50
Sanoat ishlab chiqarishida har qanday texnologiya mahsulotni yaratishning
boshidan oxirigacha bo’lgan texnologik jarayonni qamrab oluvchi tarkibiy
elementlari majmuining bayonini ifodalaydi. Tarkibiy ele-mentlarining (texnologik
operatsiyalar) tarkibi ikki asosiy omil bilan aniqlanadi: birinchidan,
mazkur
texnologik jarayon asosiga nisbatan sifatli usullar va printsiplar orqali, ikkinchidan,
mahsulotni tayyorlashning oxirgi jarayonidagi texnologik operatsiyani bajarish uchun
jalb etish mumkin bo’lgan asbob-uskuna vositalari orqali.
Uslublar ayrim mahsulotlarni olishning printsipial imkoniyatini tavsiflab beradi.
Ularning asosini inson tomonidan o’rganilgan (balki to’liq emas) tabiiy (fizik,
kimiyoviy, biologik) jarayonlar yoki mazkur soha mutaxassislarining ilmiy
izlanishlari natijasida to’plangan tajribani aks ettiruvchi ayrim qonuniyatlar tashkil
etishi mumkin. Odatda muayyan bir texnologiya usullar va printsiplarni belgilovchi
butun majmuaga tayanadi. Bu majmua elementlarining ahamiyati ham turlicha.
Ulardan biri ishlab chiqarishning
texnik jihatlarini, ikkinchisi ishning iqtisodiy
tomonini, boshqa biri tashkiliy tuzilmani belgilaydi.
Uslublar va printsiplarning turlicha roli ularning texnologiya tuzilmasiga
nisbatan ta’siri har xil bo’lishini keltirib chiqaradi. Ba’zan ayrim uslub yoki
printsiplarning ishlab chiqarishga nisbatan ta’siri hisobga olinmasligi mumkin[17].
Uslub va printsiplar ishlab chiqarishning oxirgi jarayonidagi mahsulotni olishni
belgilab beradi. Ushbu mahsulotni olishga erishish uchun,
ishni kim va qanday
bajarish davomiyligi aniq belgilangan bo’ladi. Mahsulotni yaratish jarayonida turli xil
ishni amalga oshirish uchun foydalanilishi mumkin bo’lgan asbob-uskuna vositalari
texnologiya tarkibi uchun alohida ahamiyat kasb etadi. Asbob-uskuna vositalarining
mavjudligi (yoki bo’lmasligi) tayyor mahsulot ko’rinishida natijalar olish uchun zarur
bo’lgan texnologik operatsiyalar ro’yxatini belgilaydi. Agar uni yaratish bo’yicha
belgilangan barcha funktsiyalar amalga oshirilsa (asbob-uskuna vositalari yordamida
yoki ularni qo’llamasdan), amalda o’sha buyumni olish texnologiyasini ishlab chiqish
mumkin. Aksincha, ayrim funktsiyalar bajarilmasa yoki mavjud asbob-uskunalar
bilan uni bajarish o’ta murakkab bo’lsa, u holda tegishli operatsiyani bajara oladigan
asbob-uskunalarni yara-tish vazifasi qo’yiladi yoki bunday texnologiyani yaratish
imkoniyati yo’qligi haqida qaror qabul qilinadi.
Moddiy ishlab chiqarish
texnologiyasi deganda tayyorlash, qayta ishlash vositalari va usullari orqali
belgilanadigan xom- ashyo, material holati, xususiyati va shaklining o’zgarish
jarayoni tushuniladi. Texnologiya moddiy mahsulot olish maqsadida materialning
sifati yoki boshlang’ich holatini o’zgartiradi (3.2-rasm).
3.2-rasm. Axborot texnologiyasi moddiy resurslarni qayta ishlash texnologiyasining analogi
sifatida
Moddiy
ishlab
chiqarish
texnologiya
si
Axborot
texnologiy
asi
Maxsulot
Ma’lumot
A x b o r o t
maxsuloti
M o d d i y
resurslar
51
Axborot shuningdek, resurs ham hisoblanadi. Uni qayta ishlash jarayonini xuddi
moddiy resurslarni qayta ishlash jarayoni kabi texnologiya
sifatida qabul qilish
mumkin.
Dostları ilə paylaş: