127
Ijtimoiy-iqtisodiy shart-sharoitlar yaratish uchun quyidagilar zarur:
– kasb-hunarga yo’naltirish tizimini bozor, iqtisodiyotining davlat mexanizmiga
uzviy tarkibiy qism sifatida kiritish;
– kasb-hunar va oliy ta`lim muassasalarida yuksak psixologik shartlarni talab
qiladigan mutaxassislikni tanlagan abiturientlar uchun kasbiy tanlov va boshqa barcha
mutaxassisliklarni tanlaganlar uchun kasbiy maslahatlar berish tartibini joriy etish.
7.1. Tashkiliy-huquqiy ta`minot
Huquqiy shart-sharoitlar yaratish uchun quyidagilar zarur:
- Mehnat to’g`risidagi qonunlar Kodeksi, «Aholining bandligi to’g`risida»gi,
«Ta`lim to’g`risida»gi, «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» qonunlariga lozim bo’lgan
hollarda tegishli o’zgarishlar va qo’shimchalar kiritish;
- aholini kasbga yo’naltirish masalalari bo’yicha Xalqaro mehnat tashkiloti
konventsiyasi va tavsiyalarini ratifikatsiya qilish;
- «Umumiy o’rta ta`lim maktablari o’quvchilarini kasb-hunarga yo’naltirish
to’g`risida»gi, «Aholini kasbga yo’naltirish to’g`risida»gi, «Kasbga yo’naltirish
hududiy Markazi to’g`risida»gi, «CHeklangan mehnat qobiliyatiga ega bo’lgan
shaxslarni kasbga yo’naltirish to’g`risida»gi Nizomlarni ishlab chiqish;
- maktablararo o’quv ishlab chiqarish kombinatlarida, maktablarda, kasb-hunarga
yo’naltirish Markazlarida kasbiy maslahatchilarning faoliyat doiralarini belgilovchi
me`yoriy hujjatlarni ishlab chiqish;
- yoshlar uchun ijtimoiy xizmat va talim tizimidagi ijtimoiy – psixologik xizmat
to’g`risidagi Nizomlarga o’zgartirish va qo’shimchalar kiritish.
Dostları ilə paylaş: