qabul 
qilmaganlarida juda ham xafa bo’ladilar, tushkunlikka tushadilar. 
7. O’rtoqlarining ta`siri bilan kasb tanlash. O’quvchi o’z istaklarini ro’yobga 
chiqarishni o’ylab ham ko’rmagan bir paytda uning sinfdosh o’rtoqlari kasb tanlash 
haqida fikr yuritadilar. O’quvchi bunda o’rtoqlaridan ajralib qolishni xohlamaydi, 
chunki ularning orzulari yorqin, jozibalidir. SHu tariqa ―men ular bilan birga bo’laman, 
chunki menga baribir‖ deydi. Keyinchalik esa u qiynala boshlaydi, azob chekadi: 
noto’g`ri kasb tanlaganiga pushaymon bo’ladi, o’zini qiziqtirmagan, o’ziga yoqmagan 
kasbda ishlayotganidan xafa bo’ladi. 


84 
8. Tasodifiy sabablar ta`siri ostida kasb tanlash. Ba`zi o’smir mexanika zavodi 
xonadonimizga yaqin bo’lgani uchun slesar bo’lib ishga kirdim, deydi. Ammo o’zi bu 
kasbni uncha yoqtirmaydi. Pedagogika kasb-hunar kollejiga kirishga tanlov uncha 
katta bo’lmaganligi uchun o’sha bilim dargohida o’qishga o’qishga qaror qildim, 
deyishadi ayrim yoshlar. Biroq ular o’qituvchi bo’lishni hayoliga ham keltirmagan 
bo’ladilar. Ba`zi yigit yoki qiz; laborant bo’lib ishga kirdim, chunki tanishlarim 
yordam qildi, deyishadi. Lekin bu ishning o’ziga manzur bo’lish-balmasligini sira ham 
o’ylashmaydi.
O’smirlarning etarli darajada tajribaga ega bo’lmaganliklari va katta yoshdagi 
kishilarning durust, malakali yordam bermaganliklari oqibatida kasb tanlashdagi 
bunday xatorlari oldini qanday qilib olish mumkin? 
Bunga faqat bir xil javob berish mumkin: bu borada katta yoshdagi kishilar bir 
maqsadga qaratib, mutassil, malakali yordam berishlari kerak. O’smirlar esa ana shu 
yordamga tayanib, kelgusidagi hayot yo’li to’g`risidagi masalani mustaqil hal qilishari 
lozim. Ommaviy maktab sharoitida ana shunday yordamni tashkil qilib, uning 
quyidagi asosiy vazifalarini nazarda tutish kerak. 
- V-IX sinflarning o’quvchilarida kasb tanlash masalasiga jiddiy va mas`uliyatli 
munosabatda bo’lishni tarbiyalash; 
- o’smirlarning qiziqishlari va qobiliyatlarini, fiziologik va psixologik 
xususiyatlarini hamda imkoniyatlarini o’rganish, har bir o’quvchi o’z hayotini 
bag`ishlashni istaydigan faoliyat sohasini belgilab olishida unga yordamlashish; 
- V-IX sinflarning o’quvchilari ana shu sinflarda to’rt yil mobaynida ta`lim olgan 
chog`larida ularni xalq xo’jaligimizning asosiy kasblari bilan asta-sekin tanishtirish, 
ularda asosiy kasblarning sohibi bo’lgan odamlar faoliyatining xususiyatlari 
to’g`risida to’g`ri tasavvurlarni shakllantirish, hozirgi vaqtda davlat, viloyat, nohiya 
g`oyat muhtoj bo’lgan ommaviy kasblarga katta qiziqish uyg`otish lozim. Buning 
uchun har bir o’quvchining qiziqtiradigan kasb bilan chuqur tanishtirish, tanlab 
olinadigan mehnat sohasida muvaffaqiyatli ishlashi uchun zarur bo’lgan malaka va 
xislatlarni hosil qilish, shu kasbga barqaror qiziqishni tanlagan faoliyatga o’xshash 


85 
bo’lgan ishda o’z imkoniyatlarini maktabdayoq tekshirib ko’rish istagini tarbiyalash 
yuzasidan puxta ishlashni tashkil qilish zarur. 
Korxona va tashkilotlar, jamoa xo’jaliklari va davlat xo’jaliklari mustaqil 
iqtisodiy munosabatlarni o’tishi va ularni mulkchilikning muayyan turi tashkil qilinishi 
hamda ishning boshqa shakllar joriy etilishi tufayli kasbga yo’naltirish muammolariga 
munosabatlarni o’zgartirish to’g`risidagi masala ham ko’ndalang bo’lib qolyapti. 
SHunga muvofiq tarzda kasbga yo’naltirish vazifasi va V-IX sinflarda o’quvchilarni 
kasb tanlashga tayyorlash ishi ham boshqacha tashkil etilishi lozim. Bunda barcha 
o’quvchilar kasblar bilar keng va puxta tanishtirilishi, qobiliyatlari va jismoniy 
imkoniyatlariga muvofiq ularning muayyan faoliyat turiga bo’lgan barqaror 
qiziqishlarini aniqlash, kasbga oid guruh tarzida va yakka tartibda maslahatlar 
o’tkazish, IX sinfni tamomlagandan keyin maxsus o’quv yurtlariga o’qishga kirishni 
xohlovchi yoshlarning o’quv yurtlarini tanlashida ko’maklashish lozim. 
X-XI sinflarda kasbga yo’naltirish ishi davom etadi, chuqurlashtiriladi va tobora 
ko’proq tabaqalashtiriladi. 
YAngi iqtisodiy tafakkur hukm surgan hozirgi sharoitda kasbga yo’naltirishida 
tarbiyaviy yondashuvning asosiy xususiyatini va bu sohada olib borilayotgan ishni 
umuman shaxsni shakllantirish ishini bir qismi, deb hisoblash kerak. Darhaqiqat kasb 
tanlash real voqelikdan ajralgan tasodifiy faoliyat emas. Yigit va qizning qanday 
qarorga kelishi va ular bu qarorni qanday qabul qilishi ko’pgina omillarga: 
damiyatning kadrlarga bo’lgan talab-ehtiyojlari muhimligiga, mazkur joyga ish 
kuchiga bo’lgan talablarga va ish sharoitlariga, xalq xo’jaligi uchun mutaxassislar 
tayyorlaydigan o’quv yurtlarining mavjudligiga va ular tanlovlarning kattaligiga 
bog`liq. O’quvchilar aloqada bo’lmayotgan odamlarning ta`siri ham katta ahamiyatga 
egadir. O’smirlarning hayot yo’lini belgilab berishda ota-onalarining roli naqadar katta 
ekanligi hammaga ma`lum. Ko’pincha o’quvchilar u yoki bu ishga do’stlari, o’rtoqlari, 
qarindosh-urug`lari, tanish-bilishlarning maslahati bila ukiradilar. Bu borada 
maktabning ta`siri ham kam emas. Nihoyat o’quvchilardan so’rash ko’rsatganidek, bu 
sohada ijtimoiy axborot vositalari: vaqtli matbuot, radio, televedinie, adabiyot katta rol 
o’ynaydi. 


86 

Yüklə 1,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   39




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin