83
5.4 Relyatsion ma’lumotlar bazasi va uning imkoniyatlari
Relyatsion model
(inglizcha reletion – munosabat) o’tgan asrning 70-
yillari
boshida Amerika olimi E.F.Kodd tomonidan yaratilgan. Modelning soddaligi va
egiluvchanligi ma’lumotlar bazalari tuzuvchilarini e’tiborini o’ziga tortdi. 80-yillarga
kelib keng taraqqiy eta boshladi va relyatsion MBBTlar
sanoat standarti darajasiga
ko’tarildi.
Model
relyatsion
algebrasi
tushunchalari
tizimiga
tayanadi.
Bu
tushunchalarning eng muhimlari jadval, satr, ustun, munosabat
va birlamchi kalitlar
sanaladi, bajariladigan amallar esa jadvallar bilan ish olib borishda aks etadi.
Relyatsion modellarda axborot to’g’ri to’rtburchakli jadvallar ko’rinishida aks
ettiriladi. Har bir jadval ustun va satrlardan tashkil topgan bo’ladi va ma’lumotlar
bazalari ichida o’zining takrorlanmas nomiga ega.
Jadval
real olam axborotini – mohiyatini aks ettiradi,
uning har bir satri
(yozuvi) esa ob’ektning aniq bir nusxasini – nusxa mohiyatini aks ettiradi. Jadvalning
har bir ustuni ushbu jadvalda o’ziga xos nomga ega. Jadval kamida bir ustunga ega
bo’lishi kerak.
Ma’lumotlarning relyatsion modeli yuqorida ko’rib
chiqilgan tarmoqli va
ierarxiklardan foydalanuvchi uchun qulay bo’lgan jadvalli tasavvurlar va
ma’lumotlarga kirishning oddiy tuzilishi bilan farq qiladi. Ma’lumotlarning relyatsion
modeli oddiy ikki o’lchamli
jadval -
munosabat (model ob’ektlari) larning
yig’indisidir. Relyatsion modeldagi relyatsion bog’liqdagi ikki jadvallar orasidagi
mantiqiy aloqalar jadval munosabatlariga tegishli bir
xil atributlarning mazmun
jihatidan tengligiga ko’ra o’rnatiladi.
Jadval-munosabat
relyatsion modellarning universal ob’ekti hisoblanadi. Bu
relyatsion modeli turli MBBTlardagi ma’lumotlarini mosligini ta’minlash imkonini
beradi. Relyatsion modellarni ishlash operatsiyalari
munosabatlar algebrasi va
relyatsion hisob-kitoblarning universal apparatidan foydalanishga asoslangan.
Jadval
relyatsion model ma’lumotlari (ob’ekti)ning asosiy turi hisoblanadi.
Jadvalning tuzilishi ustunlarning yig’indisi bilan belgilanadi. Jadvalning har bir
satrida tegishli ustunga mos keluvchi bittadan mazmun joylashgan bo’ladi.
Jadvalda
ikkita bir xil satr bo’lishi mumkin emas. Satrlarning umumiy soni chegaralanmagan.
Dostları ilə paylaş: