Axborot xavfsizligi


Axborotni kriptografik himoyalashning dasturiy vositalari



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə118/197
tarix04.09.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#141469
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   197
GANIEV S axborot xavfsizligi

Axborotni kriptografik himoyalashning dasturiy vositalari
– mustaqil yoki 
boshqa tizimlar tarkibida ishlovchi va axborot xavfsizligini ta’minlash uchun uni 
kriptografik o‘zgartirilishini ta’minlovchi ma’lumotlarni ishlash tizimining 
dasturiy va texnik elementlari majmui. Quyida ushbu dasturiy vositalarga taalluqli 
xorijiy va mamlakatimiz kompaniyalarining maxsulotlari keltirilgan. 
M-506A-XP
– MS Windows 2000/XP/2003/7 operasion tizim boshqaruvida 
ishlovchi lokal hisoblash tarmoqlarida axborotni himoyalashga mo‘ljallangan 
dasturiy-apparat kompleks. M-506A-XP ikkita asosiy masalani hal etadi: axborotni 
ruxsatsiz foydalanishdan himoyalaydi va Rossiya standarti GOST28147-89ga 
muvofiq amalga oshirilgan ma’lumotlarni kriptografik himoyalashni bajaradi. 
Kriptoprovayder 
KriptoPro 
CSP 
3.6
– axborotni kriptografik 
himoyalashning sertifikasiyalangan vositasi bo‘lib, ikkita asosiy masalani xal 
etadi: standart va hamma joyda ishlatiluvchi Microsoft firmasining ishonchli 
Rossiya 
kriptografiyasili 
ilovalardan 
foydalanish 
imkoniyati 
(korporativ 
foydalanuvchilar uchun) va Microsoft firmasi maxsulotlaridan foydalangan holda 
yangi, ishonchli himoyalangan ilovalarni yaratish imkoniyati (tizimli integratorlar 
uchun). 
Axborotni himoyalash tizimining Secret Disk
oilasi shaxsiy kompyuterdan 
muayyan foydalanuvchilar uchun himoyalangan axborot eltuvchilarini virtual 
mantiqiy disklarini tashkil etish yo‘li bilan axborotni himoyalashga imkon beradi. 
Foydalanuvchilar uchun ma’lumotlarni shifrlash “shaffof” rejimida amalga 
oshiriladi, ya’ni axborot yozilishida avtomatik tarzda shifrlanadi, o‘qishda 


246 
deshifrovka qilinadi. 
Blok xost – ERI
– sertifikasiyalangan kriptoProCSPdan foydalangan holda 
MS Windows platformasidagi shifrlash va elektron raqamli imzoni yaratish tizimi. 
MS Windows operasion tizimiga o‘rnatilgan boshqa kriptoprovayderlar bilan ham 
ishlash madadlanadi. 
KriptoARM
– kriptografik vositalar bilan ishlashning qulayligini 
ta’minlovchi universal dasturiy ta’minot. KriptoARM axborotni ishonchli 
himoyalashga va Internet tarmog‘i bo‘yicha uzatiladigan va turli xil eltuvchilardagi 
(disketlardagi, flesh kartalardagi, tokenlardagi) elektron ma’lumotlarning 
muallifligini kafolatlashga mo‘ljallangan. 
HIMFAYL
– fayllarni himoyalangan saqlash tizimi shaxsiy kompyuterda 
yoki axborotni tashqi disk eltuvchilarida saqlanuvchi papkalar va fayllarning 
maxfiyligini (konfidensialligini), yaxlitligini ta’minlash va ularni ruxsatsiz 
foydalanishdan himoyalash uchun mo‘ljallangan. 
E-XAT
– himoyalangan elektron pochta tizimi foydalanuvchilar orasida 
elektron xabarlarni himoyalangan almashishni tashkil etishga mo‘ljallangan. 
Ushbu tizim axborotni kriptografik himoyalash vositalaridan va axborotni 
kriptografik himoyalash sohasidagi davlat standarti asosidagi elektron raqamli 
imzo (milliy kriptoprovayder) vositalaridan foydalanadi. E-XAT tizimi uyda 
ishlash uchun uchta tilni madadlaydi: o‘zbek (lotin va kirillitsa), rus (kirillitsa) va 
ingliz (lotin). 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   197




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin