Axborot tizimlari


Biznesda axborot tizimlari



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə18/155
tarix20.11.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#162251
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   155
21-Axborot-tizimlari-2013-oquv-qollanma-R.X.Alimov-va-bosh

2.2. Biznesda axborot tizimlari 
Biznesda ishlatiladigan kuyidagi axborot tizimlar turlari mavjud: elektron tijorat 
tizimlari, tranzaktsiyalarni qayta ishlash (processing), boshqaruv AT, qarorlarni qabul 
qilishni qo’llab-quvvatlash tizimlari. Undan tashqari ba’zi tashkilotlar maxsus-
maqsadli tizimlarni ishlatadilar: sun’iy intellekt, ekspert tizimlar, virtual voqelik va 
boshqalar [20,21]. 
Elektron tijorat – axborot texnologiyalari yordamida amalga oshiriladigan 
tovarlarni sotish, ishlarni bajarish va xizmat ko’rsatish bo’yicha tadbirkorlik faoliyati. 
Elektron tijoratni to’rt yo’nalishga ajratish qabul qilingan: biznes biznesga (busines-
to-business, B2B); biznes iste’molchiga (business-to--consumer, B2S); biznes 
ma’muriyatga 
(business-to-administration, 
B2A); 
iste’molchi 
ma’muriyatga 
(consumer-to-administration, S2A). SHuningdek, keyingi vaqtda iste’molchi 
iste’molchiga (consumer-to-consumer, S2S) va iste’molchi biznesga (consumer-to-
business, S2B) modellari rivoj topmoqda. 
2.1 -rasm. Elektron tijorat: O’zbekiston xom-ashyo birjasining veb-sayti 
Tranzaktsiyalarni qayta ishlash (transaction processing) tizimlari. 
O’tgan asrning 50-chi yillaridan boshlab kompyuterlar biznesda har kungi 
mayda, ko’p mehnatni talab kiladigan ishlarda ishlatila boshlangan. Tranzaktsiya – 
any business related exchange. Masalan: mijoz amalga oshirgan to’lov, ishchiga 
to’langan ish haqi. Tranzaktsiyalarni qayta ishlash tizimi bu biznes tranzaktsiyalarini 
saqlab qolish va qayta ishlash uchun foydalaniladiganodamlar, jarayonlar, dasturlar, 
ma’lumot bazalari va uskunalar bilan tashkil etilgan to’plamdir. 
Boshqaruv tizimlari turli-tuman boshqaruv va texnik-iqtisodiy masalalarni hal 
qilish uchun mo’ljallangan. Odatda bu tizimlar korxonalar, tashkilotlar, tarmoqlar 
(masalan, kasalxonalar, avtomatlashgan omborlar, moddiy-texnika ta’minoti va 
zahira qismlarini boshqarish, kadrlarni hisobga olish va buxgalteriya hisobining 


34 
axborot tizimlari) avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimlari (ABT) doirasida ishlaydi. 
Ko’pincha bu tizimlar ayrim sohalarga xizmat ko’rsatadi va mustaqil hisoblanadi
ya’ni o’zining axborot fondi, algoritmi va dasturiy ta’minotiga ega bo’ladi. 
Boshqaruv tizimlari integratsiyalashgan, ma’lumotlar bazasi tamoyili bo’yicha 
qurilgan bo’lishi mumkin. Bunday tizimlar korxonadagi aylanib yuruvchi butun 
axborot oqimiga ishlov beradi va korxonaning resurslaridan oqilona foydalangan 
holda uning bir maromda va rejali ishlashini ta’minlashga yo’naltirilgan bo’ladi. 
Texnik vositalar yordamida faqat axborot operatsiyalarini avtomatlashtirishga 
erishiladi. Bevosita qarorlar qabul qilish funktsiyalarini va boshqa boshqaruv 
operatsiyalarini odamning o’zi bajaradi. 
SHuning uchun boshqaruv tizimlari odatda alohida xizmatlar va korxona 
rahbariyatiga turli ma’lumotnomalar va hisobot shakllarini berishga yo’naltirilgan 
bo’ladi. 
2.2 -rasm. OpenOffice dasturining boshqaruv tizimida qo’llanilishi 
Demak, boshqaruv 
tizimlari bir 
vaqtning o’zida axborot-ma’lumot 
tizimlarining vazifalarini ham bajaradi. Bu tizimlarda so’rovlar odatda doimiy va 
reglamentli xarakterga ega bo’ladi. Axborot tizimi bu so’rovlarni amalga oshira 
borib, nazorat qilinadigan jarayonlarning holati to’g’risidagi axborotga muntazam 
ravishda (har kuni, har haftada va hokazo) ishlov berish natijasida ma’lumot 
shakllarining muayyan ro’yxatini beradi, shuningdek boshqa turdagi so’rovlarga ham 
xizmat ko’rsatadi. 
Axborot-hisoblash tizimlarida saqlanayotgan axborotdan turli hisoblash 
operatsiyalari bilan bog’liq vazifalarni hal qilish uchun foydalaniladi. Bunday 
vazifalarga statistik hisobot va tahlil, ob-havo va konlarni prognozlash, tashhislash 
(kasalliklarga tashhis qo’yish, uskuna va priborlarning nosozliklari sabablarini 
aniqlash) kabilar kiradi. Avtomatlashtirilgan loyihalash tizimlari (ALT) doirasida 
ishlaydigan axborot tizimlarini ham axborot-hisoblash tizimlariga kiritish mumkin. 


35 
Avtomatlashtirilgan 
loyihalash 
tizimlari 
asbobsozlik 
va 
mashinasozlik, 
radioelektronika va kemasozlikda turli loyihalar hisob-kitoblarini bajaradi, 
elementlar, sxemalar, qurilmalarning parametrlarini maqbullashtirish vazifalarini hal 
qiladi. 
Hisoblash tizimlarining funktsiyalari axborot tizimlarining boshqa turlariga 
ham xos bo’lishi mumkin. Masalan, kutubxonalarda foydalaniladigan hujjatli 
axborot-qidiruv tizimlari doirasida qidirish vazifalari bilan bir qatorda ko’plab 
hisoblash-statistika vazifalari ham bajarilishi, kitob fondining harakati to’g’risidagi 
ma’lumotlar qayd etilishi, kitobxonlar kontingenti to’g’risidagi ma’lumotlar hisobga 
olinishi, hisobotlar uchun materiallar tayyorlanishi mumkin va hokazo. 
YUqorida ko’rib chiqilayotgan axborot tizimlarining barcha turlari 
foydalanuvchini faqat qachonlardir tizimga kiritilgan va uning axborot massivlarida 
saqlanayotgan ma’lumotlar hamda faktlar orasidagi zarur axborot bilan ta’minlaydi. 
Axborot-mantiqiy tizimlar boshqa tizimlardan farqli o’laroq ilgari bevosita 
shaklda tizimga kiritilmagan, balki tizimdagi mavjud axborot massivlarini mantiqiy 
tahlil qilish, umumlashtirish, ma’lumotlarni qayta ishlash asosida ishlab chiqiladigan 
axborotni bera oladi. Bunday tizimlar muayyan darajada mutaxassis-tadqiqotchi 
mehnatining o’rnini bosib, ilmiy-tadqiqot masalalarini hal qilishi mumkin. Ularni 
ba’zan intellektual tizimlar deb ataydilar, chunki ularni ishlab chiqishda sun’iy 
intellekt nazariyasi qoidalaridan foydalaniladi. 
YUqorida ko’rib chiqilgan barcha tizimlarda foydalanuvchilarning, shu 
jumladan, hisoblash texnikasi sohasida mutaxassis bo’lmagan foydalanuvchilarning 
tizim bilan o’zaro muomala qilish vositalarini rivojlantirib borish zarur. Bu vositalar 
yordamida foydalanuvchi o’z so’rovlarini shakllantiradi, ularni tizimga kiritadi, tizim 
unga berayotgan axborotni qabul qilib oladi. 
Turli tizimlarda bu vazifa turlicha hal qilinadi. Ba’zi tizimlarda amalga 
oshirilishi mumkin bo’lgan so’rovlarning qat’iy belgilangan ro’yxati mavjud bo’ladi. 
Foydalanuvchi uning talablariga imkon qadar to’la javob bera olishi mumkin bo’lgan 
so’rovni tanlaydi va uni tizimga ko’rsatadi. Bunday tizimlar namunali (standart) 
so’rovli tizimlar deb ataladi. 
Har qanday ixtiyoriy so’rovlarni amalga oshira oladigan tizimlar 
foydalanuvchilar uchun katta imkoniyatlar ochib beradi. So’rovlarni shakllantirish 
uchun tizim so’rovlar tiliga, ularni tuzish qoidalariga ega bo’lishi kerak. 
Foydalanuvchining tizim bilan muomalasi insonning mashina bilan muloqoti 
shaklidagi muomalasidan qulaydir. Bunda foydalanuvchi olinayotgan axborot bilan 
tanishib, o’z so’rovini tuzatish imkoniyatiga ega bo’ladi[20]. 
SHuni qayd etib o’tish zarurki, har qanday muayyan axborot tizimi 
tizimlarning alohida ajratib ko’rsatilgan turlariga xos bo’lgan xususiyatlar majmui 
bilan tavsiflanishi mumkin. SHu bilan bir qatorda axborot tizimlari qo’llanish 
sohasiga bog’liq holda tizimning o’zigagina xos xususiyatlarga ega bo’ladi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   155




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin