Axborot tizimlari va raqamli texnalogiyalar



Yüklə 0,83 Mb.
səhifə2/11
tarix06.09.2023
ölçüsü0,83 Mb.
#141792
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
kurs ishi

TOSHKENT – 2023

Mundarija


KIRISH 3
I.BOB. DASTURIY TA’MINOT ISHLAB CHIQISHDAGI UMUMIY QOIDALAR 7
1.1. Dasturiy ta’minot haqida tushuncha 7
1.2. Dasturiy ta'minot ishlab chiqish bosqichlar 15
II.BOB. DASTURIY TA'MINOT ISHLAB CHIQISHDAGI TALABLAR VA TAHLILLAR 16
2.1. Dasturiy ta’minotni ishlab chiqishdagi talablar 16
2.2. Dasturiy ta’minot ishlab chiqishda texnik topshiriqlar bilan ishlashning afzalliklar 20
2.2. Dasturiy ta’minot tahlili 24
XULOSA 26
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR 30

KIRISH
Hozirgi vaqtda esa, mamlakatimiz bu borada dastlabki bosqichda turganimizni tan olishimiz darkorligini aytib, mamlakatimiz yalpi ichki mahsulotining atigi 2 foizga yaqini axborot-kommunikasiya tеxnologiyalari hissasiga to`g`ri kеlishini ta`kidlab o`tdilar. Mana shu kеltirib o`tilgan raqamlar hamda fikrlardan ham ko`rinib turibdiki, iqtisodiyotimiz kеlgusidagi rivojiga xissa qo`shuvchi bu sohada yetuk mutaxassislarni yetishtirishda o`rgatuvchi dasturiy ta`minotlarni yaratish va o`quv jarayonlarida ko`llash biz yosh mutaxassislarni o`z ustimizda yanada ko`proq ishlashimiz lozimligini ko`rsatadi.
Mamlakatimizda dasturiy ta’minot sanoatini shakllantirish va rivojlantirish uchun zarur shart-sharoitlar, sohaga daxldor mustahkam qonunchilik bazasini yaratishga e’tibor qaratilmoqda. Hozirgacha 10 dan ziyod qonun, Prezident va Vazirlar Mahkamasining qator farmon hamda qarorlari qabul qilindi. Dasturchilarni qo‘llab-quvvatlash borasida muntazam chora-tadbirlar amalga oshirilayotir.Prezidentimiz tomonidan joriy yilning 20 sentyabrida imzolangan “Mamlakatimizning dasturiy ta’minot vositalari ishlab chiquvchilarini rag‘batlantirishni yanada kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori bu yo‘ldagi navbatdagi muhim qadam bo‘ldi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 20-sentabrdagi PQ-2042-sonli “Mamlakatimizning dasturiy ta’minot vositalari ishlab chiquvchilarini rag‘batlantirishni yanada kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorining (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2013-y., 39-son, 508-modda) 8-bandiga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo‘mitasi, Iqtisodiyot vazirligi va Moliya vazirligi qaror qiladilar:
1. Dasturiy ta’minot vositalari ishlab chiquvchilarining milliy reyestri to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasining “Axborotlashtirish to‘g‘risida”gi Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 20-sentabrdagi PQ-2042-son “Mamlakatimizning dasturiy ta’minot vositalari ishlab chiquvchilarini rag‘batlantirishni yanada kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 1-maydagi 318-son “O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi hamda O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi huzuridagi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida nazorat bo‘yicha inspeksiya to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlash haqida”gi”gi qaroriga muvofiq Dasturiy ta’minot vositalari ishlab chiquvchilarining milliy reyestrini shakllantirish va yuritish tartibini belgilaydi.
Dasturiy ta’minot vositalari ishlab chiquvchilarining milliy reyestri (bundan buyon matnda Milliy reyestr deb yuritiladi) — mamlakatimizning dasturiy ta’minot vositalari ishlab chiquvchilari to‘g‘risidagi axborotning yagona elektron banki;
dasturiy ta’minot vositalari ishlab chiquvchisi — o‘z dasturiy ta’minot vositalarini ishlab chiqarish (ishlab chiqish), kuzatish (xizmat ko‘rsatish), joriy qilish va sotish bilan bog‘liq faoliyatni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiruvchi yuridik shaxs.
Shu ma’noda, qarorga binoan Milliy reyestrga kiritilgan dasturiy ta’minot vositalarini ishlab chiquvchilar 2017 yilning 1 yanvariga qadar muddatda barcha turdagi soliqlar hamda majburiy ajratmalar to‘lashdan, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqarilmaydigan, Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan ro‘yxatlar bo‘yicha o‘z ehtiyojlari uchun olib kelinadigan uskunalar, butlovchi qismlar, detallar, uzellar, texnologiya hujjatlari, dasturiy ta’minot vositalariga boj to‘lovlari (bojxona rasmiylashtiruvi yig‘imlaridan tashqari) to‘lashdan ozod qilingani, ayniqsa, e’tiborlidir. Mazkur mablag‘lar dasturiy ta’minot vositalari ishlab chiquvchilarining xodimlarini rag‘batlantirish, moddiy-texnika bazasini rivojlantirish va mustahkamlashga yo‘naltiriladi. Hozirda holat hokimiyati va boshqaruvi organlari dasturiy mahsulotlarning faol iste’molchisi hisoblanadi. Keyingi vaqtda mamlakatimizda vazirlik va idoralar, xo‘jalik birlashmalari, yirik korxonalarning xarajat smetasi va biznes rejalarida ishlab chiqarish jarayonlarini avtomatlashtirish, axborot tizimlari va resurslarini yaratish, dasturiy mahsulotlar hamda interfaol holat xizmatlarini joriy etishga qaratilgan xarajatlarni nazarda tutish yuzasidan tegishli ishlar olib borilmoqda. Joriy yildan e’tiboran holat hokimiyati va boshqaruvi organlarining idoralararo integratsiyalashgan axborot tizimlarini joriy etish, idoralararo ma’lumotlar uzatish tarmoqlarini yaratish, “Elektron hukumat” tizimini hamda internet tarmog‘ining milliy segmentini shakllantirish bo‘yicha loyihalarni ro‘yobga chiqarish uchun holat buyurtmasini shakllantirish va moliyalashtirish borasidagi ishlar boshlab yuborilgan.
Mazkur hujjat dasturiy ta’minot sanoatini rivojlantirish, holat organlarida ixtisoslashtirilgan dasturiy mahsulotlardan foydalanishni tartibga soluvchi me’yoriy-huquqiy bazani yanada takomillashtirish, “Elektron hu-kumat” loyihasini amalga oshirishda mahalliy kompaniyalarning faol ishtirokini rag‘batlantiradi. Qarorga muvofiq, www.software.uz veb-sayti internet-portalida joylashtirilgan dasturiy mahsulotlar va ishlab chiquvchilarning milliy katalogi negizida shakllantiriladigan Dasturiy ta’minot vositalari ishlab chiquvchilarining Milliy reyestri mamlakatimizning dasturiy ta’minot vositalari ishlab chiquvchilari to‘g‘risidagi axborotning yagona elektron bankini tashkil etish va istiqbolli loyihalar hamda innovatsion kompyuter texnologiyalarini yaratish bilan mashg‘ul iste’dodli yosh dasturchilarni qo‘llab-quvvatlash, dasturiy mahsulotlar ishlab chiqarish bozorining holati va salohiyati to‘g‘risida axborot berish, ichki va tashqi bozorlarda raqobatbardosh milliy dasturiy mahsulotlarni ishlab chiqishni rag‘batlantirish, bu sohada istiqbolli loyihalarni amalga oshirishga xizmat qiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari sohasini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 19-fevraldagi PF-5349-son Farmoniga hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida” 2018-yil 19-fevraldagi PQ-3549-son qaroriga muvofiq, shuningdek, axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari sohasida davlat boshqaruvini yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Aholiga qulaylik yaratish va davlat organlarining samaradorligini oshirish, Elektron hukumatni takomillashtirish raqamlashtirish jarayonlarining ustuvor yo‘nalishlaridan biridir.



Yüklə 0,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin