Insert metodi Insert metodi tushunishni kuzatish vositasidir. Insert- bu o‘quv jarayonida o‘z
anglashini faol kuzatish uchun o‘quvchilarga imkoniyat beradigan kuchli
vositadir, chunki shunday hollar borki, odam matnni oxirigacha o‘qib, u yerda nima
yozilganligini eslab qololmasligi mumkin.
Bu esa odam nima o‘qiyotganini tushunmay, o‘qish jarayonida faol bo‘lishga
qatnashmaydigan va o‘z anglashini kuzatmaydigan hollarning misolidir.
Insert- bu matn bilan ishlaganda faollikni qo‘llab- quvvatlash uchun kuchli vositadir.
O‘quvchi matn bilan ishlayotganda bir qator belgilarni qo‘yib boradi, ular esa quyidagi
ma`nolarni bildiradi:
V - bilganlarimni tasdiqlaydi
+ - yangi axborot
- - bilganlarimga zid keladi
? - meni o‘ylantirib qo‘ydi.
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIAXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA KOMMUNIKATSIYALARINI RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI