Axborot xavfsizligi


Shifrlashning kombinasiyalangan usullari



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə47/197
tarix04.09.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#141469
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   197
GANIEV S axborot xavfsizligi

Shifrlashning kombinasiyalangan usullari. 
Qudratli kompyuterlar, tarmoq 
texnologiyalari va neyronli hisoblashlarning paydo bo‘lishi hozirgacha umuman 
fosh qilinmaydi deb hisoblangan kriptografik tizimlarni obro‘sizlantirilishiga sa 
bab bo‘ldi. Bu esa o‘z navbatida yuqori bardoshlikka ega kriptografik tizimlarni 
yaratish ustida ishlashni taqozo etdi. Bunday kriptografik tizimlarni yaratish 
usullaridan biri shifrlash usullarini kombinasiyalashdir. Quyida eng kam vaqt 
sarfida 
kriptobardoshlikni 
jiddiy 
oshishini 
ta’minlovchi 
shifrlashning 
kombinasiyalangan 
usuli 
ustida 
so‘z 
boradi. 
Shifrlashning 
ushbu 
kombinasiyalangan usuliga binoan ma’lumotlarni shifrlash ikki bosqichda amalga 
oshiriladi. Birinchi bosqichda ma’lumotlar standart usul (masalan, DES usul) 
yordamida shifrlansa, ikkinchi bosqichda shifrlangan ma’lumotlar maxsus usul 
bo‘yicha qayta shifrlanadi. Maxsus usul sifatida ma’lumotlar vektorini elementlari 
noldan farqli bo‘lgan son matritsasiga ko‘paytirishdan foydalanish mumkin. 
Gammalashni qo‘llashda agar shifr gammasi sifatida raqamlarning 
takrorlanmaydigan ketma-ketligi ishlatilsa shifrlangan matnni fosh etish juda qiyin. 
Odatda shifr gammasi har bir shifrlanuvchi so‘z uchun tasodifiy o‘zgarishi lozim. 
Agar shifr gammasi shifrlangan so‘z uzunligidan katta bo‘lsa va dastlabki 
matnning hech qanday qismi ma’lum bo‘lmasa, shifrni faqat to‘g‘ridan-to‘gri 
saralash orqali fosh etish mumkin. Bunda kriptobardoshlik kalit o‘lchami orqali 
aniqlanadi. Shifrlashning bu usulidan ko‘pincha himoya tizimining dasturiy 
amalga oshirilishida foydalaniladi va shifrlashning bu usuliga asoslangan 
tizimlarda bir sekundda ma’lumotlarning bir necha yuz Kbaytini shifrlash 
imkoniyati mavjud. Rasshifrovka qilish jarayoni-kalit ma’lum bo‘lganida shifr 
gammasini qayta generatsiyalash va uni shifrlangan ma’lumotlarga singdirishdan 
iborat. 


96 
Shifrlangan ma’lumotlar vektorini matritsaga ko‘paytirishni qo‘llashda 
shifrlangan matn bir bayt uzunlikdagi 
i
f
vektorlarga ajratiladi va har bir vektor 
kvadrat matritsa 
ij
M
ga ko‘paytiriladi va shifrlangan vektorlar shakllantiriladi: 
ij
i
i
M
f
f



Bu usulning asosiy afzalligi sifatida uning ma’lumotlar ishlanishining turli 
jabxalaridagi moslanuvchanligini ko‘rsatish mumkin. Har bir vektor alohida 
shifrlanganligi 
sababli ma’lumotlar blokini uzatish va dasturlangan 
ma’lumotlardan ixtiyoriy foydalanish imkoniyati tug‘iladi. Ushbu usulni apparat 
yoki dasturiy usulda amalga oshirish mumkin.
Rasshifrovka qilish jarayonida shifrlangan 

f
vektorlarni teskari matritsa 
 
1

ij
M
ga ko‘paytiriladi. 
1




ij
i
i
M
f
f
Kombinasiyalangan usullarning yuqori samaradorligiga uning ikkala 
bosqichini apparat usulda amalga oshirish orqali erishish mumkin. Ammo bu 
uskuna xarajatlarining jiddiy oshishiga olib keladi. Dasturiy usulda amalga 
oshirilishida esa ma’lumotlarni shifrlash va rasshifrovka qilish vaqti oshib ketadi. 
Shu sababli kombinasiyalangan usularni apparat-dasturiy usulda, ya’ni usulning bir 
bosqichi apparat usulda, ikkinchi bosqichi dasturiy usulda amalga oshirilishi 
maqsadga muvofiqhisoblanadi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   197




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin