To`garak va uning ta’lim-tarbiya jarayonidagi o`rni.
O`sib kelayotgan yosh avlodning intellektual salohiyatni rivojlantirish, uning munosib ma’naviy olam egasi bo`lib kamolga yetkazish bugun jahon hamjamiyatidagi eng muhim va dolzarb muammolardan biri bo`lib turibdi. Bundagi asosiy maqsad har bir yoshdagi mavjud shaxsiy-ijodiy imkoniyatlarni mumkin bo`lgan darajada ijtimoiy foydali faoliyatning eng faol ko`rinishlari darajasiga yetkazishdan, uni yuksak ma’naviyatli shaxs darajasiga ko`tarish uchun o`z imkoniyatlari doirasida shart-sharoit yaratish va amaliy yordam berishdan iboratdir. «Ta’lim to`g`risi»dagi Qonunda, «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»da, «Harakatlar strategiyasi» da munosabati bilan qabul qilingan dasturlarda bu masalalar atroflicha yoritib berilgan.
Ta’lim va tarbiya jarayonlari o`quvchi-yoshlarimizning ongli faoliyatini to`la qamrab olishi zarur. Birinchi Prezidentimiz ta’kidlaganlaridek, «...maktab, litsey va kollejlarda bolalarimiz ongini yuksaltirish, ularni ijobiy ishlar va tarbiyaviy tadbirlar blan band qiladigan turli tashkilot va to`garaklar to`zish kerak. Ular o`g`il-qiizlarimizni o`zligini anglashga, mustaqil, ongli fikrlashga o`rgatishi, ularning tafakkurida bo`shliq vujudga kelishiga yo`l qo`ymasligi lozim».
Albatta, tarbiyaviy ishlar o`z-o`zicha amalga oshib qolmaydi. Bunda uzviylik uzluksizlik, muntazamlik asosiy tayanch nuqtalari bo`lib xizmat qiladi: «har qanday tarbiyada, hatto yuksak rivojlangan demokratik tarbiya tizimida ham ozmi, ko`pmi bajarilishi shart bo`lgan belgilar mavjud. Masalan, bolani go`dakligidan yuz-qo`lini yuvishga o`rgatmasangiz, kerak bo`lsa, majbur qilmasangiz, yuvuqsiz holda dasturxon atrofiga o`tirish unga odat bo`lib qoladi. Xalqimizga azaldan xos bo`lgan sharm-u xayo, andisha, ota-onaga hurmat, kattalarga izzat- ehtirom, kichiklarga shafqat kabi olijanob fazilatlar ham o`z-o`zidan shakllanib qolmaydi» . (I.A.Karnmov. «Ozod va obod vatan, erkin va farovon xdyot-pirovard maqsadimiz» 8-tom.- Toshkent: «O`zbekiston”- 2000 yil. 30-bet.)
Demak, tarbiyaviy ishlar rejali tarzda, kelajakni, aniq maqsad va vazifalarni ko`zlagan holda tashkil etilishi va amalga oshirilishi joiz bo`ladi. Buning uchun bir qator vazifalarni amalga oshirish taqazo etiladi. Ular orasida eng muhimlari sifatida quyidagilarni ko`rsatish mumkin:
har bir bola, o`quvchi, talaba-yoshlarning individual-shaxsiy xususiyatlari, qiziqish va moyilliklarini aniqlash;
ularning o`z qiziqish va shaxsiy intilishlari negizida ijtimoiy-kasbiy yo`nalishdagi faol harakatlar bilan shug`ullanshiga imkoniyat yaratish;
bolalar, o`quvchilar, talabalarning mustaqil va ijodiy ishlarining mazmunan teran, shaklan xilma-xil bulishining tashkiliy-huquqiy asoslarini yaratib berish;
mazkur jarayonlarga munosib tarzda rahbarlik qila oladigan professor-o`qituvchilarni topish, ularni bu ishlarni yaxshilash uchun safarbar qilish;
bunday ishlarni tashkil etishning metodik ta’minotini yaratish.
Ma’lumki, psixologiyada individ va shaxs degan tushunchalar bosh mavqega ega. Bu bejiz emas, xatto psixologlar o`rtasida inson individ bo`lib tutiladi, shaxs bo`lib shakllanadi, degan akida ham keng tarkalgan. Mana shu «shaxs bo`lib shakllanish» jarayoni juda katta muddatlarni, xatto insonning butun umrini qamrab olishi ham tabiiydir.
Insonning oila - ta’lim muassasasi - ijtimoiy hayot tizimidagi jarayon ichida bulishi uning individ darajasidan shaxs darajasiga usib utishining yaxlit manzarasini hosil qiladi. Ushbu jarayon davomida u olamni o`zlashtira boradi. Bu «o`zlashtirishning» darajasi esa har kimda har xil bo`ladi. Shuning uchun ham bir xil yoshdagi, bir ijtimoiy muxit va sharoitdagi har xil insonlarning turli darajadagi bilim, ko`nikma va malakalarga ega bulishi mutlako ajablanarli emas.
Bunday sharoitda iste’dodli yoshlarni topish va ularning shaxsiy-individual qobiliyatlarini yanada rivojlantirish, boshqa lardagi xuddi shunday xususiyatlarni shakllantirish va tarbiyalash vazifasi ham nihoyatda dolzarblik kasb etadi. Aslida jismonan soglom bo`lgan bolaning kandaydir tugma iste’dod va qobiliyat egasi bo`lmasligining o`zi mumkin bo`lmagan xoldir. Faqat bu qobiliyat anglangan yoki anglanmagan bo`lishi mumkin. Demak, hamma gap shu qobiliyatning o`sib kelayotgan yosh avlodning o`zi yoki uning atrofidagilari tomonidan payqalishi, seziishi va unga maxsus e’tibori berilishi bilan bog`liq ekan.
Buyuk mutafakkir adibimiz Alisher Navoiy iqtidorli yoshlar tarbiyasiga e’tiborsizlik jamiyatning katta nuksoni bulishi mumkinligi xakida ogoxlantirib, shunday degan edilar: «Qobilga tarbiyat qilmamoq zulmdur va noqobilga tarbiyat — xayf. Ani adami tarbiyat (tarbiya qilmaslik) birla zoe’ qilma va munga tarbiyatingni zoe’ qilma».
Bugun - informatsiya va axborot texnologiyalari nihoyatda jadal sur’atlar bilan rivojlanayotgan bir sharoitda ta’lim muassasasining umumdavlat tomonidan kabul kilingan me’yor va mezonlardan tashqari shu o`quv muasasasining o`zi uchun xos bo`lgan xususiyatlardan kelib chikadigan talablar ham bulishi mumkin va kerak.
Masalan, maktabgacha tarbiya muassasalari o`z oldiga mutlaqo o`ziga xos maqsad va vazifalarni qo`yadi, umumiy o`rta ta’lim maktablarining maqsad va vazifalari akademik litseylar hamda kasb-hunar kollejlari oldidagi maqsad va vazifalar bilan bir xil emas.
Intellektual salohiyatni rivojlantirishning shakli, to`zilishi, ish turlari ta’lim muassasining yo`nalishi, o`ziga xos xususiyatlari, unga daxldor a’zolarning maqsad va vazifalari bilan belgilanadi. Bularning barchasi tegishli Nizomlarda, me’yoriy-huquqiy hujjatlarda o`z aksini toptan. Nizomning tarkibi, mazmuniga oid asosiy ko`rsatkichlar ta’lim muassasasining xususiyati, uning o`z oldiga qo`ygan maqsad i, vazifalari bilan chambarchas bog`liq holda shakllantriladi.
Barkamol avlodni tarbiyalashda faqat o`quv materiallarining o`zi, dars jarayonigina kifoya emas. Ularning darsdan tashqari bo`sh vaqtlarini oqilona tarzda taщkil etish ham nixoyatda muhim va alohida dolzarblikka ega. To`garaklar xuddi mana shu kemtikliknrt to`ldirishi bilan e’tiborlidir. To`garak ishlari bolalar, o`quvchilarga qo`shimcha ta’lim berishning shakllaridan biri bo`lib, turli yo`nalishlardagi to`garaklar, seksiyalar, klublarni tashkil etishni nazarda tutadi. To`garak ishlari darsdan tashqari vaqtlarda tashkil etiladi. Ular ta’lim muassasaslari (maktablar, akademik litseylar, kasb-hunar kollejlari, oliy o`quv yurtlari)da, shuningdek, qo`shimcha ta’lim muassassalarida (bolalarning ijodiy uylari, madaniyat uylari, klublar v.b.) tashkil etilishi mumkin. To`garaklarning rang-barang shakl va ko`rinishlari mavjud. Ularni asosan fan (ta’lim dasturlariga ko`ra: ona tili, adabiyot, matematika, geografiya...), badiiy-estetik (tasviriy san’at, rang tasvir, rassomchilik, musiqa, xor, xoreografik, raqs, badiiy ijodkorlik v.b), texnik (o`quvchilarning texnik ijodkorligi soxalari bo`yicha), tabiatshunoslik (yosh tabiatshunoslar), turistik-o`lkashunoslik, sport-sog`lomlashtirish (ular, odatda, seksiyalar deb yuritiladi), havaskorlik (qiziqishlariga ko`ra) va boshqa to`garaklarga ajratish mumkin.
Buning uchun quyidagi ishlar amalga oshirilishi lozim bo`ladi:
maktabagacha ta’lim, umumiy o`rta ta’lim, akademik litseylar, kasb-hunar kollejlari, oliy ta’lim tizimidagi mavjud ilmiy, ijodiy, badiiy, amaliy to`garaklarning ish tajribasini o`rganish;
ular bilan bog`liq bo`lgan me’yoriy hujjatlarini qiyosiy tarzda o`rganish va tahlil qilish;
eng yaxshi ish tajribalarini o`rganish, ularni ommalashtirish;
me’yoriy hujjatlar (nizom, ish rejasi, hisobot ko`rinishlari, a’zolarni ro`yxatga olish tartibi) ning namunaviy nusxalarini tayyorlash va muhokamasini tashkil qilish;
ularning tegishli tarzda rasmiylashtirilishi va amalga kiritish tartiblarini ishlab chiqish.
to`garaklarning samaradorlik darajasini aniqlashning me’yor va mezonlarni ishlab chiqish.
Dostları ilə paylaş: |