Aloqa kanali - axborot manbalari qabul qiluvchiga uzatishni ta’minlaydigan texnik qurilmalar majmuasi.
Kodlash qurilmasi (KQ) - axborot manbasining dastlabki axborotini uzatishga qulay o‘zgartiruvchi qurilma.
Dekodlash qurilmasi (DKQ) - kodlangan axborotni dastlabki holatiga keltirish qurilmasi.
Tarmoq har doim bir nechta kompyuterlarni birlashtiradi va ulardan har biri o‘z axborotlarini uzatish va qabul qilish imkoniyatiga ega.
Axborot uzatish va qabul qilish kompyuterlar o‘rtasida navbat bilan amalga oshiriladi.
Kompyuter tarmoqlari tashkil etilgandan so‘ng undagi barcha kompyuterlarning manzillari belgilanadi. Chunki axborotlarni tarmoq orqali bir kompyuterdan boshqasiga uzatish kompyuter manzillari orqali amalga oshiriladi.
Jo‘natilayotgan axborotga oddiy hayotimizdagi xat jo‘natish jarayoni kabi uzatuvchi va qabul qiluvchi manzillari ko‘rsatiladi va tarmoqqa uzatiladi.
Mbit/sekund – bir soniyada aloqa muhiti orqali uzatiladigan millionlab yaxlitlangan bitlar soni;
Gbit/sekund – bir soniyada aloqa muhiti orqali uzatiladigan milliardlab yaxlitlangan bitlar soni.
Axborot kanallarining sig‘imi ular orqali ma’lum vaqt oralig‘ida uzatiladigan axborot hajmi bilan belgilanadi. Bu o‘z navbatida axborot kanallarining o‘tkazish qobilyatini anglatadi.
Kompyuterlarni bir-biri bilan bog‘lash
Kompyuterlar orasida ma’lumot almashish va umumiy masalalarni birgalikda yechish uchun komyuterlarni bir-biri bilan bog‘lash ehtiyoji paydo bo‘ladi. Kompyuterlarni bir-biri bilan bog‘lashda ikki xil usuldan foydalaniladi:
Kabel yordamida bog‘lash. Bunda kompyuterlar bir-biri bilan koaksial, o‘ralgan juftlik kabeli (UTP) yoki shisha tolali kabellar orqali maxsus tarmoq plata yordamida bog‘lanadi.
Simsiz bog‘lanish. Bunda kompyuterlar bir-biri bilan simsiz aloqa vositalar yordamida, ya’ni radio to‘lqinlar, infraqizil nurlar, WiFi va Bluetooth texnologiyalari yordamida bog‘lanadi.