Ызбекистон республикаси


III. Kasbga yo’naltirish ishlarining mohiyati va mazmuni



Yüklə 1,29 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə32/39
tarix31.03.2023
ölçüsü1,29 Mb.
#91902
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   39
касбга йўллаш ўкув кўлланма

III. Kasbga yo’naltirish ishlarining mohiyati va mazmuni 
Kasbga yo’naltirish-bu har bir individumning o’ziga xos individual xususiyatlari 
va mehnat bozorining ehtiyojlarini hisobga olgan holda, o’z kasbiy o’rnini topishi 
uchun shaxsga ta`sir etishning ilmiy asoslangan shakl, usul va vositalar tizimidir. U 


122 
insonning kasbiy qiziqishi va imkoniyatlari hamda jamiyatning aniq bir kasbiy faoliyat 
turiga ehtiyojlarining mutanosibligiga erishishga yo’naltirilgandir.
Kasbga yo’naltirish – mohiyat va samaradorlikni baholash ko’rsatkichlariga ko’ra 
ijtimoiy-iqtisodiy kategoriyadir. Kasbga yo’naltirishni hal etish vazifalari bo’yicha 
ijtimoiy-iqtisodiy, tibbiy- fiziologik va psixologik-pedagogik mohiyatta ega 
muammodir. Kasbga yo’naltirish insonning qobiliyati va iqtidorini maqsadli 
rivojlantirishda, uning kasb mahorati, ish qobiliyati va salomatligini asrashga imkon 
yaratadi hamda aholini ijtimoiy himoyalash va bandligi sohasidagi davlat siyosatining 
muhim elementlaridan biri sifatida namoyon bo’ladi. Kasbga yo’naltirish shaxsning 
mehnat salohiyatidan samarali foydalanish, uning ijtimoiy va kasbiy faolligini oshirish 
hamda majburiy ishsizlikning oldini olishda muhim rol o’ynaydi. Kasbga yo’naltirish 
tadbirlari inson tomonidan o’z kasbiy malakasini oshirishning qulay shakllarini izlash, 
ijtimoiy-iqtisodiy tashabbuskorlik, intellektual va mehnat mustaqilligini rivojlantiradi.
YOsh avlodni ongli ravishda kasb tanlashga tayyorlashga, uni har tomonlama va 
barkamol rivojlantirishning shart – sharoiti sifatida qaraladi. Bu shaxsning ma`naviy, 
aqliy, mehnat, estetik va jismoniy tarbiyasi, ya`ni barcha o’quv – tarbiya jarayoni bilan 
uzviy birlikda amalga oshiriladi.
Kasbga yo’naltirish quyidagi qismlarini o’z ichiga oladi:
Kasbiy axborot, kasbiy maslahat, kasbiy tanlov va saralash, kasbiy moslashish.
Kasbiy axborot-ma`lum bir kasbni egallash xohishi bo’lgan shaxsga, turli 
mutaxassisliklarni egallashning shakl va sharoitlariga, kasbiy malakalarning o’sish 
imkoniyatlariga, mehnat bozorining holati va ehtiyojiga, kasbiy qiziqishlarning 
shakllanishiga, shaxsning istak va ko’nikmalariga qo’yilgan talablar hamda eamonaviy 
kasblarning istiqboli va mazmuni to’g`risidagi ma`lumotlarni to’plash, targ`ibot qilish 
chora – tadbirlaridir.
Kasbiy maslahat – kasb tanlash, kasbni yoki faoliyat turini o’zgartirishda 
yordamga muhtoj bo’lgan shaxsning individual – psixologik xususiyatlari, shaxsiy 
fazilatlari, kasbiy qiziqishlari, moyilligi, sog`ligi va mehnat bozori ehtiyojlarini 
o’rganish asosida psixolog – maslahatchi bilan ilmiy tashkil etilgan o’zaro muloqot 
tizimidan iborat. Kasbiy tanlov va saralash – kasbiy faoliyatning alohida, turlariga 


123 
yaroqlilik darajasini aniqlashga yo’naltirilgan shaxsning psixofiziologik xususiyatlari 
(tanlash) yoki aniq bir kasbga bo’lgan psixofizioligik me`yoriy talablar (saralash) 
asosida shaxsni har tomonlama o’rganish tizimidir.
Kasbiy moslashish – ishlab chiqarishda kasbiy faoliyatning ijtimoiy- psixologik 
va tashkiliy-texnik sharoitlariga shaxsni moslashtirishga, uni muvaffaqiyatli ravishda 
kasbni egallashi uchun shart sharoitlarni yaratishga yo’naltirilgan choralarning 
majmuaviy tizimidir. 
Professiografiya (axborot, tashxis, korrektsiyalovchi, shakllantiruvchi va kasbiy 
tashxis (shaxsni o’rganishning psixologik, psixofiziologik, tibbiyo va boshqa 
usullarining majmui) kasbga yo’naltirishning axborot uslubiy ketma-ketligining asosi 
hisoblanadi.

Yüklə 1,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   39




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin