Axborot tizimlari


Axborotlar bazasini tashkil etish va yuritishning dasturiy



Yüklə 2,86 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə59/155
tarix20.08.2023
ölçüsü2,86 Mb.
#140024
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   155
21-Axborot-tizimlari-2013-oquv-qollanma-R.X.Alimov-va-bosh

5.3 Axborotlar bazasini tashkil etish va yuritishning dasturiy 
vositalari 
Umumiy holda axbort bazasini yuritishning dasturiy vositalarga servis dasturiy 
vositalar, umumiy maqsad uchun universal amaliy dastur vositalari va ixtisoslashgan 
amaliy dasturlar kiradi. 
Ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimi (MBBT) – axborotlar bazasini yaratish 
va yuritish uchun alohida axamiyatga ega. MBBT umumiy maqsadlarga 
mo’ljallangan universal amaliy dasturiy vositalarga mansub. MBBT - bu mashina 
tashuvchida mantiqiy o’zaro bog’langan ma’lumotlarni tashkil etish va yuritish uchun 
mo’ljallangan nisbatan keng tarqalgan va samarali universal dasturiy vosita sanaladi. 
MBBT yagona ma’lumotlar bazasida dubl qilinmaydigan ma’lumotlarni integratsiya-
lashni va ulardan ko’p maqsadlarda foydalanishni, bazadagi barcha ma’lumotlar 
butunligini va to’g’riligini ta’minlaydi va ma’lumotlarga ruxsatsiz kirishdan 
himoyalaydi. 
MBBT ma’lumotlar bazasidan so’rovlarni tashkil etishning moduli dasturiga
ega bo’lmagan foydalanuvchiga mo’ljallangan qulay vositalarga ega. 
MBBT asosida ABni ishlab chiqish, ma’lumotlar bazasini tashkil etish tuzilmasi 
bo’yicha masalalarni tayyorlashga mo’ljallangan. Bu masalalar bevosita axborot 
ta’minotining mashina tashqarisidagi sohasi bilan bog’langan. Ishlab chiqilgan 
ma’lumotlar bazasiga muvofiq uni MBBT vositalari bilan tashkil etish va uni ishga 
tushirish amalga oshiriladi. 
Axborotlarni kiritish va nazoratlashning mahsus dasturiy vositalaridan - yirik 
axborot bazasi uchun birlamchi massivlarni yaratish va ma’lumotlarni bazaga 
to’plashdan oldin qayta ishlash bosqichida foydalaniladi. Bazani yaratishdan oldingi 
qayta ishlash vositasi kompyuterga kiritiladigan axborotning xaqqoniyligini va katta 
massivdagi ma’lumotlarni yuklashga tayyorgarlikni avtomatlashtirilgan nazoratini 
ta’minlaydi. 
Ma’lumotlarni qayta ishlashning servis vositalari - axborot bazasiga xizmat 
ko’rsatish bo’yicha ko’makchi vazifalarni ta’minlashi lozim. Ular bazaning dasturiy 
vositalariga tegishli. Bular ma’lumotlar fayllari va mashina axborot tashuvchi 
vositalari bilan ishlash bo’yicha turli utilitalardir. Ularga quyidagilar mansub: nusha 
olish, arxivlash, tiklash, anti-virus vositalari, tarmoq utilitlari va boshqalar. 


80 
Foydalanuvchining amaliy dasturlari universal algoritmlash tillaridan birida 
yaratiladi. Bunday dasturlarda, odatda ularda ishlab chiqiladigan ma’lumotlardan 
mustaqil bo’lishi ta’minlanmagan. Ayrim joylarda bitta muammoli sohasining turli 
masalalariga oid axborot massivlarida ma’lumotlar takrorlanadi. Bu xol turli 
masalalar bo’yicha bir hil ma’lumotlarni bir necha marta kiritishga olib keladi va 
dastlabki ma’lumotlarga o’zgartirishlar kiritganda ancha muammolarni keltirib 
chiqaradi. SHuningdek, amaliy dasturlar MBBTda universal algoritmik tilda 
yaratilishi mumkin.

Yüklə 2,86 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   155




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin