70
cheklashlar to‘plamiga mos holda sub’ektlarning ob’ektlardan foydalanishni
boshqarish masalasini echish orqali ta’minlanadi. Agar sub’ektlar xavfsizlik
siyosati qoidalarini buzish imkoniyatiga ega bo‘lmasa, tizim xavfsiz hisoblanadi.
Ta’kidlash lozimki, “ob’ekt” va “sub’ekt” tushunchalarining tavsifi turli
modellarda jiddiy farqlanishi mumkin.
2.
Tizimdagi barcha o‘zaro harakatlar sub’ektlar va ob’ektlar orasida
ma’lum xildagi munosabatlarni o‘rnatish orqali modellashtiriladi.
3.
Barcha amallar o‘zaro harakat monitori yordamida nazoratlanadi va
xavfsizlik siyosati qoidalariga muvofiq ma’n etiladi yoki ruxsat beriladi.
4.
Xavfsizlik siyosati qoidalar ko‘rinishida beriladi, bu qoidalarga mos
holda sub’ektlar va ob’ektlar orasida barcha o‘zaro harakatlar amalga oshirilishi
shart. Ushbu qoidalarni buzilishiga olib keluvchi o‘zaro harakatlar foydalanishni
nazoratlovchi vositalar yordamida to‘sib qo‘yiladi va amalga oshirilishi mumkin
emas.
5.
Sub’ektlar, ob’ektlar va ular orasidagi munosabatlar (o‘rnatilgan
o‘zaro harakat) to‘plami tizim “holatini” belgilaydi. Tizimning har bir xolati
modelda taklif etilgan xavfsizlik mezoniga muvofiq xavfsiz yoki taxlikali bo‘ladi.
6.
Xavfsizlik modelining asosiy elementi – xavfsiz xolatidagi tizim
barcha o‘rnatilgan qoida va cheklashlarga rioya qilinganida taxlikali holatga o‘tish
mumkin emasligi tasdig‘ining (teoremasining) isboti.
Xarrison-Ruzzo-Ulmanning diskretsion modeli klassik (mumtoz) diskretsion
model hisoblanib, sub’ektlarning ob’ektlardan foydalanishni ixtiyoriy boshqarishni
va foydalanish xuquqlarining tarqalishi nazoratini amalga oshiradi.
Ushbu
model
doirasida
axborotni
ishlash
sistemasi
axborotdan
foydalanuvchi sub’ektlar (
to‘plam), himoyalanuvchi axborotga ega bo‘lgan
ob’ektlar (
to‘plam) va mos harakatlarni, (masalan o‘qish (
Dostları ilə paylaş: