Axborot tushunchasi va bilish haqida darsning maqsadi



Yüklə 1,03 Mb.
səhifə41/57
tarix26.09.2022
ölçüsü1,03 Mb.
#64180
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   57
7-sinf-informatika-dars-ishlanmasi

I. Tashkiliy qism:
1.Salomlashish.
2.Yo'qlama qilish.
3.Uyga vazifani so'rash.
II. Takrorlash:
1. Internet deganda nimani tushunasiz?
2. Internetning yaratilishiga sabab bo'lgan birinchi kompyuter tarmog'i haqida so'zlab bering.
3. Internetda axborot uzatish protokoli deganda nimani tushunasiz?


III. Yangi mavzuni o`rganish.
Internet - axborotlar ummoni. Undan siz istalgan mavzuga oid xohlagancha ma'lumot olishingiz mumkin. Lekin internetga kirish, undan kerakli ma'lumotlarni olish qanday amalga oshiriladi? Ushbu darsda internetda ishlash imkonini beruvchi dasturiy vositalar bilan tanishasiz.
Web-brauzerlar
Siz avvalgi sinflarda bir nechta amaliy dasturlar bilan tanishdingiz. Masalan, Word - matn, Paint — grafik ko'rinishdagi axborotlar bilan ishlashga, Kalkulyator esa hisob-kitob ishlarini bajarishga mo'ljallangan dasturlar edi. Xuddi shunday, Internetning WWW xizmatidan foydalanish uchun ham maxsus dasturlar ishlab chiqilgan. Ular Web-brauzerlar (Browser) deb ataladi. Browser inglizcha so'z bo'lib, ko'rishni ta 'mintash, ko'rsatish ma'nosini anglatadi. Birinchi Web-brauzer 1990-yil CERN (Yevropa Yadroviy Tadqiqotlar Kengashi) xodimi Tim Berners Li tomonidan ishlab chiqilgan.
Hozirgi kungacha juda ko'p Web-brauzerlar ishlab chiqarilgan. Mosaic, Opera, AdWiper. Netscape Navigator, Netscape Communicator, Microsoft Internet Explorer va Power browser shular jumlasidandir. Shulardan eng ko'p foydalaniladigani Netscape Communicator va Microsoft Internet Explorerdir. Microsoft firmasining Internet Explorer dasturini Windows operatsion sistemasi tarkibiga kiritganligi bu brauzerning keng tarqalishiga sabab bo'ldi. Shuning uchun Microsoft Internet Explorer dasturi asosida braiizerlarning vazifalari va imkoniyatlari bilan tanishamiz.
Web-brauzerlarning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:

  • Web-sahifalarni xotiraga yuklash va ko'rish;

  • Web-sahifani diskka yozib qo'yish (saqlash).

  • WWWdagi adresi bo'yicha Web-sahifani chaqirish.


Yüklə 1,03 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   57




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin