Axborot xavfsizligi



Yüklə 306,02 Kb.
səhifə3/3
tarix14.01.2023
ölçüsü306,02 Kb.
#79232
1   2   3
sam.rabot. po akedemik yozuv

Bu eng dolzarb masalalardan biri - kiberxavfsizlikni ta'minlash, sodir etilishi mumkin bo'lgan kiberjinoyatlarning oldini olish va unga qarshi kurashish masalasi hisoblanadi.


Kundan-kunga takomillashib ketayotgan kiberjinoyatchilikka qarshi kiberxavfsizlikni ta'minlashda quyidagi asosiy talablarni bajarish orqali ulardan himoyalanish, ya'ni kiberxavfsizlikni ta'minlashimiz mumkin:

  1. xodimlarga axborot xavfsizligi asoslarini o'rgatish;

  2. foydalanayotgan dasturiy mahsulotlarning zaifliklarini doimiy sinovdan o'tkazish;

  3. ishonchli antivirus dasturidan foydalanish;

  4. litsenziyalangan rasmiy dasturlardan foydalanish;

  5. axborot tizimlarini himoyalashda ko'p faktorli autentifikatsiyadan foydalanish;

  6. parollardan foydalanishda kuchli parolni saqlash siyosatiga rioya qilish;

  7. muntazam ravishda komp`yuter qattiq disklaridagi ma'lumotlarni shifrlash.


Shu o'rinda, mamlakatimizda kiberjinoyatlarning oldini olish va unga qarshi kurashni olib boruvchi vakolatli davlat idoralariga ham muayyan vazifalar yuklanishini alohida ta'kidlash lozim.

Xususan, ular kiberjinoyatchilikka qarshi kurash faoliyatida O'zbekiston Respublikasi va uning xalqini axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari orqali amalga oshirilayotgan yoki bunga imkon berayotgan shaxs, jamiyat va davlat xavfsizligini va ularning manfaatlari tashqi hamda ichki kibertahdidlardan himoya qilinishini ta'minlash, mazkur sohada qonuniylik va qonun ustuvorligini mustahkamlash, kiberjinoyatlar va kiberhuquqbuzarliklarning oldini olish, ularni aniqlash va barham berish kabi vazifalarni amalga oshirishi darkor.

Shuningdek, kiberjinoyatlar va kiberhuquqbuzarliklarni tergov qilish va ularni aniqlash, bartaraf etish hamda oldini olish bo'yicha zarur qarorlar qabul qilish, kiberjinoyatchilikka qarshi kurashish bo'yicha normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqishda ishtirok etish, kiberterrorizm, kiberekstremizm, uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashish, davlat organlari manfaatlariga hamda kiberxavfsizligiga tahdid soluvchi kiberhatarlarni aniqlash va ularga qarshi kurashish, kiberjinoyatlar bo'yicha tergovga qadar tekshiruv va dastlabki tergovni o'tkazish, tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshirish, fuqarolarning huquq va erkinliklariga tahdid soluvchi kiberjinoyatlarning sodir etilishiga imkon yaratuvchi sabablar hamda shart-sharoitlarni aniqlash va bartaraf etish kabi muhim vazifalarni bajarishlari lozim.

Foydalanilgan adabiyotlar:
1. https://iiv.uz/news/kiberjinoyatchilikka-qarshi-kiberxavfsizlik
2.https://www.google.com/search?q=kiberterrorizm+nima&sxsrf=ALiCzsYh438SheCv8qIIBHwByY-FyjaOWw:1671122288524&source=lnms&tbm=isch&sa=X&ved=2ahUKEwjJwYjTh_z7AhVoSPEDHTM8DAgQ_AUoAnoECAEQBA&biw=805&bih=564&dpr=1
Yüklə 306,02 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin