126
Sog`liqni saqlash vazirligi na uning hududiy boshqaruv organlarida mazkur soha
ishlari uchun mas`ul xodimlar belgilanmog`i zarur.
Iqtisodiyotning tarkibiy o’zgarishlari natijasida ishdan bo’shagan na aholining
band bo’lmagan qismini kasb-hunarga yo’naltirish tegishli maslahat punktlari (byuro)
va mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish organlari tomonidan amalga oshiriladi.
Har xil mulkchilik shaklidagi korxonalarda ish bilan band bo’lgan aholini
kasb-hunarga yo’naltirish (ishlab chiqarishda kasbiy va ijtimoiy moslashish nuqtai
nazaridan) mazkur korxonalarning ijtimoiy rivojlantirish va kadrlar xizmati xodimlari
tomonidan amalga oshiriladi.
Davlat kasb-hunarga yo’naltirish tizimi bilan bir qatorda fuqarolar va
korxonalarga kasb-hunarga yo’naltirish masalalari bo’yicha pullik xizmat ko’rsata
oladigan, jumladan tijorat yo’nalishidagi byuro, agentliklar tuzilishi mumkin.
CHeklangan mehnat qobiliyatiga ega bo’lgan shaxslarni kasb-hunarga
yo’naltirish Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish, Sog`liqni saqlash vazirliklari
zimmasiga yuklatiladi. Tizimning barcha boshqaruv bosqichlarida mazkur vazirliklar
shu ish uchun mas`ul xodimlar ajratadi.
Oliy va O’rta maxsus, kasb-hunar ta`limi muassasalarida turli patologiyalarga
mansub nogironlarni kasbiy tayyorgarlik olishlari uchun maxsuslashtirilgan
bo’linmalar tarmog`i yaratilishi lozim.
Kasb-hunarga yo’naltirish ishlarini umumiy ilmiy-metodik ta`minoti, tegishli
toifali xodimlarni qayta tayyorlash, malakasini oshirish, ijtimoiy-iqtisodiy,
psixologik-pedagogik va tibbiy-fiziologik muammolari bo’yicha ilmiy tekshirishlarni
muvofiqlashtirish ishlarini O’zbekiston Respublikasi Xalq ta`limi vazirligining
kasb-hunarga yo’naltirish va psixologik-pedagogik respublika Tashxis markazi
amalga oshiradi.
Dostları ilə paylaş: