Axborot xavfsizligi


Destruktiv funksiyalarni bajarish



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə95/197
tarix04.09.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#141469
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   197
GANIEV S axborot xavfsizligi

Destruktiv funksiyalarni bajarish.
Destruktiv imkoniyatlari bo‘yicha 
beziyon, xavfsiz, xavfli va juda xavfli viruslar farqlanadi. 
Beziyon viruslar
- o‘z-o‘zidan tarqalish mexanizmi amalga oshiriluvchi 
viruslar. Ular tizimga zarar keltirmaydi, faqat diskdagi bo‘sh xotirani sarflaydi 
xolos. 
Xavfsiz viruslar
– tizimda mavjudligi turli taassurot (ovoz, video) bilan 
bog‘liq viruslar, bo‘sh xotirani kamaytirsada, dastur va ma’lumotlarga ziyon 
yetkazmaydi. 
Xavfli viruslar
– kompyuter ishlashida jiddiy nuqsonlarga sabab bo‘luvchi 
viruslar. Natijada dastur va ma’lumotlar buzilishi mumkin. 
Juda xavfli viruslar
– dastur va ma’lumotlarni buzilishiga hamda kompyuter 
ishlashiga zarur axborotni o‘chirilishiga bevosita olib keluvchi, muolajalari 
oldindan ishlash algoritmlariga joylangan viruslar. 
Boshqarishni virus dastur – eltuvchisiga o‘tkazish.
Ta’kidlash lozimki, 
viruslar buzuvchilar va buzmaydiganlarga bo‘linadi. 
Buzuvchi viruslar
dasturlar zaharlanganida ularning ishga layoqatligini 
saqlash xususida qayg‘urmaydilar, shu sababli ularga ushbu bosqichning ma’nosi 
yo‘q. 
Buzmaydigan viruslar
uchun ushbu bosqich xotirada dasturni korrekt 
ishlanishi shart bo‘lgan ko‘rinishda tiklash va boshqarishni virus dastur-
eltuvchisiga o‘tqazish bilan bog‘liq. 
Zarar keltiruvchi dasturlarning boshqa xillari.
Viruslardan tashqari zarar 
keltiruvchi dasturlarning quyidagi xillari mavjud: 
- troyan dasturlari; 


191 
- mantiqiy bombalar; 
- masofadagi kompyuterlarni yashirincha ma’murlovchi xaker utilitalari; 
- Internetdan va boshqa konfidensial axborotdan foydalanish parollarini 
o‘g‘rilovchi dasturlar. 
Ular orasida aniq chegara yo‘q: troyan dasturlari tarkibida viruslar bo‘lishi, 
viruslarga mantiqiy bombalar joylashtirilishi mumkin va h. 
Troyan dasturlar
o‘zlari ko‘paymaydi va tarqatilmaydi. Tashqaridan troyan 
dasturlar mutlaqo beozor ko‘rinadi, hatto foydali funksiyalarni tavsiya etadi. ammo 
foydalanuvchi bunday dasturni kompyuteriga yuklab, ishga tushirsa, dastur 
bildirmay zarar keltiruvchi funksiyalarni bajarishi mumkin. Ko‘pincha troyan 
dasturlar viruslarni dastlabki tarqatishda, Internet orqali masofadagi kompyuterdan 
foydalanishda, ma’lumotlarni o‘g‘rilashda yoki ularni yo‘q qilishda ishlatiladi. 
Mantiqiy bomba
– ma’lum sharoitlarda zarar keltiruvchi harakatlarni 
bajaruvchi dastur yoki uning alohida modullari. Mantiqiy bomba, masalan, ma’lum 
sana kelganda yoki ma’lumotlar bazasida yozuv paydo bo‘lganida yoki yo‘q 
bo‘lganida va h. ishga tushishi mumkin. Bunday bomba viruslarga, troyan 
dasturlarga va oddiy dasturlarga joylashtirilishi mumkin. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   197




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin