Axborot tizimlari


Microsoft Internet Explorer



Yüklə 2,86 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə70/155
tarix20.08.2023
ölçüsü2,86 Mb.
#140024
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   155
21-Axborot-tizimlari-2013-oquv-qollanma-R.X.Alimov-va-bosh

Microsoft Internet Explorer. 
Bu erda biz Internet Explorerning muhim vazifalarini ko’rib chiqamiz: 

Tarmoqda axborotlarni qidirish va navigatsiya; 

Web sahifalarni va fayllarni xotiraga olish va pechatь.
 

Elektron pochtaga jizmat ko’rsatish.
 
Microsoft Internet Explorerning qayta ishlash ob’ekti bo’lib, Internet tarmog’i 
resursi hisoblanadi, masalan, Web – sahifa yoki FTP katalogi. Oddiy foydalanuvchi 
esa bu ob’ektlar ustidan standart operatsiyalarni bajaradi: 

adresi bo’yicha sahifalarni ochish va o’qish, kataloglarni ko’rib chiqish; 

Internet sahifalarini qidirish; 

Sahifalarni xotiraga saqlab qo’yish va chop etish, Internet serverlaridan 


95 
tanlab olingan fayllarni o’zining kompyuteriga nusxasini ko’chirish. 
Word va Excel dasturlaridan farqli ravishda, navigator, foydalanuvchining 
nuqtai nazarida, oddiy vazifalarni bajaradi. Agar MS Word bilan o’xshatish qiladigan 
bo’lsak, navigatorning vazifasiga ochish, topish, bir joydan ikkinchi joyga o’tish, 
xotiraga saqlash, nusxasini olish kabi buyruqlarni bajarishimiz mumkin.
To’g’ri, Internet Explorer xam o’ziga xos operatsiyani bajaradi: Elektron pochta 
va yangiliklar guruhi bilan ishlovchi, Internet Mail va Interent Newsni ishga 
tushiradi. 
Bundan tashqari, zamonaviy navigatorlar, ma’lum bir sharoitlar tug’ilganda, 
mijozlarga HTML yordamida o’zlarining Web sahifalarini yaratishga yordam beradi. 
Mulьtimediya Web- sahifalarini tayyorlash uchun instrumental vositalar ham 
mavjud. Bu vositalar bilan Web- masterlar (Web – dizaynerlar) foydalanishadi. 
SHunday qilib, biz WWW gipermatnli axborot tizimi va u bilan bog’liq bo’lgan 
Internet xizmati turlarini sistemali o’rganishga kirishamiz. Bu va keyingi mavzuda 
asosiy tushunchalar bulgan Web- sahifasi, gipermatn, sayt, ssыlka (jo’natma), resurs 
va resurs adreslariga qisqacha izoh berib o’tamiz . 
Ayrim 
tushunchalar 
(masalan 
sayt) 
foydalanuvchi 
nuqtai 
nazariga 
yaqinlashtirilib shakllantirilgan. Internet texnologiyalari va bizning tarmoq 
to’g’risidagi qarashlarimiz tez rivojlanib bormoqda, shu bilan birga tarmoq 
mexanizmining vazifasi o’zgarmoqda, yangi tushunchalar paydo bo’lmoqda. 
WWW ning asosiy tuzilish elementi - bu Web – sahifa. Web – sahifa – bu o’zida 
matnli va yoki grafikli axborotni, hamda Internetning boshqa hujjatlarga bo’lgan 
jo’natmalarini (bu jo’natmalar Web – sahifalarda bo’lishi shart emas) 
mujassamlashtirilgan WWW hujjati. 
Fizik nuqtai nazardan qaraganda, Web – bu .HTM va .HTML kengaytmalariga 
ega bo’lgan, HTML tili vositalari yordamida formatlashtirilgan fayl. Web – 
sahifalardagi grafik ob’ektlar- bu .GIF va .JPG formatdagi fayllardir. 
SHuni esda saqlash lozimki, Web – sahifa Interent sahifalarining xususiy 
ko’rinishlaridan biri. Web-sahifa gipermatnli xujjat xisoblanadi. 
Gipermatn - bu odatdagi matnli va grafikli axborotlar bilan bir qatorda, boshqa 
hujjatlarga bo’lgan jo’natmalarni o’zida mujassamlashtirgan hujjat (Bu hujjatlar 
berilgan hujjatning matnli qismiga yoki grafikli ob’ektiga o’rnatilgan bo’ladi). 
Windows ilovasining ma’lumotnoma sahifalari ham gipermatn to’plami 
hisoblanadi. Bu sahifalar Internet sahifalari kabi tashkil etilgan: jo’natmalar osti 
chizilgan yoki rang bilan ajratilgan, sichqoncha ko’rsatkichi esa jo’natmaga 
keltirilganda “ko’rsatkich tarmog’i ko’rsatilgan qo’l” shaklini oladi. 
Web – sahifasi jo’natmasiga foydalanuvchi uchun ko’rinmas bo’lgan URL 
formatidagi hujjat (dokument) adresi ko’rsatiladi. Jo’natma ko’rsatayotgan hujjatga 
o’tish uchun sichqonchaning chap tugmachasini bosish etarli. Web - saxifalar guruhi 
saytni tashkil etadi. 
Sayt bu Web – serverda joylashtirilgan (qandaydir biror Web-serverda) va 
xususiy shaxs yoki korxonaga tegishli bo’lgan Web – sahifalar to’plami. Bitta Web – 
serverda bir nechta sayt joylashishi mumkin. Ayrim hollarda sayt deb, FTP- 
serverdagi shaxs yoki tashkilotning katolog ostisini (podkatalog) atashadi. 


96 

Yüklə 2,86 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   155




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin