Axborot tizimlari


 Avtomatlashtirilgan axborot tizimlari



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə19/155
tarix20.11.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#162251
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   155
21-Axborot-tizimlari-2013-oquv-qollanma-R.X.Alimov-va-bosh

 
2.3. Avtomatlashtirilgan axborot tizimlari 
Har qanday avtomatlashtirilgan axborot tizimlari (AAT) tashqi muhit 
qurshovida ishlaydi, u AAT uchun kiritiladigan axborot manbai va chiqadigan 
axborotning iste’molchisi hisoblanadi. Axborot oqimi AAT doirasida, tizimga 


36 
kirishdan boshlab undan chiqishgacha ishlov berishning bir nechta bosqichidan 
o’tadi. Axborotga ishlov berishning eng yirik bosqichi axborotni to’plash, ro’yxatga 
olish va dastlabki ishlov berish, aloqa kanali bo’yicha manbadan kompyuterga 
uzatish, mashina eltuvchilariga o’tqazish, axborot fondlarini yaratish va saqlab turish, 
mashina ichida ishlov berish va chiqariladigan shaklga keltirish, aloqa kanali 
bo’yicha kompyuterdan foydalanuvchiga uzatish, foydalanuvchi qabul qilishi uchun 
yaroqli shaklga o’zgartirishdan iborat. 
2.3 -rasm. AAT ning namunaviy tuzilishi 
Ishlov berishning alohida bosqichlari tegishli AAT kichik tizimlari orqali 
amalga oshiriladi, ular ichida quyidagilarni ajratib ko’rsatish mumkin: kiritiladigan 
axborotni to’plash va dastlabki ishlov berish, aloqa, axborotni kompyuterga kiritish
axborotni saqlash va ishlov berish, axborotni chiqarish va uni aks ettirish (chiqarish 
kichik tizimi). AAT ning namunaviy tuzilishi 2.3 -rasmda keltirilgan. 
Axborotni to’plash va dastlabki ishlov berish kichik tizimi axborotga dastlabki 
ishlov berish bo’yicha bir qator operatsiyalarni bajaradi. Bu kichik tizim doirasida 
ob’ektlar to’g’risida ob’ekt uchun tabiiy bo’lgan shaklda, ya’ni tabiiy tilning so’zlari 
va simvollari, umumqabul qilingan sanoq tizimi raqamlarida taqdim etilgan dastlabki 
axborotni (masalan, kadrlarni hisobga olish bo’yicha varaqa mazmuni, bemorni tibbiy 
tekshirish natijalari, maqolalarning matnlari, tovar-transport yukxatlari mazmuni va 
hokazo) to’plash amalga oshiriladi. 
Maxsus tekshiruvlar natijasida axborot tizimining axborot fondida hali mavjud 
bo’lmagan ma’lumotlar tanlab olinadi. Bu bilan tizimda axborot takrorlanishining 
oldi olinadi. Dastlabki axborotning tizimga keyin kiritilishi zarur bo’lgan 
elementlariga dastlabki ishlov beriladi, ya’ni tizimda qabul qilingan muayyan shaklga 
Axborot 
manbai 
Axborotn
i to’plash 
va 
dastlabki 
ishlov 
berish 
kichik 
tizimi 
A
loqa
ki
chi

ti
zi
m

Foydalanuvchi 
Axborot 
fondi 
Saqlash va 
ishlov 
berish 
kichik 
tizimi 
Axborotni 
kiritish 
kichik 
tizimi 
Chiqarish 
kichik 
tizimi 


37 
va formatga keltiriladi: maxsus blankalarga yoziladi, belgilangan shakldagi 
jadvallarga kiritiladi, hujjatli axborot uchun muayyan qoidalar bo’yicha annotatsiya 
va bibliografik bayoni tuziladi, fizik parametrlari birliklarning yagona tizimiga 
keltiriladi. Dastlabki ishlov berishdan o’tgan va muayyan tarzda shaklga keltirilgan 
axborot eltuvchilarda, aksariyat hollarda, qog’ozda qayd etiladi. 
Axborotni to’plash va dastlabki ishlov berish kichik tizimidan olinadigan 
axborot kompyuterga bevosita kiritish uchun yaramaydigan shaklda beriladi. Kiritish 
kichik tizimining vazifasi uni kompyuterga kiritish, shuningdek axborotning to’g’ri 
ko’chirilishi va yuzaga kelgan xatolarni nazorat qilib turishdan iborat bo’ladi. 
Zamonaviy kompyuterlarda axborotni kiritish uchun ko’pincha kompyuter 
bilan maxsus tarmoq vositalari orqali bog’langan displey va aloqa kanallaridan 
foydalaniladi. 
Kompyuterga kiritilgan axborot mashina xotirasiga joylashtiriladi va axborot 
tizimining axborot fondini hosil qiladi. Axborot fondining elementlari bilan ishlov 
berishning turli operatsiyalari: mantiqiy va arifmetik, saralash va qidirish, yuritish va 
tuzatish operatsiyalari bajariladi. Natijada axborot fondining dolzarb holatda 
saqlanishi ta’minlanadi, shuningdek ishlov berish topshirig’iga muvofiq bo’lgan 
chiqish 
axboroti 
shakllantiriladi. 
Axborot 
massivlarini 
shakllantirish 
(strukturalashtirish) va saqlab turish, shuningdek axborotga ishlov berish bo’yicha 
barcha amallar axborotni saqlash va ishlov berish kichik tizimi tarkibiga kiradigan 
dasturlar majmui boshqaruvida amalga oshiriladi. Bu kichik tizim tashqi xotira 
qurilmalarida axborotni joylashtirish va undan foydalanish imkoniyatini ta’minlaydi. 
Axborotni saqlash va ishlov berish kichik tizimi, kichik tizimning ishini amalga 
oshiruvchi texnik vositalar (shu jumladan, kompyuterning o’zi ham), shuningdek 
axborot massivlari axborotga ishlov berish va saqlash tizimi (AIST) ga birlashadi. 
AIST o’z ichiga axborot massivlari, ularni tashkil etish va ishlov berish usullari, 
metodlari va algoritmlari, tegishli dasturiy va texnik vositalar majmuini oladi. AIST 
tashqi muhit bilan kiritish-chiqarish vositalari yordamida aloqa qilishi AIST doirasida 
hal qilinadigan bir qator vazifalarni ko’rib chiqishda bu vositalarni ham albatta 
hisobga olish zarur. 
Axborotga ishlov berish kichik tizimi adabiyotlarda ko’p hollarda 
ma’lumotlarga ishlov berishning avtomatlashtirilgan tizimi (MIAT) deb ataladi, 
bunda «ma’lumotlar» tushunchasi «axborot» tushunchasi bilan sinonim deb 
hisoblanadi. 
«Axborot» tushunchasidan odatda xabarning mazmun-mohiyatini ta’kidlashni 
istagan holatlarda foydalaniladi. Lekin AIST ning asosi bo’lgan kompyuter hozircha 
ishlov 
berilayotgan 
xabarlarning 
ma’nosini 
idrok 
qilishga 
qodir 
emas. 
Kompyuterlarga nisbatan ko’pincha «ma’lumotlar» tushunchasi qo’llaniladi va 
kompyuter mashina eltuvchilarda taqdim etilgan ma’lumotlar bilan operatsiyalarni 
bajaradi, deyiladi. Bunda har qanday belgilar to’plami, uning mazmunidan qat’i 
nazar, ma’lumotlar hisoblanadi. Ma’lumotlarga muayyan ma’no berib, ularga ishlov 
berishni axborotga ishlov berish deb qabul qilinadi. SHuning uchun bundan buyon 
«axborot» tushunchasidan asosan ma’noviy mazmuni muhimligini ta’kidlash 
zaruriyati yuzaga kelgan yoki u o’zbek adabiyotida keng qo’llaniladigan va o’rnashib 
qolgan so’z birikmalari tarkibiga kirgan hollardagina foydalanamiz. 


38 
Axborotni chiqarib berish va tasvirlash kichik tizimi (chiqarish tizimi) berilgan 
so’rovga javobni chiqarib berishni ta’minlaydi, bunda uni foydalanuvchi qabul qilishi 
uchun qulay shaklda taqdim etadi. Kichik tizim tarkibiga chiqarib beriladigan 
xabarning zaruriy shaklini ta’minlab beradigan dasturlar majmui va chiqarib 
berilayotgan axborot qayd etiladigan (aks etadigan) texnik vositalar kiradi. So’rovga 
javob bosish qurilmasi, displey, grafik tuzgich, turli tablo va indikatorlar yordamida 
chiqarib berilishi mumkin. 
Kichik tizimlarning o’zaro aloqasi axborot manbalari va foydalanuvchilar 
hudud jihatdan markaziy kompyuter yaqinida joylashgan, degan nuqtai nazardan 
kelib chiqib bayon etildi. Mavjud axborot tizimlarida axborot manbalari va (yoki) 
foydalanuvchilar aksariyat hollarda markaziy kompyuterdan yuz metrdan yuzlab 
kilometrgacha bo’lgan masofada joylashgan bo’ladi. Bunday hollarda markaziy 
kompyuter bilan aloqa tarkibiga ma’lumotlarni uzatish kanali va uzoqda joylashgan 
terminallar (ular hozir o’zi kompyuter hisoblanadi) kiradigan kichik aloqa tizimi 
orqali amalga oshiriladi. 
Uzoqlashgan terminallarni – shaxsiy kompyuterlarni ulash uchun aloqa 
kanallaridan 
foydalaniladi, 
ular 
telefon 
tarmoqlari, 
umumfoydalaniladigan 
ma’lumotlarni uzatish tarmoqlari va ma’lumotlarni uzatishning maxsus tarmoqlaridan 
iboratdir. Kanal belgilangan yo’nalishda va zaruriy tezlikda ma’lumotlar bilan 
almashinishni ta’minlashi zarur. Ma’lumotlarni uzatish kanallari ma’lumotlarni faqat 
bir yo’nalishda uzatishni ta’minlaydigan – simpleks; ma’lumotlarni har ikki 
yo’nalishda, lekin vaqtning har bir momentida faqat bir yo’nalishda uzatishni 
ta’minlaydigan – yarimdupleks; bir vaqtning o’zida har ikki yo’nalishda ma’lumot 
uzatishni ta’minlaydigan dupleks kanallarga bo’linadi.

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   155




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin