Axborot tizimlari



Yüklə 2,86 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə32/155
tarix20.08.2023
ölçüsü2,86 Mb.
#140024
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   155
21-Axborot-tizimlari-2013-oquv-qollanma-R.X.Alimov-va-bosh

Axborot texnologiyasi
— ob’ektning (axborot mahsulotining) holati, jarayon 
yoki voqeaning yangi xususiyati to’g’risida axborot olish uchun ma’lumotlarni 
yig’ish, qayta ishlash va uzatish vositalari va usullari majmuidan foydalaniladigan 
jarayondir. Moddiy ishlab chiqarish texnologiyasining maqsadi — inson yoki 
tizimning ehtiyojini qondiruvchi mahsulot ishlab chiqarish sanaladi. 
Axborot texnologiyasining maqsadi esa — axborot ishlab chiqarish bo’lib, uni 
tahlil etish va uning asosida biror bir harakatga qo’l urish uchun tegashli qaror qabul 
qilish hisoblanadi. Ma’lumki, bitta va faqat o’sha moddiy resursga nisbatan har xil 
buyum yoki mahsulot olish mumkin. Axborotni qayta ishlash texnologiyasiga 
nisbatan ham shunday bahoni bersa bo’ladi.
Moddiy va axborot texnologiyasining asosiy komponentlarini qiyoslash 3.2-
jadvalda berilgan. 
3.2- jadval 
Moddiy va axborot texnologiyasining asosiy 
komponentlarini qiyoslash jadvali
Texnologik komponentlar 
Moddiy mahsulot 
Axborot mahsuloti 
Xom ashyo va materiallar tayyorlash 
Ma’lumotlar 
yoki 
boshlang’ich 
axborotni yig’ish 
Moddiy mahsulot ishlab chiqarish 
Ma’lumotlarni 
qayta 
ishlash 
va 
yakuniy axborotga ega bo’lish 
Iste’molchilarga 
ishlab 
chiqarilgan 
mahsulotni sotish 
Uning asosida qaror qabul qilish 
uchun yakuniy axborotni uzatish
Axborotni yig’ish, uzatish, to’plash, qayta ishlash, saqlash, taqdim etish, 
foydalanish uslublari va usullari tizimi axborot texnologiyasi
 
deb yuritiladi.
“Axborot texnologiyalari” keyin “Zamonaviy axborot texnologiyalari” degan 
tushuncha ham fanga kirib keldi. 
Zamonaviy axborot texnologiyasi
– shaxsiy kompyuterlardan keng 
foydalanishga, foydalanuvchilarning (dasturlash bo’yicha mutahassis bo’lmaganlar) 
axborot jarayonida faol ishtirokiga, «do’stona» foydalanuvchi interfeysining yuqori 
darajada bo’lishiga, umumiy va muammo mazmunidagi amaliy dasturlar paketidan 
keng foydalanishga, EHM hisoblash tarmoqlari tufayli ma’lumotlarning uzoqdagi 
bazalariga kirib borish imkoniyatiga asoslangan texnologiyadir.
Zamonaviy axborot texnologiyalarini yaratishning uch asosiy tamoyillari 
quyidagilar: 
1.
Kompyuterli interaktiv muloqotli ish rejimi; 
2.
Boshqa dasturiy mahsulotlar bilan integratsiyalashish, o’zaro aloqa; 
3.
O’zgarish jarayonlarining ma’lumotlar va vazifaning quyilishi jihatidan 
moslashuvchanligi. 

Yüklə 2,86 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   155




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin