93
Bazisli bayonnomalar. Bu bayonnomalar komьyuterlar o’rtasidagi ixtiyoriy
turdagi elektron axborotlarning fizik uzatilishiga javob beradi (IP va TCP). Bu
bayonnomalar bir – biri bilan kuchli bog’liq bo’lganligi uchun, ularni ko’pincha
“TCP/ IP bayonnomasi” deb ham atashadi.
Amaliy bayonnomalar. Bu bayonnomalar Internet
ning ixtisoslashgan
xizmatlarining ishlashini nazorat qiladi (ta’minlaydi ). Masalan: NTTR
bayonnomasi (giper matnli ma’lumotlarni uzatish), FTP bayonnomasi (fayllarni
uzatish), elektron pochta bayonnomalari va boshqalar.
Amaliy bayonnomalar bazisli bayonnomalar “ustida” joylashadi, agar TCP/IP
o’rnatilmagan bo’lsa, sizning kompyuteringiz tarmoqda ishlay olmaydi. Biroq,
amaliy bayonnomalarning ma’lum bir qismi kompyuteringizda bo’lmasligi mumkin.
Internet ning asosiy xizmat turlari.
Bu erda biz tarmoqda faoliyat ko’rsatuvchi asosiy
xizmat turlariga qisqacha
tavsif berib o’tamiz. Keyinchalik tarmoqning eng asosiy xizmat turi bo’lmish xalqaro
axborot tarmog’i (WWW) haqida to’xtalib o’tamiz.
Telnet
. Bu termin bilan mijozning olisdagi server – kompyuteri bilan aloqasini
ta’minlovchi bayonnoma va dasturlar ataladi. Aloqa o’rnatilgandan so’ng,
olisdagi
kompyuterning operatsion sistemasi muhitiga tushadi va u erda bemalol uning dasturi
bilan xuddi o’zining - dasturi bilan ishlaganday ishlayveradi.
FTP
. (File Transfer Protokol – fayllarni uzatish bayonnomasi). Olisdagi
kompyuterlarning fayllari va dasturlari bilan ishlashni ta’minlovchi
dastur va
bayonnomalar shu termin bilan ataladi. FTP vositalari serverning fayllari va
kataloglarini ko’rib chiqishga hamda bir katalogdan boshqa katalogga o’tishga, nusxa
olish va fayllarning Internet Explorer muhitida ishlashini ko’rib chiqamiz.
Gopher
. Bu so’z inglizcha so’z bo’lib “kovlamoq” degan ma’noni bildiradi.
Gopher – bu FTP ga nisbatan taraqqiy etgan qidirish va
axborotlarni chiqarib olish
vositalari bilan ta’minlovchi bayonnoma va dasturlari kiradi. Gopher bayonnomalari
zamonaviy navigator – dasturlarida qo’llaniladi.
Archie.
Internet uzellarida FTP – server tarkibi to’g’risidagi qidirilgan
axborotlarni yig’uvchi va saqlovchi maxsus serverlar shunday ataladi. Agar o’zimiz
biladigan faylni qidirayotgan bo’lsak u holda mijoz Archie
ni ishga tushiramiz va u
bizga FTP serverdagi mos adresni ko’rsatadi.
WAIS
Wide Area Information Servers – bu tarmoqlardagi ma’lumotlar bazasi
va kutubxonalarda axborot qidiruvini amalga oshiruvchi
taqsimlangan axborot
tizimidir. Xususan, WAIS Internet dagi tuzilishiga keltirilmagan hujjatlarni
indekslashtirish va ularda qidiruvchi tashkil etish qo’llaniladi.
Dostları ilə paylaş: