INTERNET
Marshrutizator
Kommutator
Web - server
Web - server
Web - server
8.16 -rasm. Taqsimlangan tarmoqlararo ekranlar yordamida korporativ serverlarni himoyalash
238
kiruvchi va chiquvchi paketlarni tekshirib korporativ serverlarni ishonchli
himoyalaydi.
O‘rnatilishining osonligi.
An’anaviy brandmauer korporativ tarmoq
konfigurasiyasining bo‘limi sifatida o‘rnatilishi lozim. Taqsimlangan brandmauer
dasturiy ta’minot bo‘lib, sanoqli daqiqalarda o‘rnatiladi va olib tashlanadi.
Boshqarish.
An’anaviy brandmauer tarmoq ma’muri tomonidan
boshqariladi. Taqsimlangan brandmauer tarmoq ma’muri yoki lokal tarmoq
foydalanuvchisi tomonidan boshqarilishi mumkin.
Unumdorlik.
An’anaviy brandmauer tarmoqlararo almashishni ta’minlovchi
qurilma bo‘lib, unumdorligi paket/daqiqa bo‘yicha belgilangan cheklashga ega. U
bir-biri bilan kommutasiyalanuvchi mahalliy tarmoq orqali bog‘langan o‘suvchi
server parklari uchun to‘g‘ri kelmaydi. Taqsimlangan brandmauer qabul qilingan
xavfsizlik siyosatiga ziyon yetkazmasdan server parklarini o‘sishiga imkon beradi.
Narxi.
An’anaviy brandmauer, odatda funksiyalari belgilangan, narxi
yetarlicha yuqori tizim hisoblanadi. Brandmauerning taqsimlangan mahsulotlari
dasturiy ta’minot bo‘lib, an’anaviy tarmoqlararo ekranlar narxining 1/5 yoki 1/10
gateng.
Nazorat savollari:
1.
Tarmoqlarni ekranlovchi marshrutizatorlar yordamida himoyalash
sxemasini tushuntirib bering.
2.
Tarmoqlararo ekran yordamida lokal tarmoqni himoyalash sxemasini
yoritib bering.
3.
Himoyalanadigan yopiq va himoyalanmaydigan ochiq qismtarmoqli
sxemani tushuntirib bering.
4.
Yopiq va ochiq qismtarmoqlarni tarmoqlararo ekranlar yordamida
alohida himoyalash sxemasining mohiyati.
5.
Ikkita tarmoqlararo ekran orqali ochiq va yopiq qismtarmoqlarni
alohida himoyalash sxemasini tavsiflab bering.
6.
Shaxsiy va taqsimlangan tarmoqlararo ekranlar, ularning kamchilik va
afzalliklari.
|