Ызбекистон республикаси


Mavzu yuzasidan topshiriqlar



Yüklə 1,29 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə24/39
tarix31.03.2023
ölçüsü1,29 Mb.
#91902
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   39
касбга йўллаш ўкув кўлланма

Mavzu yuzasidan topshiriqlar 
1. 
―Maktab va hayot‖ ilmiy-metodik jurnali (2006 yil № 2)da chop etilgan 
―Iste`dod – inson kamoloti darajasi‖ maqolasidagi g`oya va fikrlarni ilmiy-pedagogik 
asoslari yuzasidan tajriba-sinov dasturini ishlab chiqib maktab va kollej sharoitlarida 
amalga oshirishni ta`minlash. 
2. 
Tajriba-sinovda ishtirok etgan o’quvchilar o’rtasida reyting o’tkazish 
uchun o’quvchilarga qaratilgan 15 ta og`zaki savollar, daftar yuritish, 15 amaliy va 15 
mustaqil ishga oid materiallar ishlab chiqish. O’quvchilarning bajarilgan har bir ish 
uchun quyidagi ballarni belgilash: 


98 

Og`zaki so’rashga – 5 ball; 

Daftar yuritish – 5 ball; 

Amaliy ish – 10 ball; 

Mustaqil ish – 15 ball. 
3. 
―Sinfdan va maktabdan tashqari kasbga yo’naltirish ishlari‖ yuzasidan 
ma`ruza matni tayyorlash. 
4. 
―Tajriba-sinov ishlarini tashkillashtirish va o’tqazish metodikasi‖ 
yuzasidan tabiiy hamda labaratoriya tadqiqotlarida izlanishni ta`kidlovchi faoliyatlarni 
ta`riflash hamda tajriba-sinov ishlarini tashkil etish metodikasini ishlab chiqish (aniq 
mavzu misolida). 
 
§ 9. KASBGA YO’NALTIRISHDA O’QUVCHI SHAXSIGA INDIVIDUAL 
YONDOSHISH METODIKASI 
Individual mustaqil ishlar kasbga yo’naltiruvchi mehnat o’qituvchilari, maktab 
psixologi va sinf rahbarlarining kasb tanlash masalalari yuzasidan metodik va 
psixologik adabiyotlarni, shuningdek kasbga yo’naltiruvchi ekskursiyalar tashkil 
qilishni o’z ichiga oladi. SHu maqsadda o’quv yilining boshida butun yilga 
mo’ljallangan shaxsiy reja tuzib chiqadilar. 
Kasbga yo’naltirishda o’quv materialini mazmuni fan va texnika taraqqiyotini 
hozirgi darajasiga mos ravishda o’quvchilarga tushunarli bo’lishi kerak. Bundan 
tashqari o’quvchilarni aqliy va jismoniy tayyorgarligini ham nazarda tutish kerak. 


99 
O’quvchilarning qiziqish va qobiliyatlarini turli anketa savollari va testlar yordamida 
ham aniqlasa bo’ladi. Quyida H.F.Rashidov, SH.T.Ergashev hamda S.Boltaboevlar 
tomonidan taklif qilingan o’quvchilarni kasbiy yo’nalganligini aniqlash metodikasini 
e`tiboringizga havola etamiz [10].
Ushbu metodikaga ko’ra sizga turli kasblar va mashg`ulotlarga oid savollar 
havola etiladi. Savollar tartiblangan bo’lib, javoblar varaqasidagi raqamlarga mos 
keladi. Siz o’z qiziqishlaringizni hisobga olgan holda har bir savolga bergan 
javobingizni 1,2,3 yoki 4 ball bilan baholashingiz lozim bo’ladi. Qo’yiladigan ballar 
quyidagicha izohlanadi: 
- Umuman qiziqarli emas - 1 ball; 
- Unchalik qiziqarli emas - 2 ball; 
- Qiziqarli - 3 ball; 
- Juda qiziqarli - 4 ball. 
Savollar ichida sizga notanish bo’lgan bir qator kasblar ham keltirilgan. Bunday 
hollarda siz ―ushbu kasblar haqida nimalarni bilasiz?‖ degan savolga taxminan javob 
berishingiz lozim bo’ladi. Uzoq o’ylamang. Ko’proq hayolingizga kelgan dastlabki 
fikrlashingizni javob varaqasiga tushiring. 

Yüklə 1,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   39




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin