Servisli (xizmat) darajadagi dasturiy ta’minot. Bu darajadagi dasturiy ta’minotlar bazaviy darajadagi dasturiy ta’minotlar bilan ham, tizimli darajadagi dasturiy ta’minotlar bilan ham o’zaroaloqa qiladi.
Utilitalar deb ataluvchi xizmat ko’rsatuvchi bu dasturlar zimmasiga kompyuter tizimini tekshirish va sozlash ishlarini amalga oshirish yuklatilgan. Aksariyat hollarda ular tizimli dasturlar funksiyalarini kengaytirishda yoki va
yaxshilashda qo’llaniladi.
Amaliy darajadagi dasturiy ta’minot.Amaliy darajadagi dasturiy ta’minot o’zida aniq bir vazifani bajaruvchi amaliy dasturlar majmuini mujassamlash-tiradi. Tabiiyki amaliy darajadagi dasturiy ta’minotlar va tizimli dasturiy ta’minotlar orasida bevosita o’zaroaloqa mavjud bo’ladi. Dunyoda kompyuter texnikasini jadal rivojlanishi, dasturiy mahsulotlarni ham shunday jadallik bilan rivojlanishiga olib keldi. Dunyoda kompyuterlarni ommaviylashuvini dasturiy ta’minotlarsiz tassavur qilib bo’lmay qoldi. Kompyuterlarning rivojlanishini tijorat sohasini apparat ta’minoti (hardware) va dasturiy ta’minoti soft (software) kabi ikkita katta qismlarga ajratilishiga olib keldi. Dunyoda Microsoft, Oracle, Sun, Borland kabi dasturiy mahsulotlar ishlab chiqaruvchi kompaniyalar yuzaga keldi. Hisoblash texnika vositalarini tezkorlik bilan rivojlanishi va kompyuterlar-ning qo’llanish sohalarini tobora kengayib borishi dasturiy ta’minotlar evolyusiyasi jarayonini tezlashtirdi. Agar oldin dasturiy ta’minotlarning asosiy kategoriyalari (operatsion tizim-lar, translyatorlar, amaliy dasturlar paketi) barmoq bilan sanarli bo’lsa, hozirgi vaqtga kelib u tugal bir rivojlanish tomoniga o’zgardi. Yangi dasturiy ta’minotlarni ishlab chiqishda tugal bir yangi bo’lgan yondoshuvlar yuzaga keldi. Bu jarayon talab qilinadigan dasturiy mahsulotlar bilan bozordagi amaldagi dasturiy mahsulotlarning nisbatini keskin o’zgarishiga olib keldi. Dasturiy ta'minot — kompyuter texnikasi vositasida ma'lumotlarni qayta ishlash tizimi (MKIT)ni yaratish va foydalanish dasturiy vositalari yig’indisidir. Dasturiy ta'minot tarkibiga bazaviy (umumtizimli) va amaliy (maxsus) dasturiy maxsulotlar kiradi.
Bazaviy dasturiy vositalar inson va kompyuterning o’zaro xarag’atlarini avtomatlashtirish, ma'lumotlarni qayta ishlash, namunaviy protseduralarni tashkil etish, MKIT texnik vositalari ishlashi nazorati va diagnostikasi uchun xizmat qiladi.
Amaliy dasturiy ta'minot axborot tizimi funktsional vazifalarni xal etishni avtomatlashtirish uchun muljallangan dasturiy maxsulotlar yig’indisini uzida namoyon etadi. Ular universal vositalar (matn muxarrirlari, elektron jadvallar, ma'lumotlar bazasini boshqaruv tizimlari) va maxsus vositalar — funktsional kichiq tizimlarni amalga oshiruvchi turli xil ob'ektlar (iqtisodiy, muxandislik, texnik va boshqalar) sifatida ishlab chiqilishi mumkin.
Texnik ta'minot ma'lumotlarni qayta ishlash tizimining faoliyat kursatishi uchun kullaniluvchi texnik vositalar kompleksidir. Ushbu ta'minot ma'lumotlarni qayta ishlovchi, namunaviy operatsiyalarni amalga oshiruvchi qurilmalarni o’z ichiga oladi. Bunday qurilmalarga kompyuterlardan tashkari, atrof (periferiya) texnik vositalari, turli xil tashkiliy texnika, telekommunikatsiya va aloqa vositalari xam kiradi.
Uskunaviy ta'minot axborot tizimini yaratish va faoliyat kursatishini tartibga soluvchi xuquqiy me'yorlar yig’indisini uzida namoyon etadi.
Lingvistik ta'minot inson va kompyuter mulokotini ishlab chiqish va ta'minlash samaradorligini oshirish uchun MKITni yaratish va foydalanishning turli bosqichlarida ishlatilgan til vositalari yig’indisidan iborat.
Тayanch so’z va iboralar: axborot tizimi, teskari aloqa, dasturiy, texnik, xuquqiy, axborot, tashkiliy, matematik va lingvistik ta'minotlar, kodlashtirish, joylashtirish, kompyuter texnikasi, dasturiy maxsulotlar, bazaviy dasturiy vositalar, avtomatlashtirish, ma'lumotlarni qayta ishlash, namunaviy protseduralar, funktsional vazifalar, dasturiy maxsulotlar, universal vositalar, matn muxarrirlari, elektron jadvallar, ma'lumotlar bazasini boshqaruv tizimlari.