EHM ning to’rtinchi avlodiga
katta integral tizim (KIT) ko’rinishidagi element
bazasiga ega bo’lgan hisoblash tizimlari kiradi. Bu 1970 yillar o’rtasida elektron
hisoblash texnikasi rivojida keskin «sakrash» bo’lganligi, ya’ni, katta integral
sxemasi bazasida mikroprotsessorlar paydo bo’lganligi bilan bog’liq. Ulardan
foydalanish tufayli barcha EHM larning texnik-ekspluatatsiya va iqtisodiy
ko’rsatkichlari o’lchami, energiya sarfi, qiymati va hakazolar keskin yaxshilandi.
SHaxsiy kompyuterlar (SHK) larni ommaviy ishlab chiqarish boshlandi.
Zamonaviy EHM larning 4-avlodi ikki yo’nalishda rivojlandi. Birinchi yo’nalish -
sekundiga bir necha ming million operatsiyalarni amalga oshiruvchi kuchli,
ko’pprotsessorli hisoblash tizimini yaratish, ikkinchisi-mikroprotsessorlar bazasida
nisbatan arzon va ixcham mikro EHM lar yaratish.
EHM larning beshinchi avlodi
1980 yillar o’rtalarida o’ta katta integral
sxemalar bazasida ishlab chiqarila boshlandi. Beshinchi avlod mashina modellari
me’morchilik (arxitektura) oqimiga, intellektual «inson-mashina» interfeysini ishlab
chiqarishga mo’ljallangan. Ular masalalarni tizimli echishni mashinalarning mantiqan
fikrlashini, axborotni assotsiativ qayta ishlash va mantiqiy xulosalar olishni ham
ta’minlaydi. Endilikda insonning EHM bilan yagona tildagi muloqotini (jumladan,
og’zaki nutqini) amalga oshirish mo’ljallanmoqda.
3.3 Texnologiya, axborot texnologiyasi va zamonaviy axborot
texnologiyalarining imkoniyatlari
«
Texnologiya
» atamasi grekcha
techne
so’zidan olingan bo’lib mohirlik,
ustalik, biror ishni uddalay olishni anglatadi. Bu ma’lum bir jarayonga nisbatan
qo’llanilgan. Jarayon deganda esa maqsadga erishishga yo’naltirilgan xatti harakatlar
majmui tushunilgan. Ushbu jarayon kishi tomonidan tanlangan strategiya bilan
belgilanadi va turli xildagi vositalar, usullar yordamida amalga oshiriladi.
Umumiy hollarda texnologiya deganda, mahsulotni ishlab chiqarish jarayonida
amalga oshiriladigan xom-ashyo, material yoki yarim tayyor mahsulot shakli,
xususiyati, holatining o’zgarishi, uni qayta ishlash, tayyorlash usullarining majmui
tushuniladi. Bu biror bir ishni yuqori darajada uddalash deganidir.
Axborot texnologiyalari to’g’risida gap ketganda, qayta ishlashning materiali
sifatida ham, mahsulot sifatida ham axborot ishtirok etadi. Biroq bu ob’ekt, jarayon
yoki hodisa tug’risidagi sifat jihatidan yangi ma’lumot bo’ladi. Texnologiya
xodimning axborot bilan ishlash usuli va uslubi hamda texnik vositalar orqali
namoyon bo’ladi.
50
Sanoat ishlab chiqarishida har qanday texnologiya mahsulotni yaratishning
boshidan oxirigacha bo’lgan texnologik jarayonni qamrab oluvchi tarkibiy
elementlari majmuining bayonini ifodalaydi. Tarkibiy ele-mentlarining (texnologik
operatsiyalar) tarkibi ikki asosiy omil bilan aniqlanadi: birinchidan, mazkur
texnologik jarayon asosiga nisbatan sifatli usullar va printsiplar orqali, ikkinchidan,
mahsulotni tayyorlashning oxirgi jarayonidagi texnologik operatsiyani bajarish uchun
jalb etish mumkin bo’lgan asbob-uskuna vositalari orqali.
Uslublar ayrim mahsulotlarni olishning printsipial imkoniyatini tavsiflab beradi.
Ularning asosini inson tomonidan o’rganilgan (balki to’liq emas) tabiiy (fizik,
kimiyoviy, biologik) jarayonlar yoki mazkur soha mutaxassislarining ilmiy
izlanishlari natijasida to’plangan tajribani aks ettiruvchi ayrim qonuniyatlar tashkil
etishi mumkin. Odatda muayyan bir texnologiya usullar va printsiplarni belgilovchi
butun majmuaga tayanadi. Bu majmua elementlarining ahamiyati ham turlicha.
Ulardan biri ishlab chiqarishning texnik jihatlarini, ikkinchisi ishning iqtisodiy
tomonini, boshqa biri tashkiliy tuzilmani belgilaydi.
Uslublar va printsiplarning turlicha roli ularning texnologiya tuzilmasiga
nisbatan ta’siri har xil bo’lishini keltirib chiqaradi. Ba’zan ayrim uslub yoki
printsiplarning ishlab chiqarishga nisbatan ta’siri hisobga olinmasligi mumkin[17].
Uslub va printsiplar ishlab chiqarishning oxirgi jarayonidagi mahsulotni olishni
belgilab beradi. Ushbu mahsulotni olishga erishish uchun, ishni kim va qanday
bajarish davomiyligi aniq belgilangan bo’ladi. Mahsulotni yaratish jarayonida turli xil
ishni amalga oshirish uchun foydalanilishi mumkin bo’lgan asbob-uskuna vositalari
texnologiya tarkibi uchun alohida ahamiyat kasb etadi. Asbob-uskuna vositalarining
mavjudligi (yoki bo’lmasligi) tayyor mahsulot ko’rinishida natijalar olish uchun zarur
bo’lgan texnologik operatsiyalar ro’yxatini belgilaydi. Agar uni yaratish bo’yicha
belgilangan barcha funktsiyalar amalga oshirilsa (asbob-uskuna vositalari yordamida
yoki ularni qo’llamasdan), amalda o’sha buyumni olish texnologiyasini ishlab chiqish
mumkin. Aksincha, ayrim funktsiyalar bajarilmasa yoki mavjud asbob-uskunalar
bilan uni bajarish o’ta murakkab bo’lsa, u holda tegishli operatsiyani bajara oladigan
asbob-uskunalarni yara-tish vazifasi qo’yiladi yoki bunday texnologiyani yaratish
imkoniyati yo’qligi haqida qaror qabul qilinadi. Moddiy ishlab chiqarish
texnologiyasi deganda tayyorlash, qayta ishlash vositalari va usullari orqali
belgilanadigan xom- ashyo, material holati, xususiyati va shaklining o’zgarish
jarayoni tushuniladi. Texnologiya moddiy mahsulot olish maqsadida materialning
sifati yoki boshlang’ich holatini o’zgartiradi (3.2-rasm).
3.2-rasm. Axborot texnologiyasi moddiy resurslarni qayta ishlash texnologiyasining analogi
sifatida
Moddiy
ishlab
chiqarish
texnologiya
si
Axborot
texnologiy
asi
Maxsulot
Ma’lumot
A x b o r o t
maxsuloti
M o d d i y
resurslar
51
Axborot shuningdek, resurs ham hisoblanadi. Uni qayta ishlash jarayonini xuddi
moddiy resurslarni qayta ishlash jarayoni kabi texnologiya sifatida qabul qilish
mumkin.
Dostları ilə paylaş: |