Standart dasturiy ta’minot foydalanuvchilarning keng doirasi talablarini hisobga olgan holda ishlab chiqilgan va bu bilan eng ko‘p umumiy vazifalarni namoyon qilgan bir paytda, soliq byurosi, arxitektorlar, mebel tayyorlovchilar kabi muayyan kasbiy guruhlar tegishli talablarga muvofiqlashtirilgan tayyor xizmatlar ko‘lamiga ega bo‘lgan amaliy dasturlarning tarmoq paketlari deb ataluvchi dasturlarni so‘raydi.
Agar xizmatlarning bunday o‘ziga xos tarmoq ko‘lami alohida tashkilot muammolarini hal qilish uchun baribir haddan tashqari umumiy bo‘lib chiqsa, unda bir yoki bir nechta tashkilotlar talablariga moslashuvchi alohida dasturiy ta’minot ishlab chiqish imkoniyatigina qoladi holos. Bu erda misol sifatida bir yoki bir nechta tashkilotlar tomonidan foydalaniladigan mutlaqo o‘zgacha ishlab chiqarish mashinalarini boshqarish uchun qo‘llanuvchi ishlab chiqarishni rejalashtirish tizimini tasavvur qilish mumkin.
Yuqorida bayon qilingan fikr-mulohazalarga muvofiq texnik yoki iqtisodiy sohasidagi muammolarni ma’lumotlarga ishlov berish texnikasi yordamida echish uchun turlicha alternativlar mavjud
a)Mavjud dasturiy ta’minotdan foydalanish yoki uni qo‘lga kiritish.
b)Yangi standart, tarmoq yoki alohida dasturiy ta’minotni ishlab chiqish .
Bu bilan o‘z kuchlari bilan yoki ishlab chiqish haqidagi yoki chetdagi mutaxassislar tomonidan ishlab chiqish haqidagi masala bevosita bog‘liq bo‘lib, u har doim ham tashkilotning ichki «Nou-Xau»si tomonidan aniqlanavermaydi. AT tashkilotiga dasturiy mahsulot ishlab chiqishni topshirish foydalimi yoki bunday dasturiy loyihani o‘z tashkilotida amalga oshirish foydalimi degan savolga javob, mohiyatiga ko‘ra ishlab chiqarish iqtisodiy tabiatini namoyon qiladi (xarajatlar, foydalar, tahlil.
Ushbu savol echimi, xususan biznesga yo‘naltirilgan AKT tizimlari bo‘yicha mutaxassis vazifalariga kiradi. Shuning uchun ham bu o‘rinda ushbu mavzuga bundan keyin qaytilmaydi, faqat bir mulohazani qayd qilamiz, yani dasturiy loyihaning xarajat-foyda ishlab-chiqarish iqtisodiy tahlili masalaning fanlararo tipik qo‘yilishi bo‘lib, bunda O‘zbekistondagi o‘qitilgan barcha turli yo‘nalish AKT mutaxassislarining hamkorligi talab qilinadi.