64
Nazorat savollari:
1.
O‘zbekiston Respublikasining O‘z DSt 1092:2009, O‘z DSt
1105:2009 va O‘z DSt 1106:2009 milliy standartlarining mohiyatini tushuntirib
bering.
2.
O‘z DSt 1204:2009 milliy standartida
qanday masalalar yoritib
berilgan?
3.3. Axborot xavfsizligi sohasiga oid me’yoriy xujjatlar
RH 45-215:2009 - Rahbariy hujjat. Ma’lumotlar uzatish tarmog‘ida
axborot xavfsizligini ta’minlash to‘g‘risida Nizom.
Ushbu hujjat N 100:2002
«Ma’lumotlar uzatish milliy tarmog‘ida axborot xavfsizligini ta’minlash to‘g‘risida
nizom» o‘rniga amalga kiritilgan bo‘lib, ma’lumotlar uzatish tarmog‘ida (MUT)
axborot xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha asosiy maqsadlar, vazifalar, funksiyalar
va tashkiliy-texnik tadbirlarni belgilaydi.
Nizom
xonaning
muhofaza
qilinishini
tashkil
qilish,
tarmoq
komponentlarining saqlanganligi va fizik yaxlitligini ta’minlash, tabiiy ofatlar,
energiya ta’minoti tizimida ishlamay qolishlardan muhofaza qilish masalalari,
xodimlar va MUT mijozlarining shaxsiy xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha
choralari, shuningdek Tezkor-qidiruv tadbirlar tizimini (TQTT)
tashkil qilish
masalalari va uning ishlashini tartibga solmaydi.
Ushbu hujjat talablari MUT normal ishlashini kuzatish, xizmat ko‘rsatish va
ta’minlash ishlarini amalga oshiruvchi mutasaddi qo‘mita va vazirliklarning barcha
korxonalariga taalluqlidir.
Ushbu Nizomga axborot muhofazasi bo‘yicha xizmatlar ro‘yxati
o‘zgarganda yoki MUTni modernizasiya qilish va rivojlantirishda o‘zgartirish yoki
qo‘shimchalar kiritilgan bo‘lishi mumkin.
Ushbu Nizom axborotni muhofaza qilishning huquqiy, tashkiliy, rejimli,
texnik, dasturiy va boshqa metodlari va vositalari jamidan foydalanish, shuningdek
axborot xavfsizligini ta’minlash qismida amalga oshirilgan choralarning
samaradorligi uchun har tomonlama uzluksiz nazorat
qilishni amalga oshirish
65
asosida MUTda axborot xavfsizligini ta’minlash ko‘zda tutiladi.
MUTda axborot xavfsizligini ta’minlash AXTTni yaratish yo‘li bilan
kompleksli va MUT hayotiy siklining barcha bosqichlarida tashkiliy-texnik
tadbirlarni doimo o‘tkazish bilan hal etiladi.
MUT AXTT samarali ishlashini ta’minlash funksiyalari korxona rahbariga
bevosita bo‘ysunadigan korxonaning MUT axborot xavfsizligini ta’minlash
xizmati (bo‘limi)ga yuklatiladi.
Korxonaning MUT axborot xavfsizligini ta’minlash xizmati (bo‘limi) o‘z
faoliyatida O‘zbekiston Respublikasining qonun hujjatlari
va normativ hujjatlari,
Prezident farmonlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari,
Agentlikning normativ-huquqiy hujjatlari, korxona rahbarlarining buyruqlari va
farmoyishlari, shuningdek ushbu Nizomga amal qiladi.
Axborot xavfsizligini ta’minlash xizmati (bo‘limi) MUT serverlarida
saqlanadigan va MUT telekommunikasiya kanallari va vositalari bo‘ylab
uzatiladigan, agar bu shartnomada ko‘zda tutilgan bo‘lsa, abonentlar axborotining
konfidensialligi, yaxlitligi va undan erkin foydalanish uchun javobgar bo‘ladi.
Axborot xavfsizligini ta’minlash xizmati (bo‘limi)
abonent terminallarida
saqlanadigan abonent axborotining konfidensialligi, yaxlitligi va undan erkin
foydalanish uchun javobgar bo‘lmaydi.
Axborot xavfsizligini ta’minlash xizmati (bo‘limi) viruslar bilan zararlangan
va zararli dasturlarni o‘z ichiga olgan foydalanuvchi va abonentlarning axborot
resurslari (MUT serverlarida joylashadigan
va saqlanadigan va MUT
telekommunikasiya kanallari va vositalari bo‘ylab uzatiladigan), shuningdek
O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlari bilan taqiqlangan axborot
resurslari tarqalishining oldini olish bo‘yicha choralarni qabul qilish huquqiga ega.
Abonentlarga axborotni muhofaza qilish bo‘yicha qo‘shimcha xizmatlarni
taqdim etish shartnomada bayon etiladi.
MUT foydalnuvchilari va abonentlari o‘z darajasida axborotni muhofaza
qilish tizimlari yoki vositalarini qo‘llash (ulardan foydalanish) huquqiga ega.
Dostları ilə paylaş: