Axborot tizimlari



Yüklə 2,86 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə69/155
tarix20.08.2023
ölçüsü2,86 Mb.
#140024
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   155
21-Axborot-tizimlari-2013-oquv-qollanma-R.X.Alimov-va-bosh

E - mail
.
 
Bu elektron pochtaning inglizcha belgilanishi bo’lib, u orqali - hamma 
qit’alarda yashovchi insonlar bir-biri bilan elektron (ma’lumotlar) xabarlar va fayllar 
bilan almashishadi. 
Usenet
. Usenet tizimi – telekonferentsiyalar, yangiliklar guruhi. Elektron 
pochtadan farqli ravishda, Usenet mijoz xabarlarini individual adresat bo’yicha emas, 
balki abonentlar guruhiga (telekonferentsiyalarga) yuboradi. SHu konferentsiya 
ishtirokchilari biror bir savolni hal qilishda teng huquqga ega. Har bir konferentsiya 
o’z adresiga ega va biror bir mavzuga tegishli (fanga, madaniyatga, sportga va 


94 
boshqalar) bo’ladi. SHu bilan birga muhokama qilinadigan savollar turlicha bo’lishi 
mumkin. Ba’zi ma’lumotlarga ko’ra, 10000 dan ortiq telekonferentsiyalar Internetda 
mavjud. Windows 95 boshqaruvi ostidagi telekonferentsiyalar bilan ishlash uchun 
Internet Explorer 6.0 navigatori tarkibiy qismiga kiruvchi Internet News 
qo’shimchasini ishlatish mumkin.
IRC
– Buni telekonferentsiyalarning turlaridan biri deb hisoblasa bo’ladi. 
(Internet Relay Chat). IRC–server va IRC – mijoz yordamida klaviatura orqali 
jumlalarni terib, foydalanuvchilar bir- birlari bilan “virtual” muloqat olib borishadi. 
Internet - telefoniya
. Hozirgi paytda tarmoqning yangi turi - Internet – 
telefoniya tezda rivojlanib bormoqda. Bunda foydalanuvchilar Internet tarmog’i 
orqali telefonlashishadilar. 
6.3 Internetning afzalliklari va kamchiliklari. Internet tarmog’ida ishlash 
Kiber faza va virtual haqiqat keng tarqalgan tushunchalar Internet tarmog’i bilan 
bog’liq. Kiber faza deb, kompyuterli kommunikatsiyalar tizimi va axborotlar 
oqimining butun to’plamiga aytiladi. Virtual haqiqat deb, kompyuterli texnologiya 
yordamida ekrandagi yaratilgan real ob’ektlar va turli xil xususiyatlarga ega 
jarayonlar obraziga (insonlar, musiqa uskunali narsalar, stanoklar, adabiy asarlar va 
boshqalar) bilan xuddi haqiqiy narsalar kabi ishlash mumkin . 
Bizning hayotimizga asta sekin kirib kelayotgan kiberfaza va virtual haqiqat, 
bizni butun insoniyatning axborot resurslariga umumlashtiradi, dunyoqarashimizni 
kengaytiradi va hayot tarzimizni o’zgartiradi. 
SHuni esimizdan chiqarmasligimiz kerakki, axborotli texnologiyalar (shu 
jumladan Internet xam) inson tomonidan yaratilgan axborotlarni yig’ish, saqlash, 
qayta ishlash va uzatishning yangi usuli hisoblanadi xolos. Fan texnikaning boshqa 
yutuqlari kabi Internet ham jamiyatning ko’pgina masalalarini hal qiladi va ish bilan 
birga yangi muommolarni keltirib chiqaradi[24,25]. 
Ko’pgina ruhshunoslar komьyuterlarning, o’yinlar va kommunikatsiyalarning 
inson ruhiyatiga, intellektual rivojlanishiga va xulq atvorini salbiy ta’sir etishini 
ta’kidlashmoqda. Tarmoqning eng muhim tomoni shundaki, u insonlarni bir biriga 
yaqinlashtiruvchi, ularni o’ylashga majbur etuvchi, sherigi oldida ma’suliyatini 
ushlashga undovchi, jonli muloqotni inson hayotidan siqib chiqarmoqda. Tarmoqda 
yaxshi va foydali axborotlardan tashqari insonni chalg’ituvchi bo’lmog’ur va kerak 
bo’lmagan ma’lumotlar ham bo’ladi. 

Yüklə 2,86 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   155




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin