Axborot tizimlari



Yüklə 2,86 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə142/155
tarix20.08.2023
ölçüsü2,86 Mb.
#140024
1   ...   138   139   140   141   142   143   144   145   ...   155
21-Axborot-tizimlari-2013-oquv-qollanma-R.X.Alimov-va-bosh

ikkinchi xili
birinchisiga o’xshamaydi, biroq bu kitoblarda 
saqlanuvchi axborot unchalik keng emas va maqsadga yo’naltirilgan xususiyatga ega. 
Masalan, Oxford Textbook of Medicine on Compact Disk, Elsevie’s Active Library 
on Corrosion va boshqalar. 
Uchinchi xil
elektron kitoblar amaliyotda ko’p tarqalgan va ta’lim jarayonida, 
bolalar bog’chalarida (masalan, Broderburd’s Living Book) hamda o’qishdan 
keyingi malaka oshirish kurslarida foydalanilishi mumkin. Bundan tashqari, mazkur 
kitoblar badiiy asarlarni o’zida saqlashi mumkin (masalan, Herman Melville’s Moby 
Disk, Gustave Flaubert’s Madame Bovary, Michael Crichton’s Jurassic Park, Adam 
Hitchhiker’s Guide to Galaxy). 
To’rtinchi xil
kitoblarda uch muhum komponent: masalalar (vazifalar) banki, 
testlash va javoblar moduli, tahlil va baholash uchun o’quvchi javoblaridan 
foydalanuvchi ekspert tizimi mavjud. 
Mulьtimedia-kitoblar bitta tashuvchida (CD-ROM yoki magnit diskda) 
yozilgan va bir chiziqda (to’g’ri) tashkil qilingan, ya’ni zarur axborot izchil ravishda 
aks ettirilgan matn audio, statik tasvir va videodan foydalaniladi.
Polimedia-kitoblar, avvalgilardan farqli ravishda o’quvchi axborotni taqdim 
etish uchun bir necha turli tashuvchilar (CD-ROM, magnitli disk, qog’oz va 
boshqalar) kombinatsiyasidan foydalaniladi. 
Gipermedia-kitoblar mulьtimedia – kitoblar bilan ko’p umumiylikka ega 
bo’lsada, o’zidagi axborotning notekis tashkil etilishi bilan farqlanadi, masalan,
o’quvchi “sichqon” yordamida asosiy materialni bir chetga qo’yib, konteks va 
foydalanilayotgan usul bo’yicha atama va tushunchalar tizimiga tuzatishlar, sharhlar 
so’rashi mumkin. 
Intellektual-kitoblar ma’nosi jixatidan ilgari kiritilgan imtihon oluvchi 
kitoblarga yaqin va o’quvchi qobilyatlariga u bilan muloqot jarayonida jadal 
moslashishi mumkin. 
So’ngi ikki kitobning istiqboli ham qiziqligi shubhasizdir. Telemedia – kitoblar 
masofadan turib o’qitadigan taqsimlovchi interaktiv tizimni qo’llab-quvvatlash uchun 
telekommunikatsiya imkoniyatlaridan foydalanadi. Kibernetik-kitoblar ham 
matematik modellash vositalarini o’zida saqlaydi va shu bois bayon etilgan hodisalar 


216 
va o’bektlarni har tomonlama o’rganish hamda tadqiq etish imkoniyatini o’quvchiga 
taqdim etadi. 

Yüklə 2,86 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   138   139   140   141   142   143   144   145   ...   155




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin